Varron (m.av. 116-27) va
Lyutsiy Kolumella ( milodiy I asr) —
Rim agronomlari. Qul xo'jaligini samarali tashkil etishga ahamiyat
berdilar, dehqonchilik va chorvachilikni ham rivojlantirishni zarur
deb bilganlar. Qul mehnatining samarasiz ekanligini tushungan va
dehqonchilikni erkin kolonlarga berishni taklif etganlar.
Aka-uka Grakxlar, Tiberiy (m.av. 162-133) va Gay (m.av. 153-
121) — Rim davlatida yer islohotining rejasini tuzganlar. Har bir yer
egasidan 125 ga (500 yuger) dan ortiq erlar tortib olinib (oilaga 1000
yuger - 250 ga), boshqalarga 30 yugerdan bo‘lib berish taklif etilgan.
Mayda dehqon manfaatlari himoya qilingan. Islohotlar natija bergan.
Ammo aka-ukalaming o'limidan keyin bu islohotlar bekor qilindi.
Latifundiya — yirik yer egaligi (pomestye). Dastlab Qadimgi Rimda
m.av. II asrda paydo bo‘ldi, milodiy I asrda keng tarqaldi. Feodalizm
davrida avj oldi. Prussiya va AQSHda rivoj topdi. Inqiloblar tufayli tugatildi.
Spartak (m.av. 71 yilda halok bo'ldi) - qullar qo‘zg‘oloniga (m.av.
73-71) rahbarlik qildi. Qo‘zg‘olon bostirildi. Ammo qulchilik tuzumiga
zaiba berildi.
Xristianlik (nasorolik) — jahondagi keng tarqalgan uch dindan
biri, buddizm va islom bilan bir qatorda milodning I asrida Rim
imperiyasinig sharqiy provinsiyasi(Falastin)da mazlumlar va ezilganlar
dini sifatida paydo bo'lgan, muqaddas kitobi Injilda «Ishlamagan
tishlamas» prinsipi ilgari surilgan (havoriy apostol Pavelning fikri).
325-yildan Rim imperiyasining davlat dini, unda mulk, iqtisodiy
tenglik, hamkorlik va boshqa g‘oyalar ilgari suriladi.
V asrda G‘arbiy Yevropada (Rim imperiyasining qulashi) qullik tugatilib, feodalizm munosabatlari tarkib topdi (V-XVI-XVII asrlar). Sharq mamlakatlarida feodalizmning shakllanishi III-VII asrlarda