Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Nurafshon filiali “TASDIQLAYMAN” Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi Direktor o’rinbosari ___________ N.B.Boboyorov «____»_______ 2022-2023 2022-2023 YIL UCHUN
AXBOROT-RESURS MARKAZI
ISH REJASI
KIRISh
2022 yilda Axborot-resurs markazi jamoasi kitobxonlar bilan ishlashning barcha an'anaviy usullarini qo'llash, hamda elyektron katalog va boshqa ma'lumotlar bazasidan foydalanib avtomatlashtirilgan tartibda foydalanuvchilarni axborotlashtirish imkoniyatlarini kengaytirgan holda profyessor-o'qituvchilar, ilmiy hodimlar tarkibi, talabalar va boshqa turdagi kitobxonlarga axborot-kutubxona xizmatini takomillashtirish bo'yicha o'z ishini rojalashtiradi.
Axborot-resurs markazi veb-sayti muntazam yangilanib to'ldirib turiladi, hamda fondni komplektlashning an'anaviy va elektron tashuvchilar vositasidagi faoliyati olib boriladi va elektron katalogga eskirgan (retrospyektiv) va yangi kelib tushgan adabiyotlarga tavsiflar kiritiladi.
Kitobxonlar orasida yuqori darajada talabga ega va kafedra mudirlari tomonidan talab qilingan adabiyotlarning skanyer qilinishi davom ettiriladi va elektron o'quv zallarida ushbu adabiyotlardan foydalaniladi.
Yangi adabiyotlar sotib olish, chiqarish, mavzuli va axborot ko'rgazmalarini tashkil etish, Axborot-resurs markazida kafedra kunlarida adabiyotlarining ochiq ko'rgazmalarini, axborot kunlarini o'tkazish, axborot varaqalarini rasmiylashtirish va boshqa qator tadbirlarining o'tkazilishi rejalashtirildi.
Universitet filiallari Axborot-resurs markazlari fondini Oliy ta'lim vazirligi tomonidan taqdim etilayotgan va universityetda nashr etilayotgan adabiyotlar bilan doimiy ravishda to'ldirib borish rejalashtirildi.
Avvalgidek eng katta e'tibor fondni saqlashga qaratiladi. Talabalar o'rtasida suhbatlar o'tkazish, qarzdor kitobxonlar bilan ishlash, kitobxonlarni qaytadan ro'yhatdan o'tkazish, ARM xodimlari bilan fondning saqlanishidagi moddiy javobgarlik haqida suhbatlar o'tkazish va h.k: