Tofflernmg
«Uchinchi to‘lqin» kitobida bayon etiladi. Unda, «yangi
sMizatsiya» davri vujudga keladi, deyilgan. Keyingi paytlarda neoins-
titutsionalizm nazariyalari ham paydo bo'lmoqda. Bu nazariyalarda
texnik omillami mutlaqlashtirishdan chekiniladi va asosiy e’tibor
insonga, sotsial muammolarga qaratiladi. Shunday yo‘l bilan mulk
huquqi (Ronald Kluz - AQSH), jamoat tanlovi (Jeyms Byukenen -
AQSH) va boshqa nazariyalar vujudga keldi. Bu qarashlar natijasida
rivojlangan mamlakatlaming iqtisodiy siyosati ham o'zgarmoqda, bu
siyosat tobora kapitalizmni ijtimoiy tomonga burish sari bormoqda.
Hozirgi davr institutsionalizmining asosiy g'oyasi shuki, insonga
postindustrial jamiyatning asosiy iqtisodiy omili, asosiy resursi sifatida
qaraladi va yangi jamiyat shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun
o‘z siyosatini qayta ко‘rib chiqishi kerak bo'ladi, XXI asr esa «inson
asri» deb e’lon qilinadi.
Qisqacha xulosalar
Hoziigi iqtisodiy ta’limotlar tarixida institutsionalizm muhim o‘rin
egallaydi. Bu yo'nalish tub ma’nosi bo‘yicha klassik maktabga muxolif
deb qaralishi mumkin, chunki bu ta’limotda iqtisodiy kategoriyalar
ikkinchi darajali bo‘lib, asosiy e’tibor institut (davlat, oila, monopo
liya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo'mitalari va boshqalar)laiga qarati
ladi, noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy
maktabi qoidalari keng qo‘llaniladi, ammo to‘la yakdillik yo‘q.
Institutsionalizm uch oqimga bo'linadi, bular ijtimoiy-psixologik (tex-
nokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik,
J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell).
Bu tadqiqotlar islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim),
omma fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish, ma’muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomil-
lashtirish (2-oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida
o‘rganish, uning o‘zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng
qo'llash, keyingi taraqqiyot bo‘yicha prognozlash (3-oqim) xosdir.
Bu yo‘nalish qonun-qoidalari hayotda o‘z tatbiqini topmoqda, ammo
prognozlar doim ham aniq emas. Masalan, AQSHda 1929-yil ravnaq
yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda «Buyuk depressiya»
boshlandi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Institutsionalizm, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, konyunk-
tur-statistik oqimlar, T.Veblen, «Veblen effekti», R.Kommons, huquq
institutlari, monopohyaga qarshi choralar, ma’muriy kapitalizm,
U.Mitchell, siklik rivojlanish, prognoz.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Institutsionalizm paydo bo'lishining shart-sharoitlari.
2. Institutsionalizmning mohiyati va o‘rganish metodologiyasi
nimalardan iborat?
3. Uning asosiy oqimlari va mafkurachilari kim?
4. Institutlar deganda nimalar ko'zda tutiladi?
5. T.Veblenning asosiy asaridagi g'oyalar nimani anglatadi?
6. J.Kommonsning hukumatni isloh qilish islohotlari mohiyati
nimadan iborat?
7. Ma’muriy kapitalizm nima?
8. U.Mitchell g‘oyalarining asosi nimani anglatadi?
9. N.D.Kondratevning siklik rivojlanish konsepsiyasi nima?
10. Institutsionalizmning evolutsiyasi davridagi olimlar va ulaming
g‘oyalari.
xvn
b o b . MUKAMMAL BO‘LMAGAN RAQOBAT
BOZORI TA’LIMOTLARI
17.1. Nomukammal bozoming xususiyatlari
XX
asr boshlarida iqtisodiyot tobora monopollashib bordi. Bu, ay
niqsa, Yevropa va AQSHda yaqqol ko‘zga tashlandi. Iqtisodiy liberializm
prinsiplari (erkin savdo-fritredlik, davlatning iqtisodga aralashmasligi
va b.) real hayot talablariga javob bermay qo'ydi. Monopollashuvning
yorqin oqibati sifatida 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozini
keltirish mumkin.
Deyarli yuz yil davomida J.B.Seyning «bozorlar qonuni» hamma
yerda tan olingan va unga suyanib ish yuritilgan bo‘Isa, bu davrda uning
ahamiyati pasayib bordi. Nomukammal raqobat awal institutsiona
lizm, keyin neoklassiklar tomonidan tadqiqot obekti qilib olindi.
Bu muammolar bilan deyarli bir vaqtda Garvard universiteti pro-
fessori E. Chemberlin va Kembrij universiteti professori J.Robinsonlar
shug'ullandi.
1933-yili amerikalik E.Chemberlin o'zining «Monopolistik raqobat
nazariyasi», ingliz J.Robinson xonim esa «Nomukammal raqobatning
iqtisodiy nazariyasi» asarlarini chop etdilar. Bu asarlarda erkin raqobat
sharoitini inkor etadigan sharoitda bozor mexanizmlarining harakati
masalalari har tomonlama chuqur tahlil etiladi. Ikkala muallifning
fikricha, bozor bahosi bozor ishtirokchilarining kollektiv faoliyati
tufayli yuzaga kelmaydi, chunki tovar mahsulotlarining turli-tumanligi
(differensiyasi) xaridorlami bu tovarlar bahosi to‘g‘risida to‘liq axbo-
rotdan, firma-ishlab chiqaruvchilami tanlashda raqobatdan mahrum
etadi. Ular iqtisodiyotda muvozanatning buzilish sabablarini ilgarigidek
iqtisodiy muhitdagi «kategoriya» va «qonun»lardan izlaydilar. Insti
tutsional yo‘nalish tarafdorlariga esa, nomukammal raqobatning iqti
sodiy o'sishiga, awalo, «inson omili»ning ta’siri katta. Bu esa jamiyat
rivojlanishi, shu bilan birga, iqtisodiyot sohalarida yuzaga keladigan
ijtimoiy-psixologik, huquqiy va boshqa muammolardir.
17.2. E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi
Edvard Xeyting Chemberlin (1899-1967) o‘z asarida monopoliya-
ning mohiyati, monopol baho va monopol foydaning yuzaga
kelishining chuqur tahlilini beradi. Uning fikricha, monopoliyaning
mohiyati bu — taklif ustidan nazorat, bunda baho ustidan ham nazo-
rat bo'ladi.
Differensiatsiya kuchayib borgan sari har bir sotuvchi absolut
(mutlaq) monopoliyaga ega bo‘ladi, shu bilan birga, o‘mini bosa oladi-
gan boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchining nomukammal raqobatiga
uchraydi. Shundan kelib chiqib, barcha sotuvchilar «raqobatchi
monopolistlar» bo‘lib, «monopolistik raqobat» kuchlari ta’siri sharoitida
ish yuritadilar.
Raqobatning baholanmaydigan omillari qatoriga tovarlar sifati va
reklama kiradi va ular individual yoki alohida xususiyatlarga egadir.
Yuqorida keltirilgan masalalar bilan birga, chakana savdoda
raqobatning baholanmaydigan qatoriga sotuvchining qulay joylashuvi,
uning koixonasiga xos umumiy atmosfera yoki umumiy uslub, ishni
olib borish uslubi (manera), odil ishbilarmon sifatidagi obro'si,
muomalasi, epchilligi, xaridorlar va birga ishlayotganlar bilan shaxsiy
bog'lanishlari muhim ahamiyatga ega.
Baholanmaydigan omillar majmuyi haqiqiy qiymat nazariyasi doi-
rasida hisobga olinishi kerak. Sof raqobatda har bir sotuvchining bozori
uning raqib bozori bilan qo‘shilib ketadi; monopolistik raqobat sharoitida
esa bozor boshqalardan ajralgan bo'ladi, buning hammasi birgalikda
ishlovchi sotuvchilaming yagona bozorini emas, balki sotuvchilar
o'rtasida (har biriga bittadan) taqsimlangan o'zaro bog‘langan bozorlar
tarmog'ini tashkil etadi.
Sof raqobat sharoitida alohida sotuvchi bozori umumiy bozor bilan
qo'shilib, faqat amaldagi baho bo'yicha istalgancha tovami realizatsiya
qiladi. Ikkinchi holatda tovami sotish cheklanadi va yangi uchta omil:
1) baho; 2) mahsulot xususiyati va 3) reklama xarajatlari bilan belgila
nadi. Mana shu omillar yordamida xaridorlaming iste’mol qarorlariga
ta’sir etiladi. Bunda baholami pasaytirish omili alohida ahamiyat kasb
etadi, chunki tovarga baho pasayishi mahsulot sifati pasayishi tarzida
bo‘lishi ehtimoli bo'ladi.
Monopolistik raqobatning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, bunda
baholar raqobati yo‘qotiladi, oqibatda «quwatlar ortiqchaligi fenomeni»
doimiy va odatdagi hodisaga aylanadi. Bu ortiqchalik uzoq vaqt davomida
«jazosiz» ko‘payib boradi, chunki u doim xarajatlardan kattaroq bo'lgan
baholar hisobiga qoplanib turadi. Butun bozoming ma’lum qismini
egallash darajasini ko‘rsatuvchi bu ko'rsatkich (fenomen) faqat alohida
patentlar va fabrika markalari bilangina qo‘llanmasdan, boshqa, ya’ni
obro‘, ustalik, alohida mahorat kabi hodisalar bilan ham qo‘llab-
quwatlanadi. Bu hodisalar erkin kasb egalari (rassom, musiqa) faoliyat
sohasining bir qismi bo‘lib, ular ham «monopol daromadlar nazariyasi»
predmetidir.
«Klassik» va «neoklassik»laming fikricha, sof raqobat iqtisodiy
o'sishning hal qiluvchi sharti deb hisoblangan bo‘lsa, E.Chemberlin
ta’limotiga ko‘ra, monopohstlar orasida ham raqobat doimo mavjud,
bu bahoU va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo‘ladi
(mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog‘liq). Birinchi
marta iqtisodiy liberalizm g‘oyasida real hayotda sof raqobat ham, sof
monopoliya ham mavjud emas degan fikr paydo bo‘ldi, o‘z mohiyatiga
ko‘ra monopolistik raqobat ko‘p sonli sotuvchilar o‘rtasida kuzatiladi.
Bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayotgan tovarlar
soni ortishi bilan kuchayib boradi.
Bundan shunday xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat sha
roitida xaridor raqobatlashayotgan bir tovami boshqasidan, bir so-
tuvchini (mutlaq noekvivalent bir xil tovami) boshqa sotuvchidan
afzal ko'rishi mumkin. E.Chemberlin mantiqi bo‘yicha, kichik yoki
o'rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo‘lishi va
yirik korxona subyekti bilan bo'ladigan musobaqada bemalol ishtirok
etishi mumkin.
E.Chemberlin o‘z tadqiqotlari xulosalarida raqobat sharoitida
monopoliyaning tabiiy mohiyatiga mustahkam ishonch bildiradi.
Keyinchalik, E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat naza
riyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham
raqobat saqlanishi to‘g‘risidagi qoidani ilgari surishgan. Bunda gap
sherik-raqobatchilar o‘rtasida bozorda ulaming ta’sir doiralarini bo‘lib
olish to‘g‘risida boradi. Asosiy maqsad turlicha (differensiatsiyalashgan)
tovar mahsuloti bahosini eng yuqori xarajatlar darajasidan past
bo‘lmagan holda realizatsiya qilishdir.
17.3. J.Robmsooning iqtisodiy ta’limoti
Joan Vayolet Robinson (1903-1983) Kembrij universitetini bitirgan.
U A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971-
уШаг shu universitetda professor lavozimida dars bergan. Uning dastlabki
asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933-yili, ya’ni
muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi
bosh g‘oya monopoliyalar faoliyatida bozorlaming roli aniqlashdir. Bu
sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni buzadi va
nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o‘z
mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar
belgilanishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miqdori, sotuvchi
o‘matgan shu bahoda xaridorning malisulotni sotib olish va monopol
foyda tabiati o'matiladi. Ammo Robinson xonimning mantiqiy fikrlashi
Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinsonning fikricha, nomukammal
raqobat tufayli, awalo, raqobatli xo‘jalik tizimi normal muvozanat
holatining butunlay buzilishi va yo'nalishi, hatto yollanma mehnatning
«ekspluatatsiya» sidir. Chemberhn esa bu masalani bozoming tabiiy
muvozanati bilan chambarchas bog‘liqdir deb qaragan.
Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, unda bozor
sharoitidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlami izdan chiqaruvchi omil
sifatida qaraydi.
Tadbirkorlar nomukammal raqobat sharoitiga nisbatan mukammal
(sof) raqobat sharoitda ishlab chiqarishni monopollashtirishdan
kamroq manfaatdor bo'ladilar. Chunki nomukammal raqooai
sharoitida ayrim firmalar optimal ko‘rsatkichlarga erisha olmaydilar,
samarasiz (kam samara bilan) faoliyat ko‘rsatadilar, shu sababli
monopolist mahsulot chiqarishni cheklash bilan o‘z mahsuloti narxini
oshirish imkoniyatigagina ega bo'lmasdan, balki sohadagi ishlab
chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirish yo‘li bilan ishlab
chiqarish xarajatlarini pasaytirishi mumkin.
Bu sharoit talab konsentratsiyasi bo‘lib, bozorda ko‘p sonli mayda
sotuvchilar va yakkay-u yagona xaridor faoliyat ko‘rsatadi. Bu holatni
monopsoniya, ya’ni xaridor monopoliyasi deyiladi.
Yuqorida barcha g'oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal
raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendensiyasi
paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bu holat avval o‘zaro raqobatlashgan
ko'pgina firmalami yutib yuboruvchi yirik birlashmaning paydo bo‘lishi
bilan yanada kuchayadi.
Qisqacha xulosalar
XIX
asr oxiri - XX asrlarda iqtisodiyotning monopollashuv jarayoni
kuchaydi. Bu sharoitda awalgi «sof raqobat», «sof iqtisodiyot» qoidalari
amaliy hayotga javob bermay qoldi. Monopol sharoitda nomukammal
raqobat qonunlari yuzaga keladi. Bu hodisalar amerikalik E.Chemberlin
va ingliz J.Robinson xonim tomonidan tadqiq qilindi. Bu olimlaming
tadqiqotlarida monopoliyaning asosiy mohiyati taklif ustidan nazorat
ekanligi ko‘rsatiladi. Monopoliya sharoitida «mahsulotning
differensiatsiyasi» ro‘y beradi va alohida tovar alohida xaridoiga xizmat
qiladi, ma’lum tovarga afzallik beriladi. Bu sharoitda raqobatning
baholanmagan omillari mahsulot sifati va reklamasi, fabrika, firma
markalari, o‘ziga xos qadoqlash, rang, shakl va boshqalaming ahamiyati
ortadi. «Quwatlar ortiqchaligi» fenomeni kuzatiladi, chunki tovar
bahosini sun’iy oshirish yo‘li tutiladi, monopol foyda nazariyasi ilgari
suriladi. E.Chemberlining fikricha, monopol sotuvchilar o‘rtasida ham
raqobat doimo mavjud, chunki liberal g'oyalarda ham, monopoliyalarda
ham sof raqobat yo‘q.
Olimning so‘nggi asarlarida nomukammal va monopolistik raqobat-
lar deyarli tenglashtiriladi va monopoliyalar tabiiy mohiyatga ega degan
optimistik xulosalar chiqariladi. J.Robinsonning asosiy goyalari
yuqoridagilardan ancha farq qiladi, monopoliya sharoitida ishlab chi
qarish omillarining ekspluatatsiyasi, mayda korxonalaming yutib yubo-
rilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Xaridor monopoliyasi - monopsoniya
tushunchasi kiritiladi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Nomukammal raqobat, E.Chemberlin, monopoliya, mahsulot
differensiasiyasi, tovaming alohida, individual xususiyatlari, tovar
sifati va reklama, baxolanmaydigan omillar, quwatlar ortiqchaligi
fenomeni, J.Robinson, monopoliyaga munosabat, monopsoniya,
xaridor monopoliyasi, «samaradorlik yoki adolat».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Nomukammal raqobat bozori nazariyalarining paydo bo‘lish
shart-sharoitlari qanday?
2. Monopoliya deganda nima tushuniladi?
3. «Mehnat diffensiatsiyasi» nimani bildiradi?
4. Baholanmagan raqobat omillari nima?
5. Monopolistik raqobat sharoitda «Quwatlar ortiqchaligi fenomeni»
nima?
6. J.Robinsonning monopoliyaga munosabati.
7 Monopsoniya nima?
XVm
b o b . IQTISODIYOTNI DAVLAT TOMONIDAN
TARTIBGA SOLISH TA’LIMOTLARI
18.1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta’limoti
XX
asming birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlaming damba-dam
takrorlanishi tufayli «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy
g‘oyalar soni ko‘paydi. Ana shunday yo'nalishning yorqin tarafdori
bo lib, ingliz iqtisodchisi
Jon Meynard Keyns (1883-1946) shuhrat
qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo‘lgan Keyns Iton va Kembridj
universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta’lim oldi, A. Marshall
qo‘lida o‘qidi, 1913-yilda uning birinchi asari -
«Pul muomalasi va
Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. «Versal tinchlik sbartnomasining
iqtisodiy oqibatlari» 1919-yilda nashr etilishi bilan u iqtisodchi sifatida
ko'pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha
tanqidiy fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30-yillarda iqtisodiyotga oid
bir nechta kitoblar yozdi («Ehtimollik to‘g‘risidagi risola» (1921),
«Pul islohoti to‘g‘risida risola» (1923), «Mister Cherchelning iqtisodiy
oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi» (1926), «Pul
to‘g‘risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik
keltirgan bosh asari
«Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy
nazariyasi» (1936) kitobidir. 1940-yilda «Urush xarajatlarini qanday
qoplash mumkin» degan kitobi ham nashr etildi. Uning yaratgan
nazariyasi iqtisodiyot ta’limotlari tarixida alohida o‘rin egallaydi va bu
o'ziga xos inqilob bo‘lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy
asarining boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta’limotining asosiy va yangi g'oyasi shuki, bozor iqtisodiy
munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga
sola olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy
o'sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi.
Psixologik omillaming ustunligiga ishonadi va qiymatning mehnat
nazariyasini, qo‘shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab chiqarish
omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi
illatlarini to'g'rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi
tarafdori bo‘lib chiqdi. Vaholanki, awalgi olimlar (klassik maktab)
buni inkor etganlar va inqirozni tasodifiy voqea deb hisoblaganlar.
Awalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda «samarali talab»ni, ya’ni
iste’mol va jamg‘arishni birinchi o'ringa qo‘yadi. Yuqorida qarab
chiqilgan iqtisodiy ta’limotlardan biri
merkantilizimda davlatning
iqtisodiyot (siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionizm iqtisodiy
siyosati shuni talab etadi. J.M. Keyns u yaratgan konsepsiyaga merkan
tilistlaming ta’sirini inkor etmaydi.
U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya’ni makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar bo‘lgan milliy daromad va jamg‘armalar o‘rtasidagi
bog‘lanish va nisbatlami tadqiq qilish g‘oyasini ilgari surdi.
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir. Keyns
bulaming sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi.
Inqirozlar kapitalistning kayfiyatiga qarab ro‘y beradi, ya’ni
optimizmdan pessimizmga o‘tganda yuz beradi. Asosiy e’tibor «iste’molga
moyillik» va «jamg‘arishga moyillik»ka qaratiladi. J.M.Keynsning umumiy
bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi: Ish bilan bandlik ortishi
tufayli milliy daromad, demak, iste’mol ortadi, ammo iste’mol daro-
madga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan «jamg‘a-
rishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan
iboratki, odamlar, odatda, daromadlar ortishi bilan iste’molni ham
o'stiradi, ammo bu o'sish daromadlar darajasida bo‘lmaydi. Oqibatda
daromadlar o‘sishi bilan jamg‘arish ortadi va iste’mol nisbati kamayib
boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi, talab shunday yo‘l bilan
ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta’sir etadi. Iste’mol
talabining yetarlicha o‘smasligi yangi investitsiyalarga xarajatlaming
oshuvi yo‘li bilan qoplanishi, ya’ni ishlab chiqarish iste’molining
ishlab chiqarish vositalariga qarab oshuvi yo‘li bilan qoplanishi mumkin.
Shu sababli investitsiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini
belgilashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Keynsning fikricha, investitsiyalar
hajmi investitsiyalarga bo‘lgan intilishga bog‘liq. Sohibkor investitsiyalar-
ni kapitalning «eng yuqori samaradorligi» foiz darajasigacha pasaygan
paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o‘lchanadigan rentabellik).
Qiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi
esa mo‘tadil bo‘ladi. Bu holat yangi investitsiyalar uchun imkoniyatni
pasaytiradi, demak, bandlik o'sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori
samaradorligi»ning pasayishi kapital massasining o‘sishi, shuningdek,
kapitalist-tadbirkorlaming bo'lajak daromadlariga ishonchsizlikka
«moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns ta’limoti bo'yicha bandlikning
umumiy hajmi uch omilga
«iste’molga moyillik», «eng yuqori
samaradorlik» va foiz normasiga bog‘liq.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat
uchun qo'llanilishi mumkin va iste’mol talabining kamomadi asriy
tendensiyaga ega hamda barcha uchun yagona iste’mol qonuni mavjuddir.
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo'shimcha kapital birligi
tomonidan vujudga keltiriladigan bo‘lajak foydaning shu birlikka ketgan
ishlab chiqarish chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha, daromad,
foyda keltiradigan narsalar kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham
shunday).
Keyns foizga alohida e’tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan
haq deb hisoblaydi. Foiz uningcha, muomaladagi pul miqdoriga va
«likvidlilik afzalligi»ga bog‘liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik
demakdir). Uning miqdori «likvidlilik afzalligi»ga to‘g‘ri va muomaladagi
pul miqdoriga teskari proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma’lum davrga likvidlilikdan,
ya’ni boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan
mukofotdir.
Keynsning umumiy nazariyasida investitsiyalaming umumiy bandlik
hajmini aniqlashdagi asosiy roli to‘g‘risidagi tezis muhimdir. Ular iste’mol
talabining yetarli emasligini to‘ldirishi (kompensatsiyalash) kerak. Bunda
ishlab chiqarishni kengaytirish masalasiga iste’mol talabi oshuvidan alohida
qaraladi. Investitsiyalaming ko‘payishi ishlab chiqarishga qo'shimcha
ishchilami jalb etishga olib keladi, bu esa bandlik, milliy daromad va
iste’mol o‘suvini ta’minlaydi. Yangi investitsiyalar tufayli bandlikning
dastlabki o'suvi yana qo'shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki
qo'shimcha ishchilaming talabini qondirish zarumti tug‘iladi. Qo‘shimcha
bandlikning o'sish koeffitsientini Keyns
multiplikator deb ataydi, u
bir tomondan investitsiyalar o‘sishi, ikkinchi tomondan bandlik va
daromadlaming o'sishi o'rtasidagi nisbatni ko'rsatadi. Keyns bir qancha
hisob-kitoblargaasoslanib, AQSHning multiplikatorini aniqladi, u 2,5
ga teng ekan. Bu daromadlar o'sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta
ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi.
Olim o‘zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi.
Xususiy investisiyalarni rag'batlantirish uchun foiz normasini
tartibga solish taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul
miqdorini oshirish yo‘li bilan foiz darajasini tartibga solish imkoniyatiga
ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish amalda inflatsiya (pulning
qadrsizlanishi)ni qo'llash demakdir, ammo bunda ssuda foizi kamayadi
va pul ishlab chiqarishga qo‘yish uchun rag'batlantiriladi.
To‘la bandlikni ta’minlash uchun faqat investisiyalaming emas,
balki milliy daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish
vositasi sifatida soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo'lgan
Dostları ilə paylaş: |