Mehnat unumdorligi to‘g‘risidagi ta’Iimot Mehnat unumdorligi — bu qayta ishlanayotgan material qiymatining
oshuviga olib keladigan mehnat. Smitning fikricha, qiymat va foyda
umumiy ijtimoiy mehnat bilan yaratiladi. Foyda yaratuvchi mehnat
unumli deb e’lon qilinadi, maqsadidan qat’i nazar odamlaming boshqa
turdagi faohyati unumsiz mehnat harajatlari deb aytiladi. Unumli va
unumsiz mehnatning farqi shundaki, birinchisi kapitalga almashsa,
ikkinchisi daromadga almashtiriladi. Demak, tovarda o‘z aksini topgan
mehnat unumli, xizmat sohalari unumsiz mehnat bo‘lib chiqadi.
Smitning tasdiqlashicha, davlat daromadining deyarli hammasi unum
siz elementlami ta’minlash uchun sarf bo‘ladi (bu gapda jon bor), shu
sababli jamiyatda bunday guruhlar imkon boricha kam bo'lishi kerak.
Kapital va takror ishlab chiqarish nazariyalari A.Smitning bu nazariyasida katta ziddiyatlar mavjud. U ba’zida
kapitalga to‘g‘ri baho berib, u yollanma mehnatni ekspluatatsiya qilish
tufayli foyda keltiruvchi qiymatligini aytadi. Boshqa hollarda bu ishlab
chiqarish vositalari zaxirasi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini davom
ettirish uchun kerak deyilgan. Fiziokratlar faqat qishloq xo'jaUgida
ishlatiladigan kapitalni unumh deb atagan bo'lsalar, Smit sanoat va
savdo kapitalini ham unumh deb uqtiradi (bu uning progressiv tomo-
ni). Chunki savdo kapitali sanoat kapitalidan ajrahb qolgan emas,
balki moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan qo‘shimcha qiymat
savdo foydasining manbayidir.
Oddiy tovar xo‘jaligida kapital kategoriyasi yo‘q. Kapital jamg‘arish
jamiyat boyligini oshirishning bosh sharti deb e’lon qilinadi. Unda
asosiy rol tejamkorlikka qaratiladi, noo'rin sarf-xarajatlar tanqid
qilinadi, kapitalni isrof qilish, ya’ni buromadning daromaddan ortiqcha
bo'lishiga qarshi bo‘lgan (bu g'oyalar hozirda ham nihoyatda dolzaibdir).
Smitning kapital ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zaxira kerak-
ligi to‘g‘risidagi qoidasi