imkoniyatiga ega. eksperimental yo`l bilan bilinar-bilinmas sezgirlikni vujudga
qo`zg`atuvchining kuchiga nisbatan doimiy mikdor ekanligini isbotladi.
.
30
bu erda Ed q farq qilish sezgirligi, s- konstanta , r - qo`zg`atuvchining kuchini ( R )
sezgirlikning absolyut chegarasiga nisbati ( RL ) ya`ni
RL
R
r
G.Fexner psixofizik qonunni quyidagicha ifodalaydi. sezgirlik kuchi
qo`zg`atuvchining absolyut qiymatiga emas, balki qo`zg`atuvchi kuchininng
logarifmiga proportsionaldir.
Sezgi qonuniyatlarini kuzatish orqali ham o`rganish
mumkinmi?
G.Fexner absolyut va farq qilish chegaralarini o`lchashning bir necha
metodlarini taklif kildi.
Bunday metodlardan biri minimal o`zgaruvchilar yoki chegara metodi deb
yuritiladi.
Bu metodning mohiyati uning nomidan ko`rinib turibdiki, oldindan
tayyorlangan qo`zg`atuvchilar shunday berib boriladiki, ular bir-biridan minimal
darajada farq qilishini aniqlash mumkin bo`ladi. Qo`zg`atuvchi goh ortib, goh
kamayib boruvchi tartibda beriladi. Har bir turkum qo`zg`atuvchilar tartibi
javoblarning o`zgarishi bilan belgilanadi. («ha», «yo`q», «ko`ryapman»,
«ko`rmayapman»). Odatda sezgirlikni o`lchash kamayib boruvchi qo`zg`atuvchilar
berib borishdan boshlanadi. Qo`zg`atuvchining ta`siri
sezilmay kolguncha davom
ettiriladi. Ortib boruvchi qator uchun ham shunday tartibda o`tkaziladi. Tajribaning
har bir qismi 6 martadan 15 tagacha takrorlanadi. Sezgirlikning absolyut chegarasi
sifatida ularning o`rtacha arifmetik qiymati (M) olinadi.
N
EL
RL
bu erda RL - o`rtacha sezgirlikning absolyut chegarasi, L - har bir o`suvchi va
kamayuvchi qo`zg`atuvchilar
qatorining chegara qiymati, N - qo`zg`atuvchilar
qatorining umumiy soni. Tekshiriluvchilar javoblarining variativligi o`rtacha
kvadratik chetlanish(
)yordamida aniqlanadi o`rtacha xatolar quyidagicha
aniqlanadi.
1
N
d
RL
bu erda - RL - dan o`rtacha arifmetik chetlanish, N - tanlanmalar soni.
Sezgirlik chegaralarini o`rganishda ko`proq qaysi metodga
asoslaniladi?
Sezgirlikning
absolyut
chegarasini
aniqlash
maqsadida
doimiy
qo`zg`atuvchilar yoki konstant metodidan ham foydalaniladi. Bu metodni
boshlashdan avval chegara zonasining diapazonini aniqlab olish kerak. CHegara
zonasi, tekshiriluvchi qo`zg`atuvchini sezadigan yoki sezmay
qoladigan intensivligi
zonasidir. Bu zona teng bir-xil toq bo`lgan intervallarga bo`linib olinadi. (5 dan 9
gacha). SHuning uchun ham qo`zg`atuvchilarning barcha kuchlari o`rtasidagi farq
doimo bir xildir.
Sezgirlikning farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida ham minimal
o`zgaruvchilar metodidan foydalaniladi. Farq qilish chegarasini aniqlash maqsadida
dastlab etalon qo`zg`atuvchini ajratib olish kerak. Dastlab etalon qo`zg`atuvchi,
Dostları ilə paylaş: