Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


O'ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə9/32
tarix30.08.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#63346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
мажмуа мут кириш

O'ZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI


TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITYETI


QARShI FILIALI

KASB TA'LIMI VA TELYEKOMMUNIKASIYa ” KAFEDRASI


MUTAXASSISLIKKA KIRISh”


fanidan


ma'ruzalar matni


5111000 – “Kasb ta'limi” (Informatika va axborot texnologiyalari)


ta'lim yo'nalishi uchun
Tuzuvchi: p.f.n. U.N.Marasulova


QARShI


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA'LIM TIZIMI

REJA:


  1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.

  2. Ta'lim tizimi va turlari.

  3. Hozirgi davrda jahonda ta'lim tizimining ahvoli.

Tayanch iboralar:


“Ta'lim to'g'risida”gi Qonun, ta'lim tizimi, gimnaziya, akademik lisey, universitet, kasb-hunar kolleji, umumiy o'rta ta'lim maktabi, bakalavr, magistratura, aspirantura, doktorantura.

Darsimizning maqsadi:


Siz talabalarga O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni, ta'lim sohasidagi Davlat siyosatining asosiy tamoyillari mohiyatini ochib berish, O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi , uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlari, umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining asosiy vazifalari, oliy ta'lim bosqichlari, ularning mohiyatini yoritib berish, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimi va O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi o'rtasidagi farqli jihatlar to'g'risida ma'lumot berishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni.


Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo'nalish sifatida e'tirof etildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida uzluksiz ta'lim tizimining mohiyati, yo'nalishlari, ta'lim mazmuni, ta'limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.
Mazkur me'yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:
fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslari;
ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;
har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqi;
pedagogk faoliyat bilan shug'ullanish huquqi;
ta'lim muassasasining huquqiy maqomi;
ta'lim tizimi va turlari;
ta'lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish;
ta'lim tizimini boshqarish.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida alohida urg'u berilganidek, ta'limni tashkil etishning asosiy maqsadi – jamiyatda intellektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat.


Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari.


O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining 3-moddasida ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari ko'rsatib o'tilgan. Ular quyidagilardan iborat:
ta'lim-tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi,
ta'lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o'rta, shuningdek, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining yo'nalishlarini tanlashning ixtiyorligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta'lim standarti doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
bilimli bo'lishni rag'batlantirish;
ta'lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg'unlashtirish.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunining 3-moddasida ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta'lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo'lishi ko'rsatilgan.


Ta'limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta'lim jarayonida uning ma'naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Ta'lim va tarbiyani demokratlashtirishning mazmuni shundan iboratki, ta'lim-tarbiya mazmunining ochiqligi, o'quv materiallari, ta'lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy va hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, hammaning va har kimning madaniy jihatdan yuksak natijalarga erishishini ta'minlashga imkon beradi.

Ta'lim tizimining uzluksizligi va izchilligi tamoyili respublikada uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlari o'zaro aloqadorlik va bog'liqlik asosida faoliyat yuritishlarini ifodalaydi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining o'quv dasturlari akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining, o'z navbatida ularning o'quv dasturlari oliy o'quv yurti o'quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o'zidan avvalgi bosqichda o'zlashtirilgan ma'lumotni boyitadi va rivojlantiradi.


O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»ni Qonunining 4-moddasida belgilab qo'yilganidek, fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, O'zbekiston Respublikasida hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat'iy nazar bilim olish huquqiga egalar. Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi.


Davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir. Buning ma'nosi shuki, har bir ta'lim turi uchun alohida davlat ta'lim standartlari ishlab chiqiladi, ularda ko'zda tutilgan talablarga amal qilish esa mazkur bosqichdagi ta'lim muassasalaridan birday talab etiladi.


Bilimli bo'lishni va iste'dodni rag'batlantirish ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ushbu tamoyilga to'la amal qilinadi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 martdagi «O'zbekiston o'quvchi-yoshlarini taqdirlash va moddiy rag'batlantirish to'g'risida»gi Qarorining qabul qilinishi ushbu tamoyilni huquqiy jihatdan kafolatlanishini ta'minladi.
Shuningdek, iqtidorli talabalar uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi, «Beruniy», «Ulug'bek» hamda «Navoiy» nomidagi stipendiyalar joriy etilgan bo'lib, ularning sovrindorlari bo'lgan talabalarning faoliyati moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlanmoqda.
Bundan tashqari iste'dodli yoshlarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, chet elda ta'lim olishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida «Umid», «Iste'dod», «Respublika bolalar fondi», «Sog'lom avlod uchun», «Ulug'bek» va boshqa jamg'armalar tashkil etilgan. Ayni vaqtda davlat tomonidan ko'rsatilayotgan amaliy yordam tufayli 2000 nafardan ortiq talabalar xorijiy mamlakatlarda tahsil olib, o'z bilimlarini oshirishga muvaffaq bo'ldilar.
Ta'lim tizimi va turlari. Ta'lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish yo'lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta'lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'ladi.
Respublika «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda ta'kidlanganidek, O'zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
Maktabgacha ta'lim – bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlovchi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otuvchi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta'lim bosqichi.
Umumiy o'rta ta'lim ikki bosqichda amalga oshiriladi. Ular quyidagilardir:
boshlang'ich ta'lim (1-4-sinflar);
umumiy o'rta ta'lim (1-9-sinflar).
Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarga murakkab bo'lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida ularda o'qish, yozish va hisoblashga oid dastlabki bilim, ko'nikma hamda malakalarni shakllantirish asosida ularda shaxsiy gigiena va sog'lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish bosqichi.
Umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarning fan asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlash ko'nikmalarini shakllantirish bosqichi.
Umumiy o'rta ta'lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan majburiy o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi amalga oshiriladi. Mazkur ta'lim uzluksiz ta'lim tizimida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan mustaqil tur hisoblanadi. O'rta maxsus kasb-hunar ta'limi – umumiy o'rta ta'lim negizida majburiy-ixtiyoriy ravishda tashkil etilib, o'quvchilarga ularning imkoniyatlari va qiziqishlari asosida tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisoslik asoslariga oid bilimlarni berish bosqichi. Mazkur muassasalarda ta'lim olish o'quvchilar tomonidan majburiy-ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik lisey o'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishlarini ta'minlash maqsadida davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasi.
Oliy ta'lim - o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta'lim bosqichi.
Bakalavriat – mutaxassislik yo'nalishi bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta'lim muddati kamida to'rt yil davom etadigan tayanch oliy ta'limdir.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'limdir.
Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta'lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad'yunktura va doktoranturada ta'lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga oshiriladigan ta'lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko'nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi ta'lim bosqichi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'lim muassasalaridagi o'qish natijalariga ko'ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma va sertifikat topshiriladi.

Maktabdan tashqari ta'lim madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda yo'lga qo'yiluvchi, bolalar hamda o'smirlarning ta'limga bo'lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim bosqichi.


Hozirgi davrda jahonda ta'lim tizimining ahvoli.
I. Amerika Qo'shma Shtatlarida ta'lim tizimi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
maktabgacha tarbiya muassasalari – 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi;
boshlang'ich maktablar (1-8-sinflar) – 6 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar;
o'rta maktablar (9-12-sinflar) – 14 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarning ta'lim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. O'rta maktab quyi va yuqori bosqichdan iborat.
oliy ta'lim - 2 yoki 4 yil mobaynida kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.
universitetlar va boshqa oliy o'quv yurtlari tarkibida tashkil etiladigan aspirantura va doktoranturadir.
AQShda majburiy ta'lim 16 yoshgacha amal qiladi. Mamlakatda faoliyat yuritayotgan o'quv yurtlari davlat, jamoa, xususiy tasarruflar hamda diniy muassasalarga tegishli bo'lishi mumkin.
Amerika Qo'shma Shtatlarining maktablari uchun yagona o'quv rejasi yo'q. Har bir shtat o'z o'quv rejasiga ega. Shunga ko'ra Shtatlarda boshlang'ich ta'lim 4, 5, 6 va 8 yillik bo'lishi mumkin.
II. Yaponiya ta'lim tizimi o'z ichiga maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang'ich maktablar, yuqori o'rta maktablar hamda oliy ta'lim beradigan universitetlarni oladi.
Bolalar bog'chalariga bolalar 3-5 yoshlarida boradilar va 3, 2, 1 yillik ta'lim kurslariga jalb qilinadilar.
Boshlang'ich maktabga bolalar 6 yoshdan boradai va 6 yil o'qiydi. Boshlang'ich maktabni tugatgandan keyin kichik o'rta maktabda 3 yil ta'lim oladilar. Yaponiyada 9 yillik bu ta'lim majburiy bo'lib, barcha bolalar bepul o'qitiladi, ular tekin darsliklardan foydalanadilar.
Yuqori bosqich o'rta maktab Yaponiyada ixtiyoriy bo'lib, uning kunduzgi, kechki va sirtqi turlari mavjud. O'qish muddati 3 yil.
Oliy ta'limga yuqori bosqich o'rta maktablarni tugatgan bitiruvchilar qabul qilinadilar. Oliy ta'limni universitetlarda olish mumkin. Oliy ta'lim tizimiga kirgan bo'lsada, o'rta maxsus ta'lim beradigan kichik kollej, texnik kollej, maxsus tayyorgarlikdan o'tish imkonini beruvchi kollejlar ham mavjud. Yaponiyada faoliyat olib borayotgan 460 ta universitetning yarmidan ko'pi xususiydir.
Adabiyotlar ro'yxati:
O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – Toshkent, O'zbekiston, 1992.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni //Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1998.
O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» //Barkamol avlod – O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1998.
Umumiy o'rta ta'lim muassasasi (maktabi)ning muvaqqat namunaviy Ustavi //Xalq ta'limi j., № 1. 1999.
Yo'ldoshev J.G'. Xorijda ta'lim. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1995.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin