yuzaga keladi deb hisoblaydi. U bundan umumiy bozor muvozanati
nima ekanligi to‘g‘risidagi masalani hal etishga muhim qadam qo‘yadi.
Gap shundaki, har bir iste’molchi va
har bir ishlab chiqaruvchi
(har bir xaridor va sotuvchi) o‘z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro‘y
berayotgan barcha jarayonlardan to‘la ajralgan holda harakat qila olmaydi.
Boshqacha qiUb aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha
jarayonlar o'zaro bog'liq. Har bir baholash boshqa baholarga bog‘liq,
ammo u ham boshqalarga ta’sir etadi. Bunga hayotda misollar bisyor.
Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo‘jaUgining ortda
qolishi shu mamlakat poytaxtida zargarlik
buyumlariga talabning
oshuviga olib kelishi mumkin.
Qisqacha xulosalar
XIX
asming 70-yillarida Avstriya maktabining shakllanishi iqtisodiyot
fanida katta voqea bo‘ldi. Uning nazariyotchilari fanda maijinalizm deb
nom olgan iqtisodiy nazariyani ilmiy asoslab berdilar. Bu nazariya
qoidalari klassik iqtisodiy maktabdan shu darajada farq qilardiki, u
ayrim hollarda fandagi to'ntarish deb ham baholanadi. Yangicha yo‘na-
lishni taklif qilgan iqtisodchilar tovarlar (ne’matlar) qimmatini unga
bo‘lgan subyektiv munosabatlar bilan aniqladilar. Har qanday ne’mat
lar kishilaming talabini qanoatlantirislii
darajasiga qarab, foydalilik
kasb etishi mumkin.
«Foydalilik» va «qimmat» kategoriyalari o'rtasida o‘zaro bog'liqlik
mavjud bo‘lib, har qanday ne’mat foydalidir, lekin u qimmatli bo‘l-
masligi ham mumkin. Foydali bo'lgan ne’matlargina ma’lum darajada
qimmatli bo‘ladi. Foydalilik va qimmat kategoriyalarini ajratib ko'rsatish
bilan birga marjinalistlar qiymatning mehnat nazariyasini butunlay
inkor etdilar. Ular bozorlardagi iqtisodiy ne’matlaming narxini unga
sarf bo'lgan mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari
bilan emas, balki
iste’molchining subyektiv ravishda bu ne’mat qimmatini belgilashida
o‘z o‘mini topadi, deb hisoblaydilar.
«fing yuqori foydalilik» nazariyasi o‘ta subyektivligi uchun tartib-
sizligi va to‘la isbotlangan faktlardan keng foydalanganligi uchun ko‘p
marta haqli tanqid qilindi. Lekin hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarida
Avstriya maktabining g'oyalarida, ayniqsa, mikroekono-mika bo'limida
keng foydalanib kelinmoqda. Bu nazariyaning ustun tomoni shu bilan
belgilanadiki, unda nafaqat harajatlaming hisobi, balki ishlab chiqarish
va muomalaning natijalari to‘liq inobatga olinadi.
Maijinalizm inqilobi to'g‘risida gap borganda Avstriya maktabi qatori
Lozanna maktabini ham alohida ta’kidlashimiz zarurdir. Bu maktab
asoschilari maijinalistik g‘oyalami qo‘llagan holda uning qisqa, ochiq
va aniq matematik ifodasini topishga harakat qildilar.
Valras foydalilik o‘miga noyoblik tushunchasini kiritdi va miqdor
iste’molining kamayuvchi funksiyasini taklif etdi.
Umumiy bozor
muvozanati nazariyasini ishlab chiqdi va uning tenglamasini yaratdi,
iqtisodiyot va matematikani bir-biriga bog‘ladi. Valras qonuni bo'yicha,
bozor muvozanati sharoitida umumiy talab umumiy taklifga tengdir.
Agar Valras bozor muvozanati masalasini qo‘ygan va uning qachon-
lardir yechilishini bashorat qilgan bo‘lsa, V.Pareto bu muammoni
hal etishga muhim hissa qo'shdi va tartibli foydalilik tushunchasini
kiritdi. V.Pareto optimal holati (eki Pareto optimumi) bu bozor
ishtirokchilarining hammasi o‘z foydasi uchun intilib, o‘zaro manfaat
va foydalar muvozanatiga erishmoqdalar.
Shved olimi K. Viksell normal almashuv sharoitida ikkala tomonning
ham muvaffaqiyatga erishuvini isbotlab berdi. Ya’ni «almashuvdan
hamma manfaatdordir» degan g‘oya ilgari suriladi.
Asosiy tushuncha va iboralar
Maijinali/m, eng yuqori (chegaraviy) naf, noyoblik,
ekonomiks,
subyektiv-psixologik, iqtisodiy liberalizm, robinzonada usuli, subyek
tiv, spekulyatsiya.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. XIX asming oxiri va XX asming boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy
ta’limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat?
2. XIX asming 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablami bilasiz?
3. Maijinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o‘mi qanday bo‘lgan?
4. K.Menger, E.Byom-Baverk va V.Fizeming asosiy asarlari
qaysilar?
5. U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering.
6. L.Valrasning iqtisodiy g‘oyasiga qanday tushunchalar asos qilib
olingan? Miqdor iste’molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering.