1874-yilda Shveysariyada Leon Valrasning «Sof iqtisodiyot fani
elementlari»nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Bu kitobdagi iqtisodiy
nazariya to‘liq ravishda matematik jihatdan rivojlantirildi. Shunday qilib,
yangi yo‘nalish bir vaqtda uchta olim tomonidan turli mamlakatlarda
ingliz, nemis va fransuz tillarida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Maijinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo‘lib
o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi bosqich
XIX asming 70-80-yillarini o‘z ichiga olib, iqtisodiy
tahlilning dastlabki maijinalistik g'oyalarmi mujassam qilgan dastlabki
ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu
davrda insonning psixologik xususiyati, ya’ni uning hissiyoti va qabul
qilishi asosida o‘iganiladi. Shuning uchun maijinalizmning bu bosqichini
iqtisodiy ta’limotlardagi «subyektiv yo'nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich
XIX asming 90-yillariga to‘g‘ri kelib, bu davrdan
boshlab maijinalizm ko'pgina mamlakatlarda mashur asosiy ta’limotga
aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutuqlari
subyektiv-psixologik yo'nalishdan
voz kechib, iqtisodiyotning asosiy
maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-
sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha
iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik
iqtisodiy maktabning
davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Maijinal rivojlanishning ikkinchi bosqichini, ya’ni neoklassik
iqtisodiy ta’limotni rivojlanishiga yirik iqtisodchi olimlar A.Marshall,
Dj. B.Klark va V.Pareto katta hissa qo‘shdilar.
14.2. Avstriya maktabi. Subyektiv - psixologik yo‘nalish
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta ’limotlarning
nufuzli
maktablaridan biri bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya
maktabini subyektiv yoki subyektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar.
Uning mafkurachilari qo‘llagan usul munosabati bilan unga mana
shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya
maktabining asoschisi
K.Menger (1840-1921) bu g‘oyani rivojlantirdi. Avstriya maktabining
konsepsiyalari K.Mengerning
«Siyosiy iqtisod asoslari» (1871),
F.Vizeming (1851-1926)
«Xo‘jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy
qonunlari to‘g‘risida» (1884), E.Byom-Baverkning (1851-1914)
«Kapital va foyda» (1884-89), «Xjalik ne’matlari boyligi nazariyasining
asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va
boshqa asarlarida bayon etilgan. Avstriya maktabining ta’limoti Angliya,
Germaniya, AQSH Rossiyada va boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu
ta’Iimot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta’sir o‘tkazdi.
Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida awalo siyosiy iqtisod
predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to‘g‘risidagi ta’Iimot
yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari
ishlab chiqarish
munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy
qonunlami siyosiy iqtisod predmetiga kiritmadilar.
Ulaming konsepsiyasiga ko‘ra, siyosiy iqtisod xo‘jalik subyekti
tajribasining butun xilma-xilligi bilan uni idrok etishni o'rganishi lozim
edi. Byom-Baverkning da’vo qilishicha, siyosiy iqtisod subyekt sifatida
iqtisodiy hodisalami izohlaydigan ildizlami izlashi kerak. Alohida xo‘jalik
tadqiqot obyekti qilib olinar va jamiyatning eng oddiy tipikelementi
deb talqin qilinar edi. Jamiyatdan mutlaqo ajralgan shaxs -
Robinzon
xo'jaligi mana shunday xo'jalikning oliy maqsadi deb atalardi
(D.Defoning asarini eslang). Avstriya maktabi kapitalistik xo‘jalikni
eng oddiy elementlaming mexanik yig‘indisi deb talqin etardi.
Tadqiqotning bu usuli
Dostları ilə paylaş: