Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


 – “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” ta’lim yo‘nalishi negizidagi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/119
tarix16.05.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#114738
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119
0YifX8ca9fRfqjL4h7Rzbfd9lftaH50t

5350300 – “AKT sohasida iqtisodiyot va menejment” ta’lim yo‘nalishi negizidagi: 
 
- 5A234101- Raqamli iqtisodiyot
magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) 
fanlaridan 
D A S T U R 
 
Annotatsiya
Dastur 5A234101 – Raqamli iqtisodiyot magistratura mutaxassisligiga 
kiruvchilar uchun, ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv 
rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. 
 
 
 
TUZUVCHILAR:
Iminova N.A. - TATU “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 
iqtisodiyot” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Dastur “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va 
menejment” fakultetining 2021 yil 22 iyundagi №10-sonli Kengashi yig‘ilishida 
muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 


Kirish 
5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va 
menejment bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 
magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy 
talablar Davlat ta’lim standartida keltirilgan. 
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment” 
ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy maqsad talabalarga axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasi iqtisodiyoti va boshqaruvi asoslarini makro va mikroiqtisodiy 
darajada o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari 
hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarni davom ettirishlarini 
ta’minlashdan iborat. 
5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi dasturining vazifasi quyidagilardan 
iborat:

mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish; 

boshqaruv faoliyatida amaliy masalalarini yechish uchun yangi usul va uslublarni 
qo‘llashi; 

ilmiy-iqtisodiy hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqishi; 

o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, 
referatlar va bibliografiyalarni tuzishi; 

bajarayotgan faoliyati bo‘yicha ish rejasini tuzish va uni bajarish, nazorat qilish va 
amalga oshirilgan ishlarning natijalarini baholash; 

– ilmiy muammolarni hal etishda boshqaruvning tizimli yondoshuvidan 
foydalanilgan holda tadqiqotning ilg‘or uslublarini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

ishlab chiqarish loyihalarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarini 
rejalashtirish, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni tahlil qilish, loyiha komandasini 
boshqarish; 

korxonalarni rivojlantirish rejalarini va bashorat qilish usullarini bilishi va 
mexanizmlarini ishlab chiqish; 

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar bo‘linmalarining 
iqtisodiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalarini rivojlantirish 
bo‘yicha qisqa muddatli bashoratlar ishlab chiqish;

mutaxassislik bo‘yicha boshqaruv tizimlari sohasida mavjud holatni tahlil qilish; 

magistr ixtisosligiga mos mavzulardagi loyihalarni ekspertiza qilish bo‘yicha 
ekspert guruhlarida ishtirokchi sifatida qatnashish; 

ixtisoslikka mos mavzu bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatish. 
Dastur ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy 
aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu sohada olayotgan bilimlarini chuqurroq 
o‘zlashtirishga yordam beradi.
5A234101 – Raqamli iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga 
kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: 

mamlakatimiz rivojlanishiga oid bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy 
ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi; 



Axborot texnologiyalarini o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llay olishi, axborotlarni 
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish, kasb faoliyatida mustaqil qarorlar 
chiqara olishi; 

dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va 
ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, 
ijtimoiy-iqtisodiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi; 

kasb faoliyatida qarorlarni qabul qilish axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, 
bashorat qila olish. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin