Vaqt funksiyasida chizilgan grafiklar nostatsionar, ya’ni vaqt o'tishi
bilan o‘zgaradigan jarayonlami tekshirishda juda qulay usul hisoblanadi.
Statsionar, ya’ni barqaror jarayonlarda grafiklar uncha zarur emas,
kerakli
parametrlar diskret holda o‘lchab olinishi mumkin.
Qayta ishlash jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
1
) yozuvlarda qayd etilgan murakkab jarayonlar soddaroq tashkil
etuvchilarga ajratiladi.
Masalan, har qanday murakkab shaklli tebranishlar
garmonik tahlil
usulida oddiy garmonik tebranishlar yig'indisi ko'rinishida ifodalanishi
mumkin;
2
) tekshirilayotgan jarayonni o'zida aks ettiruvchi parametrlarning son
qiymatlari aniqlanadi;
3) olingan parametrlar, agar zarurat bo'lsa, boshqa usulda qayta aniqlanishi
mumkin.
Masalan, o'lchab olingan ko'chishlarni differensiallash va
integrallash
yo'li bilan tezlik va tezlanishlami aniqlasa bo'ladi va aksincha;
4) sinov natijalarini qayta ishlash orqali sinalayotgan obyektning dinamik
mustahkamligiga umumiy baho beriladi.
Yuqorida ko'rib o'tilgan
bosqichlar mashinasozlik, samolyotsozlik,
binokorlik, seysmologik
tadqiqotlar, geologik qidiruv ishlari va boshqalarda
keng qo'llaniladi. Olingan qiymatlarni qayta ishlash jarayonlari aksariyat
hollarda avtomatlashtirilgan. Buning uchun
maxsus asboblar va ularning
majmualari mavjud.
Dostları ilə paylaş: