Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


D) o‘quvchiIarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/20
tarix28.11.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#70950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Sinf rahbar daftari 2022 2023 to`liq hajmdagi eng to`g`ri variantdagi

D) o‘quvchiIarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo‘nalishida:


- o'quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to'garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o‘lkashunoslik yo‘nalishidagi to‘garaklarga, klublarga jalb qilish;
- milliy madaniyatning asosi bo‘lgan musiqa va qo‘shiq, kino, adabiyot, xalq og‘zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me’morchilik kabi xalq amaliy san’ati turlari vositasida o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ularni madaniyat maskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikda jalb etish;
- o‘quvchilarni yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish;
- turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda (bayramlar, ko‘rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) sinf o‘quvchilarining faol ishtirokini ta’minlash;

E) o‘quvchiIarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:


- sinf jamoasi bilan birgalikda sinf faollarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, o‘quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;
- sinf o‘quvchilarining ehtiyoji va qiziqishlarini har tomonlama o‘rganish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
- har bir o‘quvchining o‘zi uchun kun tartibi tuzishini tashkil etish va uning bajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;
- o‘quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;
- o‘quvchilarda maktab hududi, binosi, yo‘laklari va sinf xonalarini ozoda tutish bilan bog‘liq ekologik tarbiya ko‘nikmalarini mustahkamlab borish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin