5.3. Merkantilizm iqtisodiy ta’limotining tarixiy taqdiri XVIII asming oxirida merkantilizm iqtisodiy ta’Iimot yo'nalishi sifatida
tarix sahnasidan tushdi. Sanoat inqilobi sharoitida bu ta’Iimot va unga
asoslangan siyosat hayot talabiga javob bermay qo‘ydi. Xo‘sh, bu ta’Iimot
nega tarix sinovidan o‘ta olmadi, uning «bo‘sh joylari» nimalardan iborat?
Bu ta’limotning xatolarini klassik maktab vakillari, hatto ayrim
merkantilistlar ham tan olgan. ASmitning fikricha, bu «bizning savdogar
va sanoatchilar tomonidan sotqin parlamentga o‘tkazilgan proteksionistik
anglashilmovchilikning qorishmasidan iborat va boylik bu pulga egalik
bilan bog‘liq eng oddiy tushunchadan iborat. Agar o‘z boyligini
oshiraman desa, har bir individ kabi davlat ham olayotganidan kam
sarflashi kerak. Iste’mol etilganidan tashqari qaysi moddiy shaklda bo‘ladi?
Oddiyroq aytganda, daromad va buromadning farqi nimada ifodalanadi?
Merkantilistlar uni mustahkam pul yoki oltin, zeb-ziynatlardan iborat
deb bilganlar. Pul va kapital o'rtasida tenglik qo‘yilishi xato edi. Shuningdek,
savdo balansining aktiv saldosi bilan yillik foydaning iste’moldan
ortiqchasi ham tenglashtirilgan. ASmit va uning izdoshlari bu ta’limotning
xatolarini shunday izohlaydilar.
0 ‘sha davrdagi (va hozirgi) olimlaming fikricha, mamlakat boyligi
oltin va kumush zaxiralaridangina iborat bo‘lmay, yer, qurilish va boshqa
ko'plab iste’mol mollaridan iboratdir. Masalan, V.Petti Angliyaning
XVIII asr oxiridagi pul miqdoriga baho berib, bu pullar barcha mulkning
3 foizidan kamroq ekanligini isbotlab berdi.
Aktiv savdo balansi faqat vaqtincha samara beradi. 1630-yilda T. Man
ning o‘zi ham mamlakatga qimmatbaho metallaming oqib kelishi ichki
baholar ko‘tarilishiga olib kelishini va «qimmatroq sotish, arzonroq
olish» doktrinasi mamlakatning o‘ziga qarshi ekanligini tushundi.
Taniqli ingliz iqtisodchilari