yettita ustuvor vazifa- larni olg‘a surgan edi. Ijtimoiy sohalarning muhimligini ta’kidlab shunday degan edi: « 0 ‘ylaymanki, ijtimoiy infratuzilmani, ta’lim
va sog‘liqni saqlash sohalami yanada rivojlantirish, nafaqa bilan
ta’minlash tizimini takomillashtirish, aholini ekologik va boshqa
xavf-xatarlardan muhofaza etish, qisqa qilib aytganda, odam-
Iarimizning sotsial soha bo'yicha talab va e’tirozlarini qondirish
masalalarini har tomonlama kuchaytirish lozimligini isbotlab
o‘tirishga hojat bo‘lmasa kerak»1.
Ijtimoiy soha taraqqiyotning qay darajadaligi m a’lum
jihatdan mamlakatdagi siyosiy va psixologik muhitni, aholining
umumiy kayfiyatini beligilaydi. Ijtimoiy sohalarning o'sishi
hududlaming umumiy iqtisodiy taraqqiyoti darajasini ko‘rsa-
tuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy iqtisodiyotning asosiy muammolariga faqat iqtisodiy
jihatdangina emas, balki ijtimoiy taraqqiyot nuqtayi nazaridan
qaralishi lozim. Shundan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy sohalar
m oddiy-texnika bazasini m ustahkam lash masalasi bozor
munosabatlariga o‘tishning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib
qoladi. Ijtimoiy sohalar faoliyatining samaradorligi uning barcha
asosiy tarkibiy qismlarining kompleks rivojlanishiga bog‘liq.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy sohaning barcha tarkibiy
qismlarini rivojlantirish borasida muhim, diqqatga sazovor ishlar
amalga oshirildi va oshirilmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish,
ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya, madaniyat, dam
olish, uy-joylar sharoitini yaxshilash, maishiy xizmat ko‘rsatish
kabi qator sohalarni yaxshilash borasida ulkan ishlar amalga
oshirildi. Istiqlol yillarida mamlakatimiz aholisini ijtimoiy qo‘Uab-
quvvatlashga oid 30 dan ortiq qonunlar yaratildi va ular
amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. 2007-yil «Ijtimoiy himoya yili»
deb nomlandi va juda katta davlat dasturi qabul qilindi.
1