Darslikda shu masalalami hal etishga oid fikr-mulohazalar beriladi.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini
o‘rganishda ma’lumni
davrlashtirish
tizimidan foydalaniladi.
Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar
o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambar-
chas bog'langandir; bu g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan
dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas;
bu dunyo
esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o‘z maqsadlariga to‘la
javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib
turishlari kerak», - deb yozgan edi.
Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik
(internatsionalizm ) kuchayganligi tufayli,
iqtisodiy fikrning
rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda,
klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari
qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaholanki, undan awalgi
ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum
bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan.
Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami
ma’lum sistemaga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo
o‘tgan davr hodisalari vag‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga
zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamo-
naviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etish
ga oUb keladi.
Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolutsion
(mavjud g'oyalaming yanada chuqurroq takomillashuvi)
va inqilobiy
(butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud.
Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari,
marjinalistik to ‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall),
J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. 0 ‘tish davri
iqtisodiyoti bo'yicha g‘oyalar hozirgi davming muhim qarashlari
majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir. Bu masala 0 ‘zbekiston
misolida qarab chiqildi.
Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965): «Qayerga
borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz
kerak», - degan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda
bosib
o‘tilgan yo‘lni to ‘g‘ri baholash va istiqbolni ko‘zlash haqida gap
boradi.
Iqtisodchilaming tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya
jamiyat,
insoniyat, ayrim shaxslaming boyligi masalasidir. Maqsad bir,
lekin
unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk
kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan
iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va
ulaming yozgan asarlarida mehnat va yer
boylikning asosiy vositasi
ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi
asosiy deb hisoblangan.
XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy
ta’Iimot -
Dostları ilə paylaş: