«o‘zbek modeli» deb e’tirof etilgan iqtisodiy islohotlar modelining
asosiy muallifi I.Karimov «inson
islohot uchun emas, islohot inson
uchun xizmat qilishi kerak» deb ta’kidlagan mezon muhim hisoblanadi.
Islohotlarning «o‘zbek modeli» nimalarga asoslanadi degan savolga
quyidagicha javob berish mumkin:
• bozor iqtisodiyoti va demokratiya tamoyillariga asoslanadigan
jamiyatni barpo etish;
• SSSR parchalangandan keyingi 0 ‘zbekistonning
haqiqiy holati;
• xalqning mentaUteti va tarixiy an’analarga, islohotlarni amalga
oshirishning u yoki bu sur’atlariga aholining tayyorlik darajasi;
• «Shok terapiyasi» dan voz kechish.
Demak, islohotlardan asosiy maqsad — yurtimizning yanada
rivojlanishi, xalqimizning farovonligi, jahon hamjamiyatidan o‘zimizga
munosib o‘rin egallashdan iborat.
XXI
asr boshida 0 ‘zbekiston taraqqiyotining I.Karimov tomonida
ishlab chiqilgan strategiyasida quyidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar
mavjud. Bular:
1. Iqtisodiyotning izchil o‘sishi va samaradorligini oshirish, demokratik
bozor islohotlarini chuqurlashtirish asosida xalq turmush darajasining
barqaror va uzluksiz yaxshilanib borishini ta’minlash hamda aholini
kuchli ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutilgan.
2.
Siyosiy va iqtisodiy hayotni, davlat va jamiyat qurilishini erkin-
lashtirish, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfa-
atdor va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan
kuchli mexanizmni shakllantirish zarur. Xususan, iqtisodiy sohani
yanada erkinlashtirish maqsadida davlat boshqaruv rolini chegaralash,
xususiy mulk miqyoslarini kengaytirish,
mulkdorlaming mavqeyi va
huquqlarini mustahkamlash, kichik biznes rivojlanishiga har tomonlama
ko'mak berish hamda bozor infratuzilmasini keng rivojlantirish lozim.
3. Shaxsiy manfaatlami mamlakat, xalq manfaatlari bilan uyg‘un
holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlami tarbiyalash
asosida jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish lozim.
4. Har qanday muammolami amaliy yechishga qodir bo‘lgan kadrlar
salohiyatini tayyorlashga erishish kerak. Chunki mamlakatning buyuk
kelajagi bugungi kadrlar o‘miga zamonaviy fikr yuritadigan, o‘z xalqi
va Vatani manfaatiga g'oyat adolatli avlod kelishiga bog‘liq.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish maqsadlari
quyidagilarda ifodalanadi:
• iqtisodiyotning xomashyoviy bir tomonlama rivojlanishiga chek
qo'yish;
• iste’molga tayyor tugallangan ishlab chiqarishga o‘tish;
• importga qaramlikni cheklash;
• eksport salohiyatini oshirish;
• istiqbolli
sohalarga ustuvorlik berish, barqaror o‘sish;
• mehnat resurslarining oqilona foydalanilishini ta’minlash;
• milliy bozomi ichki ishlab chiqarish hisobiga to'ldirish va aholi
talablarini to'laroq qondirish.
6.
Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuv-
Ukni, sarhadlarimizning daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yah-
litligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar mamlakatimiz salo-
hiyatining qisqa muddatlarda yuqori darajada rivojlanishini ta’minla-
shga imkon berdi.
Shuning uchun ham, 2005-2010-yillarda iqtisodiy
salohiyatda erishilishi ko'zda tutilgan tarkibiy o'zgarishlar jumlasiga
quyidagilar kiradi:
• qishloq xo‘jaligini yangi texnika bilan ta’minlash, qishloq xo'jaligi
va unga bog‘liq bo'lgan sohalarning iqtisodiy munosabatlarini
takomillashtirish;
• iqtisodiyotning yuqori samarali, eksportga yo‘naltirilgan tuzil-
masini shakllantirish;
• iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini texnika bilan qayta jihozlash
va yanada rivojlantirish;
• yengil va qayta ishlash sanoati korxonalarini texnika bilan qayta
jihozlash va zamonaviylashtirish;
• yuqori texnologiya va ilm talab ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish;
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi
islohotlarning yaqin
muddatdagi yo‘nalishlari quyidagilarga qaratilishni ko‘zda tutadi:
• budjetU tartibga solish darajasini bosqichma-bosqich kamaytirish
hamda budjet mablag'lari ishlatilishi samaradorligini oshirish.
• iste’molga ketadigan daromad emas, ko'chmas mulk, zeb-ziynat
va qimmatbaho tovar va xizmatlar soliqqa tortilishi lozim, foyda-
lanadigan resurslar (yer, suv, ko‘chmas mulk) ga soliq oshirilgani
holda, birlamchi tarmoqlar, boshlang‘ich texnologik sikldagi soliqlami
kamaytirish;
• iqtisodiyotning real sektoridagi moliyaviy vaziyatni sog‘lom-
lashtirish uchun davlatning antimonopol
va narx tartiblashtirish
faoliyatini oshirish, to'lovlar bo‘yicha inqirozlami yumshatish, baho
disparitetiga barham berish;
• raqobatda afzallikka ega bo‘lgan qayta ishlash sanoati korxo-
nalarining iqtisodiy o‘sish ustuvorliklarini aniqlash orqali mamlakat
eksport
samaradorligini oshirish;
• milliy valuta almashuv kursi barqarorligiga erishish.
Dostları ilə paylaş: