etgan (kollektivizatsiyaga qarshi); kooperatsiya va agrar sohalarda 200
ga yaqin asar yozgan, bosh asari «Xo'jalikning nokapitalistik sistemalari
nazariyasi»dir. U 1937-yilda iepressiya qilinib, qatl etilgan. Ilmiy g‘oyalari
hozirda ham ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Monopoliya
- ishlab chiqarish va banklaming yiriklashuvi va
markazlashuvi, sof raqobat yo'qoladi (nomukammal raqobat), monopol
baho, foyda yuzaga keladi.
Maijinalizm
— fransuzcha «chegaraviy» so‘zidan olingan, XIX
asming 70-yillari Jevons, Menger, Valraslar tomonidan ochilgan
iqtisodiyotning metodologikprinsiplaridan biri, iqtisodiy hodisalami
tahlil etishda eng chekka ko‘rsatkichlarga suyanadi. Iste’molni ishlab
chiqarishdan ustun qo'yadi. Qiymatning mehnat nazariyasi inkor etiladi.
Avstriya maktabi vakillari tomonidan qo'llanilgan. XIX asming o'rtalarida
fransuz iqtisodchisi Kumo (1821-1877), nemis iqtisodchilari Tyunen
(1783-1850), Gossen (1810-1858) birinchi bo'Hb maijinal tahlilni
iqtisodiy nazariyaga joriy etishga uringan. Uning kategoriyalari: qimmat,
eng yuqori, chegaralangan naf, noyoblik, ishlab chiqarishning eng
yuqori unumdorligi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: