Zamonaviy yengil avtomobil uzatmalar qutisini qismlarga ajratish ishlari texnologik xaritasini ishlab chiqish



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix06.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#93920
1   2   3   4
document

EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY 
AND INNOVATION 
Innovative Academy Research Support Center 
Open access journal
 
www.in-academy.uz
 
Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020 
Page 59 
Zamonaviy avtomobillarda uzatmalar qutisi uzatmalarni shovqinsiz, zarbsiz ulash, 
boshqarishni yengillashtirish, ishonchli ilashishni ta’minlash va ishlash muddatini oshirish 
maqsadida har xil konstruksiyali mexanizmlar qo‘llaniladi.
Uzatmalar qutisida haydovchining qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan mexanik qurilmali 
almashtirib qo‘yish uzatmalari keng tarqalgan. Mexanik qurilmali almashlab qo‘shish 
yuritmalari vositali va bevositali turlarga bo‘linib, richagli, richag-tortqili, richag-trosli, richag 
valli bo‘ladi.
Ish avvalida uzatmalar qutisidagi moy to‘kilgan bo‘lib, ish joyi, asbob-uskunalar moy 
bo‘lishi va to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasin, bu sirpanib yiqilish yoki qo‘lni shikastlanishiga olib 
keladi. Moy to‘kilgan hollarda darhol yog‘och qirindi sepilib, quruq holatga kelguncha tozalab 
olinsin va artilsin. Uzatmalar qutisi moslama yoki maxsus stendga ishonchli mahkamlansin. 
Asbob-uskunalar o‘z vazifasi bo‘yicha ishlatilsin. Qo‘zg‘aluvchi detallarni olishda va o‘rniga 
qo‘yishda qo‘lni qisib qolishdan ehtiyot bo‘ling.
Podshipniklarni chiqarishda moslamani to‘g‘ri joylashtirib, vintni siltamasdan burashga 
harakat qiling. Pressda chiqarish imkoniyati bo‘lsa valni tik holatda bo‘lishini ta’minlang. Agar 
val holati o‘zgarsa, pressni to‘xtatib, bosuvchi gidrotsilindrni orqaga qaytarib, valni qaytadan 
tik holatga keltirgach chiqarishni davom eting. Valdagi shlitsalarni zarbadan saqlang, aksincha 
shesternyalarni chiqarish va kiritishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rezbali birikmalarni ko‘rsatilgan burash momentidan ortiq mahkamlamang, bu boltni 
uzilib ketishi va shikastlanishga sabab bo‘ladi. Urib chiqarish va kiritish moslamalarini to‘g‘ri 
yo‘naltiring. Uni zarba berish joyidan 25-50 mm pastroqdan ushlang. Bolg‘a dastagi ishonchli 
o‘tqazilgan bo‘lib, toza va quruq holatda ishlatilsin. Yaroqsiz - asbob uskunalardan foydalanish 
man etiladi, bu xavfsiz ishlashning asosiy tamoyili bo‘lib, unumli ishlashga imkon beradi.
Asboblarni ishlatishda ularni toza bo‘lishi va o‘z joyiga qo‘yilishiga odatlaning. Har 
qanday ishni bajarishda shoshilib, chala bajarmang. Ehtiyotkorlik baxtsiz hodisa va 
shikastlanishni oldini oladi, buni unutmang! 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin