Bu fikr o‘sha davr, ya’ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning
negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o‘ta
to‘g‘ri fikrgina bo‘lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir.
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo'lgan savdogarlaming o‘zini
ham ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari
olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh
mamlakat
ichkarisidagi olibsotarlar guruhi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson
ma’naviyatining kamoloti bilan uyg‘unligini takror-takror qayd
etganlar.
Jumladan, mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak
ma’naviyat bilan quyidagicha bog‘lagan:
To xirs-u havas xirmoni barbod o‘lmas,
to nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas,
to jabr-zulm joniga bedod o‘lmas,
el shod o'lmas, mamlakat obod o‘lmas.
4.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-
1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy
masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan
ma’lum. Xususan, Bobuming «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi
to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlaiga, shu jumladan,
soliq
siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da esa o‘sha
davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu
asarlami mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi
hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o‘zgarishlami tahlil qilish,
qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi
fikrlar, maslahatlar topamiz.
Bobuming «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga
bag‘ishlangan. Asaming nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham
«zakot» ma’lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda
olinadigan
soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida
to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «hisobi»,
ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lishi uchun belgilangan
miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.
«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», - deb
yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig'i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam
va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib,
uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan
yeming maydoniga bog‘liq ravishda olingan.
Yemi sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi,
chunki ob-
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun’iy sug‘orishni
talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan
ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo'lgan.
Hisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, «Mux-
tasan>, «Hidoya» va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo'yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar,
ya’ni echki, tuya, sigir,
otlardan, xususan, qo'ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa, har 100 qo‘ydan bittasi za
kot qilib berilgan. Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining
boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondiri-
lishi va ulaming iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi.
Boburdan keyin uning o‘g‘li Xumoyun, keyinchalik nevarasi
Akbarshoh Jalohddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda
muvaflfaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574
yildan
boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga yagona soliq tizimi kiritdi,
yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‘g‘risida
1601 yil «Akbamoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq
tartibi o‘z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: