ammo bu o‘zgarishlar Tyurgo iste’foga chiqqach, bekor qilindi. U
ham F.Kene singari Didro, D’Alamber va ulaming yordamchilari
tomonidan chiqarilayotgan «Qomus»ga bir nechta falsafiy va iqtisodiy
maqolalar yozdi.
A.Tyurgo hayoti va ijodida progressiv amaldor Vensan Gume katta
rol o'ynadi. U fiziokratlardan ancha farqli ravishda sanoat va savdoning
mamlakat ravnaqidagi rolini to‘g‘ri tushundi. Sof bozor iqtisodiyotidagi
mashhur
Iaissez faire, laissez passer
(bu tamoyilga ko‘ra, iqtisodiyot
davlat aralashuvisiz rivojlanishi kerak) tamoyili birinchi bor shu
tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan degan fikr bor. U boshqalar
qatori hunarmandchilikdagi sex cheklovlariga qarshi chiqdi, erkin
raqobatni qo‘llab-quwatladi.
A.Tyurgo V.Gume (u 1759-yilda vafot etdi) bilan F.Kene huzurida
ko‘p bo'lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo‘lsa ham,
ko‘p sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Tyurgo Parijda A.Smit
bilan ham uchrashgan. A.Tyurgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766-
yilda yozilgan (1769-1770-yillarda chop etilgan)
«Boylikning paydo
Dostları ilə paylaş: