8. Qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush
darajalaridagi farqning ortib borishi.
9. 0 ‘zbekiston ahoUsi turmush darajasi ko‘rsatkichlarining sobiq
SSSRdagi eng oxirgi o'rinlardan biriga tushib qolganligi.
10. Ekologik muammolaming keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan
ayovsiz foydalanish, yerlar sho‘rlanishining ortishi, cho‘1 zonalarining
kengayishi.
Keltrilgan ma’lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga
o'tish zaruriyati to‘g‘risida I.Karimov shunday degan:
«...Bozorga o‘tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir.
Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlami
shakl-
lantirish, odamlar faoUyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga
erishish uslubi va vositasidir» (Karimov I.A. 0 ‘zbekistonning o‘z istiqlol
va taraqqiyot yo‘li. — Т., «0 ‘zbekiston», 1992, 44-bet).
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan
ham kelib chiqadi. Tashqi omillar:
1. Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyoqa-
rashda chuqur sifat o‘zgarishlami amalga oshirish.
2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlaming kuchayishi.
3. Yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar va andozalarga o'tilishi bilan
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlaming shakllanishi.
4. Sotsialistik deb atalgan lageming parchalanishi va ma’muriy-
buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari bo‘yicha
G ‘arbdan ortda qohshning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar:
1. Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy
oqibatlari.
2. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulk va shaxsning
ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3. Xarajatlarni tejashdan manfaat yo'qligi, pifovardida esa,
resurslami samarasiz taqsimlanishining kuchayishi.
4. Mehnat unumdorligini oshirishni rag‘batlantirishning pasayishi
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg'unlik.
6. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta ’minlash
samaradorligining pastligi.
8. Direktiv markazlashgan rejalashtirish
tizimining hududlar va
xo‘jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining
cheklanganligi. Natijada, quyi bo‘g‘inlarda
xaridor va sotuvchi,
iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog'liqlikni
ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri.
9. Korxonalararo raqobatning yo‘qligi tufayli samaradorlikka
moyillikning pastligi.
10. Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning
kuchayishi.
11. Sotsialistik xo'jalik yuritishda fondlaming
markazlashgan taq-
simotiga asoslanganligi tufayli ko'proq resurslar taqchilligi namoyon
bo'ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish
qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi.
12. Korxonalaming pul mablag'lari bilan ta’minlashda yagona dav
lat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mab-
lag‘lari aylanmasidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosa-
tining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog‘lanmaganligi.
13. Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo‘g‘indagi
xo‘jaliklar daromadiga bog‘Uq bo‘lib, uning to'planishi va taqsimlanishi
to‘liq markazlashtirilgan. Korxonalaming budjetdan moUyalashtirilishi
zaxiralardan samaraU foydalanishni rag‘batlantirmagan.
Sobiq tizim o‘z iqtisodiy g'oyalarida ish kuchining qayerlardadir
tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o‘zidagi
inson
resurslariga e’tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlami arang qondirish
darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999-yilga keUb,
Prezidentimiz I.Karimov bu haqda ta’kidlaganidek: «Shunday ulkan
salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir ahvolga solib
qo‘yib, u qonuniy, haqh ravishda o‘ziga qarashli bo'lgan mablag‘ni
markazdan dotatsiya sifatida so‘rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga
majbur edi. Boz ustiga, noinsoniy g‘oya hukmron bo'lgari mustabid
tizim o‘zining bor mafkuraviy kuchini,
ommaviy axborot vositalarini,
butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongini keng miqyosda
zaharlar edi. Ulaming milliy va diniy tuyg'ularini qo‘pol ravishda
kamsitar edi. 0 ‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini
bilmaslik, ko‘plab odamlaming shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi.
Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o‘z o'mini osonlikcha bo‘shatib bermasligini, uning
zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z ta’siri
iskanjasi-
dan chiqarmasligini yetarli darajada tasawur qilishimiz va hisobga oli-
shimiz zarur edi».
Yuqoridagilami va boshqalami hisobga olgan holda, 0 ‘zbekiston
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o'tishni
zarur deb topdi.
Dostları ilə paylaş: