KIRISH
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi yo‘nalish
bo‘lib, u audio, video, kino va televizion maxsulotlari ishlab chiqarish, tasvirlarga va
kontentlarga ishlov berish, kino va TVda yoritishni boshqarish va uni amalga oshirish,
badiiy yoritipsh, teatr va ommaviy tomoshalarni badiiy yoritish bo‘yicha soha istiqbolini
belgilashga, kasbiy ko‘nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining
vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalar bilimini
chuqurlashtirish va raqamli televidenieda va kinoda tasvirni yozib olish, qayta ishlash,
saqlash, chop etish, yoritishni rejalashtirish, loyihalashtirish va boshqarish, badiiy
yoritishga oid dasturlar, ularning axborot va dasturiy ta’minotiga oid muhandislik
masalalarini yechish, ilmiy jihatdan tahlil qilish, algoritmik va dasturiy ta’minotini
yaratish, yoritish bilan bog‘liq texnologik yechimlarni ishlab chiqish bo‘yicha hamda
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda bilimlarni oshirish va ko‘nikma
hosil qilishdan iboratdir.
5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual texnologiyalar”, “Telestudiya
tizimlari va ilovalari”) hamda 5320700 – “Maxsus yoritish texnologiyalari” bakalavriat
ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A351101 – Maxsus yoritish texnologiyalari magistratura
mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi va 5320700 – “Maxsus
yoritish texnologiyalari” hamda 5350200 – Televizion texnologiyalar (“Audiovizual
texnologiyalar”, “Telestudiya tizimlari va ilovalari”) ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv
rejalariga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Yoritish uskunalarining texnologiyalari”,
“Yoritishni rejalashtirish”, “Kinoteleyoritish” fanlari bo‘yicha imtihon savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan ma’lumotlar quyida batafsil
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: