П b о b. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V
asridan G ‘arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab
chiqarish usuli bilan almashdi.
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto kapitalizm
davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda quldorlik,
qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865-yillardagi fuqarolik urushidan
keyin to‘la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan, Turkistondagi qullik
davri ham shu davrda, ya’ni o‘lka Rossiya tomonidan bosib olingach,
qonun yo'li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga
ko‘ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan, Rossiyada qulchilik ishlab
chiqarish usuli darajasiga yetmadi, feodalizmga o'tildi. Tuzumda yerga
xususiy mulkchilik mavjud bo‘lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan,
rasman ozod dehqonlami ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari
- feodallar yoki davlat dehqonlardan
barshchina (ishlab berish),
natural (mahsulot) yoki
pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga
ega edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda
ishlab chiqaruvchilar - dehqonlaming hamkorligiga asoslangan.
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan xiyla manfaatdor
bo‘lgan, o‘zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo‘jalik
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab
chiqarish kuchlari ancha o‘sdi. Feodalizm shu jihatdan awalgi ibtidoiy
jamoa va quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo bu davrda
hali ham qoloq texnika mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish kuchlarining
rivoji sekin borgan. G ‘arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V
asr oxiri (Rim imperiyasining qulashi)dan buijua inqiloblari (XVII-
XVIII asrlar), aniqrog'i, sanoat to'ntarilishi davrigacha yashadi. Ko‘p-
gina mamlakatlarda (masalan, 0 ‘rta Osiyo, jumladan, O'zbekistonda)
bu davr undan ham uzoq vaqtni o‘z ichiga oladi (III-XX asrlar).
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli bo‘lib,
yerga egalikning qonuniy ekanligini ko‘rsatish, tovar-pul munosabatlari
muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga qaratilgan.
0 ‘sha davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda tovar-pul munosabatlari
(sudxo‘rlikdan tashqari) qo'llab-quwatlanad, shu bilan birga, feodal
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi.