Yurak faoliyati.Yurak muskulli a’zo bo’lib, uning devorlari uch kavatdan tashkil topgan: endokard, miokard va epikard.Miokard qo’ndalang targ’il muskullardan iborat bo’lib, skelet muskullaridan fiziologik hossalari bilan fark qiladi. Morfolagik va funktsional hossalariga ko’ra, yurakning muskullari ikki turga bo’linadi: 1-bo’lmachalar va qorinchalarning tipik tolalari, 2-ritm yetakchisi vazifasini va o’tkazuvchi tizimni hosil qiluvchi atipik tolalar. Yurakning ko’ndalang targ’il muskullari: ko’zg’aluvchanlik, o’tkazuvchanlik, qisqaruvchanlik va avtomatiya hossalarga ega. Yurak muskullarining ta’sirotlarga qo’zg’alish bilan javob berishi qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Qo’zg’alishi yurak muskulining qisqarishiga, ya’ni tarangligini ortishi yoki muskul tolasining kalta tortishiga sabab bo’ladi, bu qisqaruvchanlik deb ataladi.
Yurak avtomatiyasi. Tashqi ta’sirotlarsiz hujayraning o’zida hosil bo’ladigan impulslar hisobiga yurak muskullarining qisqarishi yurak avtomatiyasi deb ataladi. Agar baqa yuragini ajratib olib, ringer eritmasiga solib qo’ yilsa, u bir necha soat qisqarib turishi mumkin. Issiq qonli hayvonlar yuragi ajratib olinib, tegishli sharoitlar yaratilsa, bir necha kun qisqarib turishi mumkin.
Yurak avtomatiyasi tabiati hozirgi qungacha to’liqligicha aniqlanmagan. Buni isbotlovchi bir necha nazariyalar mavjud bo’lib (neyron, miogen, gormonal), miogen nazariya to’g’ri deb hisoblanmoqda. Qo’zg’alishlarni hosil bo’lishi atipik muskullar peysmekkerlar faoliyati bilan bog’liq. Bu muskullarda sarkoplazma ko’p, miofobrillalar oz bo’lib go’yoki embrional muskul to’qimasini tuzilishiga o’hshash. Atipik muskullar yurakni o’tkazuvchi tizimini hosil qiladi. Ular yurakning tugunlarida joylashgan.
Yurak ritmini boshqaruvi tugun-sinoatrial tugun hisoblanadi. U atipik hujayralar to’plami, yuqori va pastki kavak venalarni o’ng bo’lmachaga qo’yilayotgan joylar oralig’ida joylashgan.
Atrioventrikulyar tugun o’ng bo’lmachaning pastki-bo’lmacha va qorincha orasidagi to’siqning o’ng qismida joylashgan. Shu tugunlardan Gis tutami boshlanadi. Gis tutami atrio-ventrikulyar to’siqdan o’tiboq ikki tarmoqqa qorinchalar bo’ylab tarqaluvchi o’ng va chap oyoqlarga bo’linadi. Bu oyoqchalar Purkinьe tolalarini hosil qilib, qorinchalar miokardiga beradi.
Atipik muskul tolalari funktsional jixatdan bir hil emas. Sinoatrial tugunning bir necha hujayralari xaqiqiy peysmekrlar hisoblanadi, ya’ni spontan o’z-o’zidan tarzda harakat potentsialini yuzaga chiqara oladi. Qolgan xujayralar esa latent boshqaruvchilarga kiradi.
Haqiqiy va latent peysmekkerlarda ishga miokardlardan qo’zg’alish ritmlarini hosil bo’lishi bilan fark qiladi. Bu hujayralar diastola vaqtida yuqori ion utkazuvchanlik hususiyatiga ega bo’lib peysmekker potentsialini sekin diastolik depolyarizatsiyasi hosil bo’lishiga olib keladi. Bu vaqtda mahalliy tarqalmaydigan qo’zg’alish vujudga keladi. Hakikiy peysemekkerda latent peyemekerlarga nisbatan bo’sag’a sohasi tezroq yetib boradi. Bu diastolik depolyarizatsiya sohasiga yetib borishi bilan, tarqaluvchi harakat potentsiali yuzaga keladi.
Miokard hujayralarini elektrik faolligi. Tabiiy holatda miokard hujayralari ritmik aktiv (qo’zg’algan) holatida bo’ladi. SHuning uchun ham ularning tinchlik potentsiali to’g’risida shartli ravishda gapirish mumkin. Uni kattaligi -90mv ga teng bo’lib, k+ ionlarining qontsentratsiyasi bilan aniqlanadi.
Yurakning turli bo’limlaridan mikroelektrodlar yordamida qayd qilingan harakat potentsiali o’zining shakli, amplitudasi va davomiyligi bilan farq qiladi.
Harakat potentsiali yuzaga chiqishi uchun membranani 30 mv gacha depolyarizatsiyalash kifoya. Qardiomitsitlar XP da quyidagi davrlari tafovut qilinadi: 1 davr- tez boshlangich depolyarizatsiya, 2 davr-yassilik yoki plato, 3 davr- tez repolyarizatsiya, 4 davr- tinchlik davri.
Yurakning o’tkazuvchi miotsitlari, bo’lmachalar va qorinchalar miokardi XP birinchi davri kelib chiqish sababi nerv va skelet muskullari XP bilan bir hil-ya’ni hujayra membranasini natriy ionlari uchun o’tkazuvchanligi ortishi, natriy kanallarini faollashishi hisobiga yuzaga chiqadi. XP cho’qqisiga yetganda hujayra membranasini qutbi o’zgaradi (-90dan+30 mv gacha). Membrananing depolyarizatsiyasi natriy-qaliy nasoslarini asta-sekin aktivlashishiga olib keladi. Kaltsiy ionlarini sarkoplazmatik retikuladan chiqib, hujayra ichiga kirishi harakat potentsialini yassi (plato)davrini keltirib chiqaradi (2 davr).
Bu davrda natriy qanallari inaktivatsiyaga uchraydi va hujayra mutloq refrakter holatida bo’ladi. Bir vaqtni o’zida kaliy kanallari faollasha boshlaydi. Hujayradan chiqayotgan K+ionlari membranani tez repolyarizatsiyasini ta’minlaydi (3 davr). Kal’tsiy kanallari yopilib, repolyarizatsiya jarayonini tezlashtiradi.
Hujayra membranasining repolyarizatsiyasi natriy kanallarini qayta faollashishiga olib keladi. Natijada kardiomiotsitlarni qo’zg’aluvchanligi qayta tiklanadi. Bu davr nisbiy refrakterlik davri deyiladi.
Yurakning ishchi miokardida ( bo’lmacha va qorincha ) tinchlik potentsiali nisbatan bir hilda ushlab turiladi. Yurak ritmini yetakchisi vazifasini bajaruvchi sinoatrial tugun sohasida sekin spontan diastolik depolyarizatsiya kuzatiladi. Depolyarizatsiyaning kritik darajasiga yetgach (taxminan-50mv) yangi XP yuzaga chiqadi. Shu mehanizm hisobiga yurak muskullari avtomatik qisqarish hossasiga ega. Bu hujayralar XP boshqa hususiyatlariga ham ega: 1 XP unchalik yuqori emas 2 sekin repolyarizatsiya davri (2 davr) asta-sekin tez repolyarizatsiya davriga (3davr) o’tadi; 3 membrana potentsiali -60 mv ga yetadi.