‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/184
tarix07.01.2024
ölçüsü48 Kb.
#205063
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184
61aef8397723d3.50813536

Asosiy tushuncha va iboralar
Iqtisodiyotni boshqarish (Devoni buzruk va devon), vazirlar vakolati, 
yer egaligining 5 ko‘rinishi, ulufa (oziq-ovqat, maosh), soliqqa tortish 
tartibi, tanho, Ulug‘bek islohotlari, «Fulusi adliya» tashqi savdoga 
e’tibor, tamg‘a bojidagi o'zgarishlar, ANavoiyning «Vaqfiya» (1482), 
«Mahbub-ul qulub» (1500) asarlari, Zahiriddin Muhammad 
Bobuming «Mubayyin», «Zakot to‘g‘risida asar» kitoblari, «Hiroj», 
«Muqassam», «Muvazzar».
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Amir Temur davlatining ilmiy qonun-qoidalari qaysi asarda 
keltirilgan?
2. Amir Temur davrida davlatni boshqarish tartibi qanday bo‘lgan?


3. Amir Temur davridagi soliq tizimi va maoshni belgilashning 
xususiyatlarini so'zlab bering.
4. Ulug‘bek davridagi islohotlar qaysi sohani barqarorlashtirishga 
qaratilgan?
5. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalaming mohiyatini 
gapirib bering.
6. Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida qanday iqtisodiy g‘oyalar 
bayon etilgan?
7. Zahiriddin Muhammad Bobuming iqtisodiy g‘oyalari qaysi 
asarlarda bayon etilgan?
8. «Akbamoma»da qanday iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan?
9. «Fulusi adliya» deganda nima tushuniladi va u qaysi davrga te- 
gishli?
10. A.Navoiy boylik to‘plashning qanday yo'llari to‘g‘risida gapir- 
gan?


V b о b. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
5.1. Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
«Merkantilizm» 
iborasi birinchi bo‘lib Adam Smitning asarlarida 
uchraydi. Lug'aviy ma’nosiga ko'ra bu so‘z italyancha bo‘lib, savdogar 
mazmuniga ega. Bu so‘z yangi ta’limotning mazmun va mohiyatini 
o‘zida aks ettiradi.
Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi 
mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb 
kelinar edi. Lekin XV asrga kelib, ahvol keskin o‘zgardi. Bu ta’limotning 
kelib chiqishiga bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy sabablar turtki bo‘ldi. 
Awalo, feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining 
o‘sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlaming ochilishi, 
buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo 
bo'lishi, ayniqsa, savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent 
savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu 
o'zgarishlami asoslab beruvchi iqtisodiy ta’Iimot — merkantilizm yuzaga 
keldi va muomala sohasini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Merkantilizm 
sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu daviga kelib Yevropada 
oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. «Hindistonda nodir metallar 
ko‘p» degan mish-mishlar va u yerdagi mavjud ziravorlar insonlami 
yangi yerlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
Pul vazifasini bajaigan nodir metallar (hali qog'oz pul yo‘q), ulaming 
kuch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o‘ylashga, ixtirolar 
qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo‘lga 
otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, 
kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog* to'plandi.
Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga 
ko‘proq oltin va kumush keltirish deb bilindi. Bu davrda pul sifatida 
qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin 
va kumush zaxiralarini ko‘paytirish borasida ma’lum iqtisodiy siyosatlar 
ishlab chiqarildi.


1492-yilda portugaliyalik 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin