Bunday guruhlash tarmoqlar bo‘yicha tovar ishlab chiqarish,
xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni
tahlil qilishda qo‘l keladi.
Makroiqtisodiyotni sektorlarga bo‘Iib o ‘rganish
bozor muno-
sabatlarini tartibga solish uchun zarur bo‘lgan
makroiqtisodiy
ко‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy tahlilni
amalga oshirish va makroiqtisodiy qonuniyatlarini aniqlashda,
makroiqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo‘lgan
tegishli
tavsiyalarni tayyorlashda
katta ahamiyat kasb etadi.
Bulardan tashqari, har bir sektoming o‘z vazifalari bor (8-
jadval).
Yuqorida qayd etilganlardan tashqari BMTining 1993-yilda
qabul qilingan MHTida
bozor iqtisodiyotiga o ‘tayotgan mam
lakatlarda
yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya
qilinadi, ya’ni:
1. Tovar ishlab chiqarish sohasi
— bunda buyum, gaz, suv
va energiya shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab
chiqarish xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq
xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, qurilish tarmoqlari kiritiladi.
2. Xizmat ko‘rsatish sohasi
— bunga xizmat ko‘rsatish bilan
shug‘ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.
Hozirgi paytda 0 ‘zbekiston Respublikasi statistika xizmati
YIM, bandlik, mehnat haqi va boshqa ko'rsatkichlami soha va
tarmoqlar bo‘yicha hisoblaydi va e’lon qiladi.
Shunday qilib, milliy iqtisodiyot
Dostları ilə paylaş: