Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Respublikada qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix21.10.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#65690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
portal.guldu.uz-BITIRUV-MALAKAVIY IShI

1.3. Respublikada qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar 
30-yillardan boshlab o’zbekiston oldiga qo’yilgan sobiq Ittifoqning paxta 
sohasidagi mustaqilligini ta’minlash vazifasi katta mashaqqat bilan hal qilingach, 
natijada vujudga kelgan paxta yakkahokimligi qishloq xo’jaligining tub 
maqsadlariga xilof ravishda yuqoridan zo’rlab o’tkazib kelindi. Buning oqibatida 
esa: 
- respublikada go’sht va sut etishtirish imkoniyatlari kamayib ketdi; 
- respublikaning ko’pgina hayotiy muhim manfaatlariga ziyon etdi; 
- ilmiy asoslangan almashlab ekish jarayoni buzildi; 
- erning tinka-madori qurib, hosildorlik mutassil ravishda pasayib bordi; 
- suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamaydi. 
Ushbu holatlarning qishloq xo’jaligiga halokatli ta’siri natijasida 
respublikada oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish cheklab qo’yildi va aholini shu 
mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. 
Shunday qilib ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi xatolar va 
yaroqsiz yondashuvlar, xalq xo’jaligining tuzilishida, iqtisodiyotning etakchi 
tarmoqlarini 
rivojlantirishda 
yo’l qo’yilgan katta-katta kamchilik va 
nomutanosibliklar og’ir oqibatlarga olib keldi. 
Respublikamiz aholisi salmoqli qismining qishloq joylarda istiqomat qilishi, 
iqtisodiyot tarkibida qishloq xo’jaligining etakchi o’rin tutishi mazkur tarmoqni 


26 
rivojlantirish, undagi uzoq yillar davomida vujudga kelgan muammolarni hal qilish 
zaruratini keltirib chiqardi. Shunga ko’ra, mamlakatimiz rahbari o’sha dolg’ali va 
notinch davrda respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirish borasidagi yangi 
tashabbuslarni ilgari surib, amalga oshirilishi zarur bo’lgan bir qator vazifalarni 
belgilab berdi. Jumladan: 

respublika agrar sektori 
iqtisodiyotning shunday 
bo’g’iniki, 
O’zbekistondagi muammolarning aksariyatini ana shu bo’g’inga tayanibgina hal 
etish mumkinligi; 

respublikaga Markaz tomonidan zo’rlab qabul qildirilgan paxta 
yakkahokimligiga qarshi izchillik bilan kurash olib borish zarurligi; 
- paxta xom ashyosini respublika ichida qayta ishlashni yo’lga qo’yish. 
Bunga erishilgan holda dehqonlar tomonidan gektar boshiga olinayotgan 2200 
so’m daromad paxtani to’liq qayta ishlash natijasida 18-20 ming so’mga etishi, 
ya’ni o’n barobar ko’p daromad hamda qariyib yuz xilga yaqin mahsulot olinishi 
mumkin; 
- paxta xom ashyosidan samarali foydalanish, ayni paytda bozorga faol ta’sir 
ko’rsatish yo’llarini o’rganish lozim. Hatto, g’o’zapoya, shrot, lintdan to’g’ri 
foydalanib, amaldagi daromad hajmini 3-5 barobar ko’paytirish mumkin; 
- paxtachilikda almashlab ekishni joriy etishga asoslangan ilmiy yo’ldan 
borish. 1991 yilda paxta tolasi uchun davlat buyurtmasi darajasini etishtirilgan 
mahsulotning yarmidan oshirmaslik hisobidan rejani 100 ming tonna kamaytirish 
vazifasining qo’yilishi paxtadan bo’shagan erlardan odamlarning dolzarb 
ehtiyojlarini qondirish, shu jumladan, chorvachilik mahsuloti etishtirishni 
kengaytirish uchun foydalinish imkonini yaratdi; 
- aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash uchun oziq-ovqat 
kompleksini ustun darajada rivojlantirish. 1995 yilgacha meva, sabzavot 
mahsulotlari etishtirishni 2 barobardan ziyodroq ko’paytirishni ko’zda tutuvchi 
asosli dastur ishlab chiqildi; 


27 
- qayta ishlash sanoati korxonalari qurilishini jadallashtirish. 1995 yilgacha 
O’zbekistonda 300 ta mo’’jaz tsex qurish ko’zda tutildi. Bu esa oziq-ovqat mollari 
resurslarini ancha ko’paytiradi hamda aholini bu mollar bilan ta’minlani 
yaxshilaydi; 
- qishloqni ijtimoiy hayotini qayta qurish, qishloqni qashshoqlikdan 
qutqarish, qishloq xonadonini badavlat qilish yo’lida ish olib borish. 
Ayniqsa, qishloq xo’jaligini rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va 
amalga oshirishda er va suv masalasiga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. Jumladan, bunda quyidagi jihatlarni diqqat markazida tutish hamda 
har tomonlama inobatga olish muhimdir: 
- respublikada sug’oriladigan erlar qishloq xo’jaligi mahsulotining 95 foizini 
berishni hisobga olib, er va suv muammosini birgalikda hal etish; 
- yangi erlarni o’zlashtirish amalda to’xtatilganidan keyin vujudga kelgan 
jiddiy vaziyatni hisobga olish. O’sha pallada qishloq xo’jaligida band bo’lgan har 
bir kishiga to’g’ri keladigan 1,2 gektardan 0,8 gektargacha, aholi jon boshiga 
hisoblaganda esa 0,4, Farg’ona vodiysida esa 0,2 gektardan kam er maydoni 
kelgusida yanada qisqarib boradi; 
- aholi sonining tez suratlarda o’sishi munosabati bilan avvalo mintaqadagi 
imkoniyatlarni o’zlashtirish, xususan, O’zbekistonning o’zida sug’oriladigan 
erlarni 4 million gektardan 10 million gektarga etkazish. 
Paxta yakka hokimligi respublika iqtisodiyotining bir yoqlama rivojlanib, 
Ittifoqning xom ashyo bazasiga aylanib qolishiga olib keldi. Natijada O’zbekiston 
eng oddiy sanoat mahsulotlariga bo’lgan o’z ehtiyojining yarmini ham qondirishga 
qodir bo’lmay qoldi. Etishtirilgan paxtaning atigi 7 foizi respublikada qayta 
ishlandi. Bir qancha viloyat va tumanlarda ekin maydonlari nisbatida paxtazorlar 
75-80 foizni tashkil qildi. Oqibatda asrlar davomida chetga don, meva va boshqa 
oziq-ovqat mahsulotlari chiqargan mintaqa bunday mahsulotlarning yirik iste’mol 
qiluvchisiga aylandi. 


28 
Islom Karimov rahbarligida boshlangan islohotlar tufayli bir ikki yilda ahvol 
asta-sekin o’nglandi, paxta maydonlari qisqardi (1987 yilda 2 million 108 ming 
gektar erga chigit ekilgan bo’lsa, 1990 yilda 1 million 826 ming gektar erda paxta 
etishtirildi). Sug’oriladigan erlarni paxtadan bo’shatib olish jamoa va davlat 
xo’jaligi hududlarida tomorqa uchastkalarini kengaytirish va yakka tartibda uy-joy 
qurish uchun er ajratib berish kabi katta ijtimoiy masalani qisman hal etish 
imkonini berdi. Shunisi diqqatga sazovorki, paxta hosildorligining ortishi (gektar 
hisobiga 23,1 tsentnerdan 27,7 tsentnerga etishi) tufayli yalpi paxta etishtirish 
kamaymadi. Paxtachilik bundan bo’yon ham qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i 
bo’lib qolaveradi, lekin yakka hokimligiga qaytilmaydi deb, bu soha istiqbolini 
belgilab berdi Yurtboshimiz. 
O’zbekistonning o’z taraqqiyot yo’lini tanlashda respublikaning o’ziga xos 
xususiyatlarini, albatta, e’tiborga olish kerakligi ham o’sha davrda asoslangani 
“O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobida atroflicha bayon qilingan. 
Birinchidan, sug’orish zonalarida aholi zich joylashgani. Bu joylarda er 
tanqisligi, respublikamizning aksariyat mintaqalarida har bir mehnatchiga 1-1,5 
gektar va undan ham ozroq er to’g’ri kelishi, bunday joylarga erni xususiy mulk 
sifatida bo’lib berish katta fojeaga aylanib ketishi mumkinligi ta’kidlanadi. 
Ikkinchidan, respublikamizdagi sug’oriladigan dehqonchilik, katta-katta 
kanallar, sug’orish va drenaj tarmoqlari, sug’oriladigan dalalar bilan bog’liq 
bo’lgan yaxlit er-suv kompleksini yuzaga keltirishi, bunday sharoitda erning o’zini 
xususiy mulk sifatida foydalanishga topshirish ma’no kasb etmasligi qayd etiladi. 
Uchinchidan, o’lkamizda asosiy fondlar suv xo’jaligi vositalari, mashina-
traktorlar, chorvachilik komplekslari, katta bog’dorchilik – uzumchilik xo’jaliklari 
tarzida shakllangani, bu esa keng ko’lamda asosiy ishlab chiqarish vositalarini 
yakka xo’jaliklarga bo’lib berish mumkin emasligini anglatishi isbotlab berildi. 
To’rtinchidan, faqat paxta etishtirishga ixtisoslashib qolish, ayni xo’jalik 
maydonlarining kengligi (1 ming gektardan boshlab to 6-8 ming gektargacha 
bo’lishi), sug’oriladigan paykallarning 4-12 gektar erni egallashi, mehnatning 80 


29 
foiziga qadar qismi mexanizmlar yordamida bajarilishi o’sha davrda jamoa va 
davlat xo’jaliklarini tarqatib yuborishni asossiz qilib qo’ygan bo’lsa-da, ayni 
paytda, jamoa va davlat xo’jaliklaridagi ishlab chiqarish munosabatlari zamon 
talablariga javob bermay qolgani haqli ravishda ko’rsatib o’tildi. 
Qishloq xo’jaligi sohasi, uning tarmoqlarini yangi ish uslubiga 
o’tkazayotgan islohotning asosiy maqsadi – avvalombor, dehqonlarning ishdan 
manfaatdorligini tubdan o’zgartirish, o’z mehnatining hosili, pirovard natijasini 
birinchi navbatda ularning o’ziga qaytarish, turmush darajasini, saviyasini 
ko’tarishdan iborat edi. Shunga asoslanib, jamoa va davlat xo’jaliklarini tubdan 
o’zgartirib, shaxsiy, kooperativ va dehqon-fermer xo’jaliklariga keng ko’lamda 
yo’l ochib berish masalasi kun tartibiga qo’yildi. 
Davlatimiz rahbari o’sha davrdagi jamoa va davlat xo’jaliklarining xo’jalik 
yuritish mexanizmini qayta qurishni, bir tomndan, rahbarlikning ma’muriy-
buyruqbozlikka asoslangan usullarini bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy 
usullar bilan almashtirib, boshqaruvning butun mexanizmini shaxs va mehnat 
jamoasining moddiy manfaatdorligi qoidalari asosida kam sarf-harajat bilan 
ko’proq mahsulot ishlab chiqarishga erishishga qaratish zarurligini; boshqa 
tomonidan, mavjud xo’jaliklarning ichki tuzilishi ijara-kooperativ usuliga, barcha 
ishlab chiqarish vositalari va xizmat ko’rsatish sohalari mustaqil xo’jalik hisobidan 
ijara, kooperativ va aktsiyadorlik jamoalariga almashirilishi zarurligini ko’rsatib 
berdi. 
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishidagi asosiy figura -
dehqonlarimizning farovon yashashini ta’minlash, ularning daromadini 
ko’paytirishning asosiy manbalarini to’g’ri belgilalab olish muhim hisoblanadi. 
Shuni aytish kerakki, er ajratib berilayotganda ko’pgina xo’jalik rahbarlari 
havotirda edi – ular jamoa xo’jaliklarida etishtiriladigan mahsulot kamayib 
ketmasmikan, deb o’ylashgan edi. Bu havotir o’rinsiz bo’lib chiqdi. 1990 yil jamoa 
xo’jaliklari mahsuloti 1989 yilgiga nisbatan 103 foizni tashkil etdi. Shaxsiy 
xo’jaliklarning bergan mahsuloti hajmi 108 foizga o’sdi. 


30 
O’zbekiston SSR Prezidentining “Shaxsiy tomorqa xo’jaliklarining egalari 
bo’lmish dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ularning uyushmasi moddiy- 
texnik bazasini mustahkamlash to’g’risida”gi Farmoniga binoan, dehqonlarga, 
shaxsiy yordamchi xo’jalik egalariga moliyaviy yordam tariqasida 1 milliard so’m 
ajratilishi ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilashda katta omil bo’ldi. Qo’shimcha 
ajratilayotgan moliyaviy yordam, asosan, iqtisodiy jihatdan zaif xo’jaliklarni 
qo’llab-quvvatlashga, ularning moddiy texnik bazasini kengaytirish va 
mustahkamlashga, mahsulotni qayta ishlaydigan kichik korxonalar qurish, 
transport vositalari, kichik mexanizatsiya texnikasi va chorva mollarini sotib 
olishga sarflandi. 
Ishlab chiqarishning yangicha usuli – dehqon-fermer xo’jaligi qishloq 
xo’jaligini inqirozdan olib chiqadigan yo’ldir. Bunda dehqon-fermer xo’jaligini 
asosiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatish mumkin. 
O’sha pallada respublikamiz qishloq xo’jaligida dehqon-fermer xo’jaligini 
rivojlantirishning quyidagi asosiy muammolarini bartaraf etishga asosiy e’tibor 
qaratish zarur edi: 
- qisqa vaqt ichida kerakli texnika vositalari bilan ta’minlash; 
- talaba qilinayotgan kichik traktorlar, boshqa qulay va ixcham texnika 
vositalarini ishlab chiqarishni milliy sanoatimiz hali to’la qondira olmayotgan edi; 
- chorvachilik mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklarni em-
xashak bilan etarlicha ta’minlash, mollarning zotini yaxshilash, ularning 
mahsuldorligini oshirish. 
Prezidentimiz o’z rahbarlik faoliyatini boshlagan paytda respublikadagi 
ko’plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning negizida uzoq yillar davomida hukm 
surib kelgan ma’muriy-buyruqbozik tizimining asoratli ta’siri yotishini, shunga 
ko’ra ularni hal etishning yagona to’g’ri yo’li – bu iqtisodiyotga bozor 
munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib va rivojlantirib borish ekanini 
qat’iy belgilab berdi. Jumladan, ushbu jarayoning maqsadga muvofiq tarzda, 


31 
samarali va eng muhimi, aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatmagan holda 
amalga oshishi uchun quyidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi: 
- O’zbekiston sharoitida bozor mexanizmining mohiyati va mazmuniga 
sergaklik bilan va har tomonlama real baho berish, uning joriy etilishida vujudga 
kelishi mumkin bo’lgan murakkabliklar va noxush oqibatalarni ko’zda tutish, 
o’tish davri keskinliklarini yumshatishga yordam beradigan zarur mexanizmlarni 
oldindan yaratib qo’yish kerak; 
- nonning chakana narxi, boshqa narxlardan ayri holda bir tomonlama 
oshirilishi g’alla bilan paxta, ulardan olinadigan mahsulotlar narxlarining 
ekvivalentligiga erishish yo’lidagi say’-harakatlarni, ko’zda tutilayotgan yoqilg’i, 
metall va texnika narxlarining oshirilishi esa pahtaga haq to’lashni ko’paytirish 
tartiblarini tamomila yo’qqa chiqaradi; 
- respublika uchun katta ahamiyat kasb etuvchi boshlang’ich sharoitlarda 
hisobga olish va barobarlashtirish masalasiga chuqur e’tibor qaratish lozim; 
- bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi haqidagi SSSR hukumatining 
ma’ruzasida 
investitsiyalarni 
qisqartirish 
masalasining 
qo’yilishi 
xato 
yondashuvdir, chunki ishlab chiqarishning mavjud texnikaviy va strukturaviy 
darajasida bunday siyosat battar qoloqlikkka olib boradi; 
- maqsadli, tarkibiy siyosatni, kapital qurilishdagi ustun yo’nalishlarni, 
aavlo, tugallanmagan qurilishlarni keskin qisqartirish maqsadida tubdan qayta 
ko’rib chiqish zarur; 
- aholi ijtimoiy himoyasining aniq a ta’sirchan mexanizmlari zarur; 
- uy-joy qurlishiga alohida e’tibor berish lozim. Bunda yaqin besh yil ichida 
67-68 million kvadrat metr uy-joyni foydalanishga topshirish, 6 milliondan 
ziyodroq kishining uy-joy sharoitini yaxshilash vazifasi qo’yilishi muhim ahamiyat 
kasb etadi; 
- aholiga kommunal xizmatni keskin yaxshilash, jumladan, aholining 
markazlashtirilgan suv ta’minoti darajasini 52 foizdan 67 foizga etkazish, 
Orolbo’yi zonasida esa 1995 yilgacha butun aholini markazlashtirilgan suv 


32 
ta’minotiga o’tkazish, qishloq aholi punktlarini gazlashtirish sur’atlarining ikki 
barobar ortishi ahamiyatlidir; 
- respublikadagi ijtimoiy o’zgarishlarni hal etishga byudjet mablag’laridan 
tashqari vazirliklar, idoralar, korxona va tashkilotlarning o’z hissasini qo’shishini 
ta’minlash kerak. 
- respublikada o’tish davridagi resurs va imkoniyatlardan samarali 
foydalanish, aholining ijtimoiy himoyasi, ayniqsa, kam ta’minlangan aholining 
ijtimoiy himoyasining ishonchli mexanizmi ishlab chiqilishi; 
- respublikada mulkilikning qanday shakllari bo’lishini aniqlab olish; 
- ayrim dalvat mulkidagi ishlab chiqarish ob’ektlarini mulchilik va xo’jalik 
yurtishning boshqa shakllariga aylantirishni belgilab olish; 
- iste’mol mollari, xalq hunarmandchiligi, xalq ijodiyoti mahsulotlari ishlab 
chiqaradigan, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat sohasidagi yoki yordamchi 
korxonalar, ikkilamchi resurslarni va ishlab chiqarish chiqindilarini qayta 
ishlaydigan katta birlashmalarning ayrim buyurtmalarini bajaradigan korxonalarni 
kichik xususiy korxonalar ko’rinishida tashkil etishning qonuniy tartibini aniq 
belgilab qo’yish; 
- yirik ishlab chiqarish komplekslari, shu jumladan, mamlakatning boshqa 
mintaqlaridagi komplekslar tomonidan mayda va o’rtacha korxonalar, filiallar va 
tsexlar tashkil etilishini rag’batlantirish; 
- yordamchi ishlab chiqarish bo’linmalari tuzilishida ularning mehnat 
jamoalarini uy-joy va ijtimoiy, madaniy, maishiy ob’ektlar bilan to’la ta’minlash; 
- qo’shma korxonalar tashkil etish ishini faollashtirish va boshqalar. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o’z umrini o’tab, bozor munosabatlariga 
o’tish harakatlari endigina ro’y berayotgan bir davrda, respublika Oliy 
Kengashining sessiyasida tasdiqlangan bozor munosabtalirga o’tishning dasturi
O’zbekistonni konservatorlar respublikasi deb noo’rin tanqid qilinishiga sabab 
bo’ldi. Bunga javoban, respublikamiz rahbari jamiyat taraqqiyotidagi 
“sakrash”larning salbiy jihatlari, xususan, O’zbekistondagi og’ir ijtimoiy-iqtisodiy 


33 
sharoitda inqilobiy o’zgarishlar turli xavf-xatarlar bilan bog’liqligi, umuman 
“sakrab o’tish” g’oyasi esa respublika uchun og’ir, halokatli oqibatlarga sabab 
bo’lishini asoslab berdi. Shu bilan birga, boshqa respublikalarda xususiylashtirish 
to’g’risida gap sotilayotganda, aynan muxoliflar tomonidan o’rinsiz tanqid 
qilinayotgan “konservatorlar respublikasi”da birinchilardan bo’lib xususiy 
korxonalar paydo bo’ldi. Respublikada do’konlarni va maishiy xizmat ko’rsatish 
sohasini xususiylashtirish boshlanib, 1990 yilning o’zida 170 ming gektar er 
oilalarga meros qoldirish huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million 
gektargacha etkazish belgilab olindi. So’nggi paytlargacha erlarning bor-yo’g’i 4,5 
foizida dehqonchilik qilgan shaxsiy xo’jaliklar respublikadagi oziq-ovqat 
resurslarining 40 foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo’lsa, erlarning 
umumiy salmog’ida bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda 
oziq - ovqat mahsulotlari hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar. 
Yurtboshimizni O’zbekistonning haqiqiy iqtisodiy mustaqilligi masalasi 
qattiq tashvishga solib, o’ylantirar edi. Agar respublika iqtisodiy quvvatini tashkil 
etadigan barcha asosiy fondlar o’sha davrda 100 milliard so’m deb hisoblansa
amal qilayotgan tartibga ko’ra, qariyib 30 milliard so’m pul Ittifoq ixtiyorida edi. 
Ishlab chiqarishning asosiy fondlarida esa bu mutanosiblik yanada yomon bo’lib, 
mablag’larning beshdan ikki qismi Ittifoq tasarrufida, shu jumladan, sanoatda ana 
shu mablag’larning deyarli 70 foizi, transportda hamda moddiy- texnik 
ta’minotda, ilm-fanda 30 foizga yaqin Ittifoqqa tegishli edi. 
Bundan ko’rinadika, Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan barcha davlat mulki 
(bu hamma asosiy fondlarning deyarli 90 foizini takil etadi) “Butun sovet xalqiga 
tegishlidir” degan qoida hech qanday real asosga ega emas edi. Respublikamiz o’z 
boyliklarini o’zi tasarruf eta olmas ekan, undan xalq manfaati yo’lida, samarali 
foydalanish haqida umuman gap bo’lishi mumkin emasdi. 
Shunga ko’ra, respublika Oliy Sovetining doimiy komissiyalarida 
O’zbekistonning butun tarixi davomida birinchi marta mulkchilik to’g’risidagi 
qonunni tayyorlashga kirishildi. Bunda quyidagi masalalar muhim deb topildi: 


34 
Birinchi: respublika mulki mustaqil va u federatsiyadan ajratilgan. 
Ikkinchi: o’lkamiz zamini, er osti boyliklari. Korxona va tashkilotlari 
O’zbekistonning mutlaqo o’z mulki hisoblanadi. Ana shu boyliklar 
mustaqilligimizni, 
respublikamizning 
madaniy 
va 
tarixiy 
qadriyatlarini 
ta’minlaydi. 
Uchinchi: O’zbekistonda mulkchilikning xilma-xil shakllari rivojlantirilib, 
ularning teng huquqliligi ta’minlanadi. 
Prezidentimiz bozor munosabatlariga o’tish muammolarini sinchkovlik bilan 
o’rganib, ularni hal etishda o’ta ehtiyotkorlik bilan yondaishi masalalariga e’tibor 
qaratar ekan, ayniqsa, xususiy korxonalarning tashkil etilishi borasidagi chuqur 
fikr-mulohazalarini bayon etdi. Maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, savdo-sotiq, 
mahsulotni qayta ishlovchi kichik-kichik korxonalarni sotish tadbirini ko’rish 
zarurligi quyidagilar orqali izohlanadi: 
Birinchidan, bu korxonalarning ko’pchiligi kam rentabelli yoki zarar 
ko’radigan korxonalar bo’lib, ularni xususiy kishildarga sotish byudjet 
xarajatlarining odini olish va qo’shimcha daromadlarga ega bo’lish imkonini 
beradi. 
Ikkinchidan, bu mayda shaxobchalar aslida yarim xususiy mulk bo’lib, 
vazirliklar, idoralar va ijroiya komitetlarda ular bilan hech kim chinakamiga 
shug’ullanmayapti. 
Uchinchidan, ishlab chiqarishni jonlantirish, raqobat uchun shart-sharoit 
yaratish, xo’jalik yuritishning yanada samarali shakllarini tanlab olish maqsadida 
mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi e’lon qilinmoqda. 
Binobarin, mulkchilik va xo’jalik yurtishning turli shakllari ustidan har 
tomonlama nazorat o’rnatish kerak, biroq bu holat xo’jalik ishlariga to’g’ridan-
to’g’ri aralashish hamda tashabbusni bo’g’ish uchun asos bo’lmasligi lozim. 
Nazorat faqat belgilangan qonunlar, normalar va qoidalarga qat’iy rioya etilishini 
ta’minlashi va moliyaviy, soliq tusiga, xullas, iqtisodiy tusga ega bo’lishi kerak. 


35 
Shu munosabat bilan Moliya ministrligi, Mehnat va ijtimoiy masalalar 
davlat komiteti, Adliya ministrligi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 
korxonalarni xususiy mulkka o’tkazish bilan bog’liq quyidagi masalalarni izchil 
ishlab chiqishlari kerakligi ta’kidlandi. 
Birinchi – ushbu korxonada ishlovchilar va shu korxona egalarining maqomi 
(mehnat daftarchasi, ish staji, pensiya ta’minoti, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy 
himoyaning boshqa shakllari). 
Ikkinchi – mehnatga haq to’lashning, shu jumladan, yollanma ishchilar 
uchun eng kam ish haqi belgilashning shakllari va shartlari. 
Uchinchi – xususiy mulkka o’tkazish maqsadga muvofiq bo’lgan tarmoqlar 
doirasi va korxonlaar miqdori. 
Yuqoridagilardan 
xulosa 
qilish 
mumkinki, 
Prezidentimiz 
Islom 
Karimovning respublika rahbari sifatidagi faoliyati hayotning boshqa ko’plab 
jabhalari qatorida ijtimoiy va iqtisodiy ahvolni tubdan o’zgartirish, bunda eng 
avvalo barcha muammo va masalalar echimiga xalqimiz manfaati orqali 
yondashish, sobiq ma’muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilishi natijasida vujudga 
kelgan salbiy holatlarni tezlik bilan bartaraf etish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarini bosqichma-bosqich shakllantirib va rivojlantirib 
borish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish bilan uzviy 
bog’liqdir. Bularning barchasini “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” 
kitobini mutolaa qilish jarayonida anglab, Yurtboshimizning o’sha o’ta og’ir 
vaziyatlarda ham o’n yillar oldingi istiqbolini ko’zlab, oqilona siyosat olib 
borganiga takror va takror ishonch hosil qilamiz. 


36 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin