"Zarbulmasal" asari tahlili (sujet va kompozitsiyasi)


“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari



Yüklə 25,55 Kb.
səhifə3/3
tarix28.04.2023
ölçüsü25,55 Kb.
#103935
1   2   3
Zarbulmasal asari tahlili (sujet va kompozitsiyasi)

“Zarbulmasal” ning g`oyaviy mazmuni va obrazlari 
xususida nimalarni bilasiz? 
“Zarbulmasal” majoziy asar bo`lishiga qaramay, unda XIX asr 
muhiti voqealari tasvirlanadi. Yozuvchi bu asarida o`zaro o`sha 
davrda bo`lib o`tayotgan urushlarning dahshatli oqibatlarini ochib 
tashlaydi. Asarda bu kabi urushlarning el-yurtga keltirgan 
qashshoqlik va xarobaliklari xarakterli tafsilot va imo-ishoralarda 
yorqin aks ettirilgan. 
Yapaloqqush o`zaro to`qnashuvlarda boyligi qo`ldan ketgan, 
qo`rg`oni buzilgan, Gulxaniy aytganidek, «oti ulug`, suprasi quruq»
boylarning kinoyaviy obrazidir. Buni biz dastlab uning xatti-
harakatlarida va atrofdagilar bilan munosabatida kuzatamiz
chunonchi, u o`g`liga Kulonkir sulton deb balandparvoz nom qo`yadi. 
Yoki Boyo`g`liga quda bo`lmoqchi bo`ladi, o`zini katta tutib “Har 
qanchalik qalin bo`lsa topilur”, deb maqtanadi. Yapaloqqushning 
tushkunlikka uchragan “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” boylarning 
kinoyaviy obrazi ekanligi, atrofdagilar, jumladan, unga qarshi 
qo`yilgan Ko`rqush bilan muomalasida ham yaqqol ko`rinadi: 
Ko`rqush sovchilikka ketayotganida Yapaloqning maqtanchoqliga 
qarshi “Bor maqtansa – topilur, yo`q maqtansa – chopilur”, 
“Chumchuq semirsa botmon bo`lurmi?” kabi maqollarni keltiradi. 
Yapaloqqush “…bolamning asbobi kulonkirligi minqori bilan 
changalidan ma`lum va ravshan emasdurmu?” degan so`zlar bilan 
o`ziga o`xshash boylarning zo`ravonligiga ishora qiladi. Lekin bu 
o`rinda ham Ko`rqush Yapaloqning quruqligini fosh etib, 
“Chuchvarani xom sanabsan”, “Halvo degan birla og`iz chuchimas”, 
“Oti ulug`-suprasi quruq”, “Uyida chaksa uni yo`q, tom boshida qo`sh 
tandir”, “Sichqon sig`mas iniga, g`alvir bog`lar dumiga” degan 
iboralar senga mos keladi, deydi.
Shunday qilib, Yapaloqqush misolida o`sha davrdagi boylarning 
shuhratparastligi, ochko`zligi, maqtanchoqligi ochib tashlanadi. 
“Zarbulmasal” xalq orasida “Yapaloqqush hikoyasi” nomi bilan 
mashhur bo`lib, qissaxonlik kechalarida uni eshitgan shinavandalar 
asarning chuqur hayotiy mazmuniga qoyil qolishgan. Uning qisqacha 
mazmuni quyidagicha: 
Farg`ona iqlimida Qayqubod degan podshohdan qolgan bir 
vayrona bor edi. Unda yashovchi Boyo`g`lining Gunashbonu ismli 
qizi bo`ladi. Shu atrofda manzil tutgan Yapaloqqush uni o`g`li 
Kulonkir sultonga olib bermoqchi bo`lib, Ko`rqushni sovchilikka 
yuboradi. Ko`rqush yo`lda Hudhudga duch kelib, o`zaro munozara 
qiladi. Keyin Kulonkir sulton bilan gaplashib oladi. Boyo`g`linikiga 
kelsa, u qarindoshlari bilan kengashib, so`ng javob bermoqchi bo`ladi. 
Buni yaxshilikka yo`ygan Yapaloqqush do`sti Sho`ranul degan
qarg`a orqali qushlar shohi Malikshohindan suyunchi oladi. 

Malikshohin o`zining pahlavoni bo`lmish Kulonkir sultonning to`yini 


podshohlik hisobidan o`tkazib bermoqchi bo`lib, o`z xazinachisi 
Kordonni to`y xarajatlarini aniqlash uchun Boyo`g`linikiga jo`natadi. 
Boyo`g`li qizining qaliniga mingta vayrona so`raydi. Kordon 
Umarxon davrida mamlakat obod bo`lib, vayronalar kamaygani, 
shuning uchun uning sonini 600 taga tushirishni so`raydi. Boyo`g`li 
ko`nmagach, ortiga qaytib ketadi. Uni eshitgan Ko`rqush oting 
Kordon – ishbilarmon bo`lsa-da, aslida qo`lingdan hech ish kelmas 
ekan deb, o`zi Boyo`g`lining yoniga kelib, Qo`qondan topilmasa ham, 
mingta vayronani Buxoro muzofotidan topib berishga va`da beradi. 
Shundan keyin dabdabali to`y qilib, kelin-kuyov murod-maqsadlariga 
etadilar. 
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, mazkur to`y bo`lishidan oldin 
Ko`rqush sovchilikka borgan edi. U sovchilikka keta turib yo`lda 
Hudhud (popishak) ga duch keladi. Ko`rqushning Boyo`g`lining 
qiziga sovchilikka boryotganini fahmlagan Hudhud unga: “…qo`lidan 
kelmas ishga uringan… maymunga o`xshab rasvo bo`lma”, - deydi. 
Shu o`rinda Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalini voqeaga 
bog`lab keltiradi. 
“Hunar-zar” deb, Najjorning ishini davom ettirmoqchi bo`lgan 
Maymunning dumi yog`ochning orasiga qisilib qoladi, qutulmoqning 
ilojini topolmay sharmanda bo`ladi: 

Ketdi hunar shavqi bila g`ussasi,


Tushdi yag`och ayrisig`a dumchasi. 
Bal keynidin bo`ldi tutulmoqlig`i, 
Mumkin emas o`ldi qutulmoqlig`i. 

Odami jinsida yo`q qissasi, 


Qoldi aning dumchasining hissasi. 
Gulxaniy kishilarni bilim va hunar o`rganishga, o`z kasbini 
to`liq egallashga chaqiradi: 
Aydi: «Ulus ichra bu bir kasbdur, 
Kasbni boshina kiysang nasbdur». 

Bu fikr qissadan hissa tariqasida uqtiriladi. 


Gulxaniy “Maymun bilan Najjor” masalida hunar va hunar 
ahlini ulug`laydi, qo`lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi 
bo`lma, ko`r-ko`rona birovga taqlid qilib falokatga yo`liqma, degan 
fikrni maymunning qismati orqali ko`rsatadi. 
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirlanadi. U 
ijtimoiy-foydali mehnat bilan shug`ullanishni har narsadan yuqori 
qo`yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnatini, duradgorlik mahoratini
tasvirlar ekan, hattoki, Maymun ham mehnatga muhabbat bilan 
qaraydi, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikrni 
olg`a suradi. 
O`z navbatida, Ko`rqush ham Yapaloqqush uni majbur qilib 
sovchilikka yuborayotganini ta`kidlamoqchi bo`lib, “Sen tevaning 
bo`tasi onasi birla munozara qilganidan bexabarga o`xsharsan”, deydi 
va “Tuya bilan Bo`taloq” masalini hikoya qiladi. 

Yüklə 25,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin