KIRISH
5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika
sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, avtomatlashtirilgan
loyihalash tizimlarini, kompyuter
tizimlarining matematik hamda dasturiy ta’minotini,
axborotlarni qayta ishlashni,
mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minotlarini, dasturiy mahsulotlarni ishlab
chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali usullar va uslublar majmuasini o‘z
ichiga olgan fan va texnologiyalar sohasiga asoslangan
bilimlar majmuasini qamrab
oladi.
Ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – loyihalash usullarini
tadqiq qilish, dasturlash
jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish
usullarini qo‘llash hamda mahsulotni
sertifikatlashtirish, dasturiy ta’minot yaratishda
axborot bilan ishlash jarayonlari bo‘yicha matematik modellarni qo‘llash,
hisoblash
algoritmlari va dasturiy ta’minot yaratish, dasturiy tizimlarni loyihalash va ishlab chiqish,
dasturiy va qurilma-dasturiy ta’minotni integratsiyalash, avtomatlashtirilgan
axborotni
qayta ishlash va boshqarish tizimlarini yaratish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarini
boshqarish, ushbu tizimlarni matematik,
dasturiy, tashkiliy va huquqiy ta’minlash
usullarini o‘rganish va tadbiq etish kabi nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini
oshirishdan iboratdir.
5330600 – Dasturiy injiniring bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi 5A330601
– Dasturiy injiniring magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim
yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 3 ta ixtisoslik fanlari: “Dasturiy injiniringga kirish”,
“
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari” va “Java tilida ob’ektga yo‘naltirilgan
dasturlash” bo‘yicha imtihon savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o‘z ichiga qamrab olgan
ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: