5. Xulosa. Kurs ishi (loyihasi)ning bu qismida ishning m uallif tomonidan ishlab
chiqilgan asosiy natija va xulosalari keltiriladi. Ulaming amaliy ahamiyati, ish
natijalarining joriy qilinish imkoniyatlari va mavzuni kelgusida tadqiq qilish istiqbollari
ko‘rsatiladi.
Xulosaga qo‘yiladigan asosiy talab, uning qisqa va mulohazaliligidir:
Unda ishning mazmunini butunligicha qaytarish shart emas. Xulosa quyidagi
savollarga javob bera ohshi kerak:
a) talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi?
b) qanday ishlar amalga oshirildi?
d) muallif qanday xulosalarga keldi?
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidaasarlar mualliflarining familiyasi
ko‘rsatilib alfavit tartibida tuziladi. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari,
“Ta’lim to ‘g ‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezident farmonlari,
Vazirlar Mahkamasi qarorlari kabi m e’yoriy hujjatlar birinchi tartibda yoziladi.
R o‘yxatga m uallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha
adabiyotlar kiritiladi (bunda ular qayerda nashr qilinganidan qa’tiy nazar alohida nashr,
to ‘plam, jumal, gazeta bo‘lsa ham albatta k o ‘rsatilishi shart).
R o‘yxatda manbalar umumiy
raqamlashtirilgan holda keltiriladi. Manbaning
m a’lumotlari ko‘rsatilayotganida muallifning ismi-familiyasi, asaming nomi, nashr
qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi.
Masalan: 1. A.Ziyo. 0 ‘zbek davlatchiligi tarixi. - Toshkent, “Sharq”, 2000. - 110 b.
2. E.V.Rtveladze va boshqalar. Qadimgi 0 ‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va
huquq tarixidan lavhalar. - Toshkent, “Adolat”, 2001. 7 5 - 77 b.
3. D.Alimova. Tarix - tarix kabi, fan kabi tarix. T. 1. Tarix va tarixiy tushuncha. -
Toshkent, “0 ‘zbekiston”, 2008. 202-207 b.
7. Ilovalar. Ular, odatda, alohida sahifalarda ko‘rsatiladi. Ularning har biri o ‘z
mavzusiga ega bo‘ladi va o ‘ng tomonining yuqorisida “Ilova” degan yozuv qayd qilinadi.
Agar ilovalar bir nechta bo‘lsa ular 1-ilova, 2-ilova tarzida rasmiylashtiriladi.
Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig‘ilgan empirik material,
darslar va tarbiyaviy tadbirlaming konspektlari, kuzatishlar bayonnomalari, bayram
ssenariylari, bolalaming rasmlari va fotosuratlari joylashtiriladi.
Kurs ishi (loyihasi)ga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega b o ‘lgan yoki ilmiy-
tadqiqotlar olib borayotgan kafedra o ‘qituvchilari, maktab va maktabgacha ta’lim
muassasalari, turli markazlar xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs ishi (loyihasi) talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda kurs ishi
rahbari maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib
boradi.