136
Hech qachon raqobatchi korxonalarning javob reaktsiyasini past baholamang.
Raqobatchilar burchakka qamalganda va xavf ostida
qolganda juda katta zarar
keltirishi mumkin.
Kuchli raqobat mavqeiga va yetarli moliyaviy resurslarga ega bo„lmay, kuchli
va moliyaviy qudratli kompaniyalarga hujum qilishda ehtiyot bo„ling, har tomonlama
o„ylang.
Raqobatchining kuchli tomoniga qaraganda uning
zaif tomoniga hujum qilish
qulayligini unutmang.
Xarajatlarning ishonchli ustunligiga ega bo„lmay turib, narxlarni pasaytirishga
harakat qilmang.
Bozor ulushini egallash uchun agressiv harakatlar
raqobatchilarning javob
reaktsiyasiga sabab bo„lishi va narxlar jangi boshlanishi natijasida bozorning hamma
qatnashchilarining oladigan foydasi pasayishi mumkinligini o„ylab ko„ring.
Differensiyalash strategiyasini qo„llashda ko„rsatiladigan xizmatlarning va
ekspluatatsiya ko„rsatkichlarining eng katta kamchiliklarini aniqlang.
Raqobatchi
tovarlar o„rtasidagi kichik farqlarni iste‟molchilar sezmasligi yoki ular uchun katta
ahamiyatga ega bo„lmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: