KIRISh
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish
bo‘lib, u audio, video, kino va televizion maxsulotlari ishlab chiqarish, kontentlarga
ishlov berish, sifatini oshirishga, soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma,
mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va
uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va raqamli televidenieda va kinoda ovoz va tasvirni yozib olish, qayta
ishlash, saqlash, chop etish, yoritishni loyihalashtirish va boshqarishga oid dasturlar,
ularning matematik, axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik masalalarini
yechish, ilmiy jihatdan tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini yaratish,
texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnoligiyalardan
foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A350201 -
Multiplikatsion filmlar texnologiyalari magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar
uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “3D modellashtirish
va raqamli animatsiya” va “Multiplikatsiya maxsulotlari yaratish texnologiyalari”,
“Raqamli audio, video va TV texnologiyalari” fanlari bo‘yicha imtihon savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: