6. Sotish hajmini oshirish imkoniyatlarini jamlash Sotish hajmini tahlilining xotima qismida ishga solinmagan ichki imkoniyatlar hisobiga mahsulot hajmini oshirish imkoniyatlari aniqlanmog’i lozim. Ishga solinmagan imkoniyatlar sotish hajmini oshirishga, foyda va rentabellikni ko’paytirishga qaratilmog’i lozim. Belgilanadigan tadbiriy choralar korxonaning barcha bo’g’inlarini o’z ichiga olishi kerak, ya’ni ishlab chiqarish, moliyaviy holat, moliyaviy natijalarni samaradorligini oshirishga qaratilmog’i lozim.
Mahsulot sotish hajmini oshirish rezervlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: raqobatga bardosh, yuqori talabga ega bo’lgan mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarish, tayyor mahsulot qoldig’ini belgilangan me’yor darajasida saqlash, sifatsiz mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxlarda realizatsiya qilish, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etish, ombordagi tayyor mahsulot kamomadini (inventarizatsiya natijasiga ko’ra) undirib olish, mahsulot sifatini oshirish va h.k.
Tahlil natijalariga ko’ra korxona mahsulot sotish hajmini oshirish imkoniyatlariga ega.
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:
sotish hajmi;
sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlilining uslublari;