2.3. ZARARLANGAN TASHUVCHILARGA QARSHI TEZKOR CHORALAR
Zararlangan tashuvchilar bilan ifloslangan o'choqlar chegarasi aniq bo'lmay, kasallik sekinlik bilan tarqaladi. Bakterial shikastlangan o'choqlarda fuqarolar muhofazasi tibbiy xizmati o'z ishini, kelib chiqqan sharoitni hisobga olgan holda amalga oshirishi zarur. Bunday o'choqlarni baholash quyidagi omillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 1) qo'llanilgan qo'zg'otuvchi xili va usuli; 2) mavjudligini o'z vaqtida aniqlash; 3) ifloslangan joy va kasallikni taxminiy tarqalgan joy maydonlari; 4) ob-havo sharoitlari; 5) aholining soni va zichligi; 6) yil fasli; 7) qurilgan aholi joylarining tavsifi va zichligi; 8) aholining shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligi va ulardan kerakli vaqtda foydalanish; 9) emlangan odamlar soni; 10) kasallikning oldini olish va davolashning maxsus va nomaxsus vositalar bilan ta'minlanishi.
Sanab o'tilgan omillarni hisobga olish bakteriologik o'choqlarni alohidalash va unga barham berish chora-tadbirlarini tashkil qilishni aniqlash imkonini yaratadi. Bakteriologik qurollar qo'llanilgan taqdirda sanitar yo'qotishlarni hisoblash va ular tarkibini belgilash qiyinchilik tug'diradi. Bunday holat qator sharoitlar bilan belgilanadi: 1) bakteriologik qurol tariqasida, har bir o'z jihatlariga ega bo'lgan ko'pchilik qo'zg'otuvchilar qo'llanishi mumkin; 2) yuqumli kasalliklar ikki xil biologik turlar - qo'zg'otuvchilar bilan odamlarning o'zaro aloqasi natijasidir. Yuqumli kasalliklarga odamlarning chidamliligi va qo'zg'otuvchining kuchi (вирулентност) katta o'zgarishlarga moyil. Bu holat sanitar yo'qotishlar miqdoriga ta'sir etadi: 3) bemorlarda sog'lom odamlarga nisbatan kasallikning yuqishi oqibatida kelib chiqqan sanitar yo'qotishlarni oldindan aniqlash aytarli darajada qiyin.
Xorijiy mamlakat mutaxassislarining fikriga ko'ra, bakteriologik qurolning bevosita ta'siri tufayli kelib chiqqan birlamchi kasalliklar o'choqda yashayotgan odamlar sonining 25-50 %ini tashkil qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |