Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha



Yüklə 5,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/122
tarix07.01.2024
ölçüsü5,15 Kb.
#209964
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
¡çáåêèñòîí àëî à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè (1)

Iqtisodiyot nazariyasi fani bo‘yicha
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, 
tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan 
manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini 
o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning 
daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga 
bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga 
kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, 
milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining 
odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol 
o‘ynaydi. Iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va 
rivojlanishi 
qonuniyatlarini; 
makroiqtisodiy 
darajadagi 
vaziyatlarni; 
iqtisodiy 
jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini, fanning predmeti, metodi, mazmuni, 
texnologiyasini yaxshi bilishi lozim. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va xulosa 
chiqarish; iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plash va 
ulardan foydalanishni yaxshi bilish takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.
Inson resurslarini boshqarish maxsus fani bӯyicha mavzular
Fanni o‘rganishning maqsadi va vazifalari. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlar milliy xo‘jalikning asosiy bo‘g‘ini sifatida korxona (tashkilotlar) ning 
tutgan o‘rnini o‘ziga xos tarzda o‘zgartirdi. Davlat mulkidan tashqari shaxsiy, xususiy, 
aralash, jamoat mulki asosidagi korxonalar tashkil topa boshladi. Bozor iqtisodiyoti 
korxonalarning davlat tashkilotlariga, ishlab chiqaruvchi hamkorlarga va ishchilarga 
nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Shunga binoan tashkilot 
rahbarlari, rahbarlar va xodimlar, xodimlarning ham o‘zaro munosabatlari o‘zgarib 
boradi. Yangi tizimlarni loyihalash va mavjudlarini qayta qurish uchun talabalarga 
bo‘lajak bakalavr – menejerlar sifatida xodimlarni boshqarishni tashkillashtirish 
nazariyasi, predmeti, metodi, mazmuni, texnologiyasini yaxshi bilishi lozim. 
“Inson resurslarini boshqarish” kursining asosiy maqsadi – talabalarga kadrlar 
siyosati jarayonlarini chuqur o‘rgatish, xodimlar boshqaruvini tashkiliy tuzilmasini 
yaxshi bilishga doir turkum bilimlarni berishdan iborat. 
Maqsadga muvofiq holda fanni o‘rganishning vazifalari belgilanadi: 
-korxona samaradorligini oshirishda inson omilini o‘rni va mohiyatini ochib berish; 
-o‘z ichiga xodimlar ishining tamoyillari, shakllari va uslublarini olgan xodimlarni 
boshqarish uslubiyotini tushunib yetish; 


-aloqa korxonalarida xodimlar boshqaruvini samarali tashkil etishga doir asosiy 
yo‘nalishlarini ko‘rsatish. 

Yüklə 5,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin