Merkantilizmning ayrim mamlakatlardagi ko‘rinishi milliy xususiyat
kasb etgan, ayniqsa, Fransiyada kolbertizm, Germaniyada kameralistika
shakllari yaxshi ma’lum. Bu ta’Iimot yangi tug‘ilayotgan jamiyat
kapitalizm rivoji uchun ijobiy progressiv xarakteiga ega bo‘ldi. Kapitalning
dastlabki jamg‘arilishiga imkon yaratdi, mustamlakachilik tizimini
qo‘llab-quwatladi, tovar-pul muomalasi rivojiga olib keldi, moliya
tizimining rivoji tufayli iqtisodiyot jonlandi. Merkantilizm ta’limotida
davlat iqtisodiyotga faol ishtirok etishi shart, shunga oid iqtisodiy siyosat
ham yuzaga keldi. Merkantilizm tarixan cheklangan bo‘lsa ham (u XVIII
asrda to‘g‘ri va qattiq tanqidga uchradi), ta’limotlar tarixidan munosib
o‘rin egallaydi. Lekin bu ta’Iimot va unga asoslangan siyosatni to‘la amalga
oshirish qanday oqibatlaiga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tajribasidan
ma’lum. Merkantilizm moliya tizimi va savdo rivojiga muhim hissa qo‘shdi.
Dostları ilə paylaş: