laiga katta baho berdi. U
«Ilk davr»,
«
Qulchilik
»,
«0‘rta asrlar», «Hozirgi
davr»
va
«Oltin
ay/vlami alohida ajratib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya-
lami ko‘rsatib o'tdi.
«Hozirgi davr» (ya’ni XIX asming ikkinchi yarmi) o'tish
davri
deb belgilanib: «...bu davrda, — deb yozadi Sen-Simon, — olimlar,
tadbirkorlar va ishchilardan iborat sanoatchilar shakllanadi, ular qirol
hukumati bilan birgalikda odil jamiyatni barpo etishlari kerak, bu esa
o‘z navbatida, «Oltin asr»ga kirib kelishni ta’minlaydi.»
Sen-Simon o'zining tarixiy konsepsiyasidan kelib chiqib, hozirgi
davmi o‘rganib borish uchun o‘tgan davrga nazar tashlash kerakligini
aytib: «
Har bir alohida olingan davr mulohazasida juda yuzaki, hatto
notolg‘ri xulosalami beradi, so‘nib borayotgan oltmish qoldiqlari tug‘ilib
kelayotgan kelajak bilan qorishtirib yuboriladi»,
- deb ko‘rsatadi.
Tarixiyligiga qaramay, Sen-Simonning jamiyatning rivojlanish
konsepsiyasi idealistik edi, chunki uning asosini fan taraqqiyoti, ong
va g'oyalar ravnaqi tashkil etardi.
Lekin uning idealistik tarixiy konsepsiyasida ayrim materialistik
fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan,
Sen-Simon shaharlar, sanoat va
savdoning rivojlanishi burjuaziyaning shakllanishiga sabab bo'lganligini,
iqtisodiy holat esa, mulkchilikka tobe bo'lgan, o‘ziga xos ijtimoiy-
tarixiy formalami vujudga keltirishini aytib o‘tadi. «
Hokimiyat va
boshqaruvni belgilovchi qonun ham,
deb yozadi u,
mehnat
farovonligini to‘liq ta ’minlay oladigan mulkchilik va undan foydalanishni
belgilovchi qonundek katta ahamiyatga ega emas».
Sen-Simonning bo'lajak adolatli jamiyati industrial sistema deb
nomlanib, u yirik sanoat ishlab chiqarishi bazasi asosida rivojlanadi,
sanoat - alohida reja asosida, boshqaruv esa yagona industrial markaz
orqali amalga oshiriladi deb hisoblagan edi.
Sanoat ishlab chiqarishining taraqqiyoti va mahsulotlami taqsimlash
olimlar tomonidan olib boriladi. Katta tajribaga ega bo'lgan sanoat
kapitalistlari boshqaruvni tashkil qilish bilan mashg'ul bo‘ladilar,
ishchilar esa ishlab chiqarish rejalarini bajarish uchun astoydil mehnat
qilishlari zarur.
Sen-Simon yangi ijtimoiy tashkilotni vujudga keltirishda, ayniqsa,
sanoatda anarxiyaga (hokimiyatsizlikka) yo‘l qo'yilmasligiga va reja
asosidagi markaziy boshqaruvga katta e’tibor berishni taklif etadi. Uning
qarashlariga ko‘ra, erkin raqobatga asoslangan ijtimoiy tuzim bu tugab
borayotgan feodalizmdan yangi ideal jamiyatga o‘tish davridagina emas,
balki inqilobiy harakatlardan holi, tinch va tez sur’atlarda
ijtimoiy
tenglikka asoslangan «industrial jamiyat»ga o'tish davri hamdir. Ado
latli «industrial jamiyat» qurilishi haqidagi o'zining mulohazalarida u
ilm-u fan va ilg‘or nazariyalarga yuqori baho berib, bo‘lg‘usi yan-
giliklami tarixan muqarrar deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Sen-
Simon o‘zining «industrial jamiyat»ida boshqa xayoliy sotsialistlar kabi
qarama-qarshi sinflami yo‘qolib ketishi va hokimiyat tomonidan siyosiy
funksiyalarga nisbatan iqtisodiy funksiyalarga katta e’tibor berishini
taxmin qiladi. Lekin shuni alohida qayd etish zarurki, xayoliy sotsia-
lizmning boshqa barcha vakillaridan farq qilib, Sen-Simon sotsializmda
xususiy mulkchilik bo'lishini
inkor etmaydi, balki aynan xususiy
mulkchilik va undan foydalanishni tartibga soladigan qonun zarurligini
ko‘rsatib o‘tadi.
Fransuz xayoliy sotsializmining yana bir yirik namoyandasi
Yüklə
Dostları ilə paylaş: