Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия институти


Pеdogogik o’yinlar tasnifi



Yüklə 191 Kb.
səhifə3/7
tarix20.02.2023
ölçüsü191 Kb.
#85115
1   2   3   4   5   6   7
bo`tayeva dildora 2

1.2 Pеdogogik o’yinlar tasnifi




Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti - o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. O'yin - bola hayotining uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralari, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda pedagogik o'yinlar alohida ahamiyatga ega. Matematika darslarida pedagogik o'yinlardan foydalanish o'quvchilar zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Pedagogik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his - tuyg'ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta'lim jarayonida pedagogik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak.
Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi. Pedagogik o'yinlarni xilma-xil tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Pedagogik o'yinlar maqsadiga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi: Har bir pedagogik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, “Ishoralar” o’yini. O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini rivojlantirish. O’yin bola faoliyatining asosini tashkil etadigan ko’rinishlardan biridir. Bolalar kamolati yo’lida ishlab chiqilayotgan turli o’yinlar nazariyasi ta’lim￾tarbiya uchun ham naqadar qimmatlidir. Jufa qadim zamondan boshlab ko’plab olimlar, tadqiqotchilar, ma’daniyat tarixchilari o’zlarining olib borgan tadqiqot ishlarida o’yinning o’ziga xosligi, uning nafaqat alohida shaxs hayoti balki jamiyat hayotida turgan o’rni va ahamiyati haqida fikrlar bildirganlar. Ular o’yinning qadrini uning shartliligini, uning bolalar xulqini shakllantirishdagi o’rnini, muomala-munosabati chog’idagi bolaning hatti￾harakatlarini aniqlab olishdagi ahamiyatini alohida ta’kidlaydilar. Shunday qilib o’yinni “bolalikning hamrohi” deb atash mumkin. O’yin ayniqsa maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmuni tashkil etadi, u mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda yetakchi faoliyati sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ullanadigan ishlarning ko’pchiligi o’yin shaklida bo’ladi. O’yin chog’ida bolada mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o’ylaydi uning holati xotirasi ko’chli ishlaydi, ta’sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo’ladi. Maxsus ta’limda ham logopedik mashg’ulotlar jarayonida olib boriladigan logopedik o’yinlarning o’ziga hosligi va mohiyati ham alohida mazmun kasb etadi. Logopedik o’yinlarning bola tarbiyasidagi o’rni va tutgan mavqei ham o’ziga hos sifatlarga ega. chunonchi logopedik o’yinlar o’zining tashkil etilishi va mazmuniga ko’ra, bolalarga ta’sir etish darajasiga ko’ra o’yinda qo’llaniladigan buyumlarning turlicha, kelib chiqishiga ko’ra turlichadir. Logopedik mashg’ulotlar jaroyonida nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar uchun tashkil etiladigan o’yinlarni maxsus ta’lim nazariyasiga ko’ra ikki guruhga bo’lish juda keng tarqalgan: ijodiy o’yinlar va qoidali o’yinlar. Ijodiy o’yinlar mazmunini bolalarning o’zlari o’ylab topadilar va o’z taasurotlarini, borliq haqidagi tushunchalarini hamda shu o’yinga bo’lgan munosabatlarni aks ettiradilar. Qoidali o’yinlar esa kattalar tomonidan yaratiladi va bolalar hayotiga olib kiritiladi. Qoidali o’yinlar o’z mazmuniga qarab, bolalar yoshiga mo’ljallanganligiga qarab belgilanadi. Qoidali o’yinlarning ko’pchiligi xalq o’yinlari asosida tashkil etiladi. Bunday qoidali o’yinlarning ko’plari avloddan-avlodga tayyor holda o’tib bizgacha yetib kelgan. O’yinlar o’z mazmuni va qoidalari, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ko’ra shartli ravishda didaktik va musiqiy o’yinlarga bo’linadi. Didaktik o’yinlarda bolalarning avvalo aqliy faoliyati rivojlanib boradi, ular bilimlari chuqurlashadi va kengayadi; harakatli o’yinlarda bolalarning turli hatti￾harakatlari takomillashadi: musiqali o’yinlarda esa musiqiy qobilyatlari rivojlanadi. Shuningdek,logopedik o’yinlar orasida ko’ngil asrlari, o’yin ovutmachoqlari ham bo’ladi. Demak har bir logopedik O’yinning o’ziga hos sifatlari mavjud, biroq ular bir qator umumiy xususiyatlarga ham egallar, ya’ni har qanday logopedik o’yinlarda maqsadning mavjudligi, o’yin sabablari, amalga oshirish vositalarning rejali harakatlar va natijaning mavjudligi kabilar xosdir. Har qanday ko’rinishdagi logopediko’yinlar tushunib olingan. Va maqsadga qaratilgan faoliyat tarzida kechadi. Boshqa faoliyat turlarida bo’lgani kabi o’yin jarayoniga bolaning butun shaxsiyati- psixik bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ta’sirchanligi, ehtiyoj va qiziqishlari jalb etiladi; oyinda bola faol harakat qiladi, gapiradi va o’z bilimlarini o’yin davomida qo’llaydi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar uchun o’tkazilayotgan logopedik o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlari bor. Ular orasida sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. Bola o’yindagi maqsadiga erishish uchun o’ziga sheriklar tanlaydi. Rollarni tasdiqlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar koʻprok «bogʻcha-bogʻcha», «poezd-poezd» kabi qiziqarli boʻlgan o‘yinlar oʻynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil boʻlsa xam syujeti xar xil buladi. Masalan: kichik gurux bolalari «bogcha-bogcha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovkat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non kugirchoklarga berilmaydi, pishirilgan ovkat tarelkaga suzilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda pedagogik o‘yinlarni roli katta. Pedagogik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashgulotlarni muvaffakiyatli utkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi ukish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida xarakatli yoki koidali o‘yinlar xam muximdir. CHunki xarakli o‘yinlar bolalarni jismoniy jixatdan chiniktiradi, dadil, kurkmas, epchil bulishga undaydi. Psixologiya qabul qilinganidek, rolli o‘yin faoliyati syujet va mazmundan tashkil topadi. Odatda syujet deganda, o‘yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. o‘yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo‘lsa, o‘yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi. Hullas o’yin faoliyatini muayyan darajada rejalashtiradigan bo’ladi.semak shunga qarab o’yin rivojlanib boradi. Bola o’yinda amaliy ehtiyojlarga qaram bo’lmaydi. O’yin tabiatning erkinligi garchi unda mehnat bilan ko’pgina o’xshashliklar bo’lsada jamiyat hayotida tutgan o’rni beqiyosligi bilan belgilanadi. Bolalarning o’yindagi erkinligi mustaqilligi qo’yidagi holatlarda namoyon bo’ladi: a)o’yin yoki uning mazmunini tanlashda; boshqa bolalar bilan ixtiyoriy birladshishda b) o’yinga kirish va chiqishning ixtiyoriyligida va xokozo. O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi
K.D.Ushenskiy bolalarning o’yindagi mustaqilligiga o’ziga xos xususiyat sifatida qarab “O’yin shuning uchun ham o’yinki8 u bola uchun mustaqil mashg’lotdir”, degan edi. Uning fikricha, o’yin-bolakaylar vaqelik voqeylik bo’lganda ham uni o’rab olgan narsalardan ko’ra juda qiziqarli voqeylikdir. U bola uchun tushunarli bo’lgani uchun ham qiziqarlidir. Haqiqiy hayotda bola bolaligicha qoladi, u hech qanaqa mustaqillika ega bo’lmagan norasida, biroq o’yinda u boshqacha odam-u endi kamol topayotgan, u endi o’z kuchini sinab ko’ra oladigan va o’zi yaratgan narsasini mustaqil idora eta olasigan insonga aylanib boradi. Turli ko’rinishdagi o’yinlarda qoidalar ham turlicha bo’ladi. Masalan, rolli ijodiy o’yinlarda qoidalar ham turlicha bo’ladi. Masalan roli ijodiy o’yinlarda qoida o’yinmazmuning o’zida rolda, syujetda mujassam bo’ladi. Katta kishi roliga kirgan bola uning u yoki bu vaziyatdagi harakat mos harakat qiladi. Misol uchun shifokor qabuliga qizchasini shakllangan ona kirib kelishi, haydovchining esa ularni mashida eltib qo’yishi. Ijodiy uchun chog’ida buyumlar, roller,harakatlarning shartli xususiyatlarni barcha o’ynovchilar tomonidan birdek qa’bul qilishini eng umumiy qoida hisoblanadi. Busiz o’yin bo’lishi mumkin emas.masalan,”tabiati qo’yniga sayr” qilayotgan bolalar o’z guruhlardagi gilamni dengiz, qo’llaridagi karton trubachani durbin, stol-stullardan qurilgan inshoat-kema ekinligiga ishonmoqlari kerak. Amaliy va didaktik o’yinlarda qoidalar harakatlarning tabiati izchiligini, o’qituvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilaydi.



Yüklə 191 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin