ravnaqi uchun ish unumdorligining zaxirasini ta’minlashi kutilgan.
Itanium
negizida tayyorlanadigan serverlar va ish stansiyalari EPIC (Explicitly Parallel
Instruction Computing) deb nom olgan yangi funksional imkoniyatlar kompleksi
tufayli misli ko‘rilmagan
ish unumdorligi, masshtablanishi bilan ajralib turishi
rejalashtirilgan.
3-rasm: Mikroprotsessorlarning texnik ko`rsatkichlari.
Takt tezligi
(soniyadagi taktlar soni) takt – sodda operasiyalarning bajarish
vaqti .
Mikroprotsessorning boshqa qurilmalar bilan bog’lanishi.
MPning interfeys qismi MPni ShKning tizim shinasi vositasida bog‘lash va
muvofiqlashtirish, shuningdek, amalga oshayotgan
dastur komandalarini qabul
qilib, dastlabki tahlildan o‘tkazish hamda operandlar va komandalarning to‘liq
manzillarini shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Interfeys qism o‘z tarkibiga
MPXning manzilli registrlarini,
manzil shakllantiruvchi uzelni, MPdagi
komandalarning buferi sanaladigan komandalar registrlarining blokini, MPning
ichki interfeys shinasini hamda kiritish-chiqarish
portlari va tizim shinasini
boshqarish sxemasini mujassam etadi. Kiritish-chiqarish portlari - ShKning tizim
interfeysiga qarashli punktlar bo‘lib, MP ayni shu punktlar orqali boshqa
qurilmalar bilan axborot almashinadi. MPda hammasi bo‘lib 65536
ta portlar
bo‘lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga,
ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy kompyuter
xotirasining bir bo‘lagi emas, balki kiritishchiqarish qurilmasining ushbu portdan
foydalanuvchi qismi sanaladi. Qurilma porti o‘z ichiga ma’lumotlar almashinuvi
va boshqaruvchi axborot bilan almashinish uchun mo‘ljallangan ulash apparatlari
va ikkita xotira registrini mujassam etadi. Ayrim tashqi
qurilmalar almashinishi
darkor bo‘lgan axborotning katta hajmini saqlash uchun asosiy xotiradan ham
foydalanadi. 4-rasmda protsessorning tashkil etuvchi qismlari va uni tezkor xotira
bilan kanday bog‘langanligi qo‘rsatilgan. Ushbu rasm asosida protsessor tarkibiga
kirgan qurilmalarning bajaradigan vazifalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: