KIRISh
5330500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”,
“Multimedia texnologiyalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi
yo‘nalish bo‘lib, u axborotlarni o‘zgartirish, uzatish,
taqsimlash, qayta ishlash va
ma’lumotlarga ishlov berish soha istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik
qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari,
usullari, metodlari va
uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar bilimlarini
chuqurlashtirish va − axborot
kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter tizimlari va
tarmoqlarining matematik, texnik-dasturiy ta’minoti, geoaxborot
texnologiyalarining
asosiy tushunchalari, geoaxborot tizimlarini modellashtirish,
geoaxborot texnologiyalari
asosida dasturiy vosita va ilovalar ishlab chiqish; masofadan zondlash asosida hududlarni
(yerni) monitoring qilish dasturiy vositalarni ishlab chiqish; kompyuter ko‘rishi asoslari;
sun’iy yo‘ldosh qurilmalaridan olingan tasvirlarni qayta ishlash, ularni sinflashtirish va
intellektual tahlil qilish, geoprotal va geoxizmatlar uchun veb dasturlash texnologiyalari,
algoritmlash va matematik ta’minotni
yaratish, texnologik yechimlarni ishlab chiqish
bo‘yicha hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarini
oshirish va ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir.
5330500 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”,
“Multimedia texnologiyalari”) ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A350902-Intellektual
axborot kommunikatsiya tizimlari magistratura mutaxassisliklariga
kiruvchi talabalar
uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: “Kompyuter
tarmoqlari”, “Parallel kompyuter axritekturasi va dasturlash”, Ma’lumotlar bazasi”
bo‘yicha imtihon savollari shakillantirilgan. Bu fanlar o‘z negizida qamrab olingan
ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: