Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə44/52
tarix17.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#115298
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Arxeologiya qo\'llanma

Elatan madaniyati ilk temir davriga oid bo‘lib, u mil.avv.VII–V asrlarga oiddir. Elatan madaniyatiga doir yodgorliklar Farg‘ona vodiysining deyarli barcha xududlaridan aniqlangan. Ulardan Elatan manzilgohida keng ko‘lamli qazish ishlari olib borilgan. Bu manzilgoh uchburchak shaklda bo‘lib, mudofaa devori bilan o‘ralgan (eni 4m).Mudofaa devorlarining bir necha joyida va darvoza burchagida burjlar aniqlangan. Qurilishda paxsa, xom g‘isht va guvaladan foydalanganlar. Dehqonchilikda asosan bug‘doy, arpa, sholi ekishgan. Chorvachilik xam taraqqiy qilgan bo‘lib, asosan kichik tuyoqli chorva mollari boqilgan.
Sopol idishlar qo‘lda va kulolchilik charxida ishlangan. Bu davrdan temirdan buyumlar yasash keng tarqala boshlagan. To‘qimachilik ham rivojlangan.
Qadimgi shaxarlar tarkib topishi, albatta, aholining o‘troq dehqonchilik madaniyati bilan bog‘liq bo‘lib, dehqonchilik vohalarining markazlari sifatida shaharlar qad ko‘targan.
Evropa va Sibirdagi ilk temir davri yodgorliklari.Temir davri boshlarida Qozog‘iston cho‘llari va Qora dengiz bo‘ylari dashtlarida ko‘chmanchi chorvador qabilalar iste’qomat qilishgan. Ular grek yozma manbalarida skiflar deb berilsa, eron yozuvlarida saklar, Avestoda esa turlar tarzida berilgan. Grek manbalarida skiflarning turmush tarzi va urf-odatlari haqida to‘liq ma’lumot berilgan. Ulardan moddiy yodgorlik sifatida mozor–qo‘rg‘onlari saqlanib qolgan. Mozor-qo‘rg‘onlarning tagida chuqurlar yoki katakombalar bor. Ularda cho‘ziltirib ko‘milgan o‘liklar bor. Bronza davrda ko‘chmanchi qabilalarda mulkiy tabaqalanish bo‘lmagan. Lekin temir davrida bu xol yaqqol ko‘rinadi. Katta hajmdagi mozor qo‘rg‘onlar badavlat aholiga tegishli bo‘lib, u erdan qurol aslaxa va turli qimmatbaho buyumlar topilgan. Kichik mozor–qo‘rg‘onlarda esa, ma’lum miqdorda o‘qlar va zeb– ziynatlar bor, ba’zilarida esa umuman uchramaydi.
Skiflar, Geradotning xabaricha, qilichga sig‘inishgan, hatto unga qurbonliklar keltirishgan. Ularning qilichi temirdan yasalib, dastasining boshi yoysimon qilib qayirligan, dastaning tagi esa, kapalak qanotlariga o‘xshash gulband qo‘yilgan. Ammo, skiflar o‘q–yoyni ishlatishda juda moxir bo‘lishgan. O‘qlari bronzadan ishlangan va uch qirrali bo‘lgan. Bunday o‘qlar ilk temir davrida Sharqiy Evropa, Sibir va O‘rta Osiyoning juda ko‘p erlaridan topilgan.
Skiflarning sopol idishlari qo‘lda ishlangan. Naqshi bo‘lmagan, tagi yassi bo‘lib, turlari ko‘p bo‘lgan.
Geradot skiflarning ko‘mish marosimini to‘liq tasvirlab bergan, buni arxeologik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Skif podshosi qaerda o‘lsa xam, uni Dneprning ostonalaridan pastroqdagi Gerri degan joyga olib borib ko‘mishgan. Bu joydan g‘oyat boy skif qabrlari topilgan. Lekin ularning barisi talab ketilgan.
Gerodotning xikoyasi bo‘yicha, qabrga podshoning ayollari, jangchilari, qullari, otboqarlari va otlari o‘ldirilib birga ko‘milgan. Shuningdek, bu erda ularning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq turli xayvonlarning oltin haykalchalari (bug‘u tasviri ko‘plab topilgan), kumush idishlari va sopol buyumlari xam qo‘yilgan. Soloxa, Chertomlik, Kuloba mozor–qo‘rg‘onlari bularga misol bo‘la oladi. Jumladan quyi Dnepr bo‘yidagi Chertomlik mozor– qo‘rg‘onining balandligi 20 metr, aylanasi esa, 350 metr bo‘lgan.
Mil.av.II asrgacha skiflarda matriarxat tuzumi hukmronlik qilgan. Bu davrdan boshlab, endi ko‘chmanchi chorvadorlar sarmatlar, keyinchalik alanlar nomi bilan yuritiladi. Endilikda sarmatlarning qilichi 1 metr va undan uzunroq bo‘lgan va otda chopishga qulay bo‘lgan. Dastasi yog‘ochdan ishlangan. O‘qlari esa temirdan ishlanib, uch parrakli shaklini saqlab qolgan. Sarmatlar tomonidan siqib chiqarilgan skiflar mil.avv. II asrda Qrimga ko‘chib kelib, o‘z davlatlariga asos solganlar. Ularning markaziy shaxri Neopol bo‘lgan. Shahar tosh devor bilan o‘ralgan. Uylar xam toshdan yasalgan. Skif zadogonlari maqbaralari xam toshdan ishlangan. Shuningdek, qoya tosh ichiga o‘yilgan daxmalar xam topilgan. Ularning barchasi talangan bo‘lsada, u davr to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi.
Rossiya xududida mil.av VII–II asrlarga oid Volga, Oka daryolari bo‘ylarida Dyakovo shahar xarobalari va Kama bo‘yidan Ananino shaxar xarobalari topilgan. Bu erning axolisi asosan chorvachilik (yilqichilik), qisman dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Dyakovo yodgorligidan erto‘lalar, temir o‘roqlar, yorg‘uchoqlar, urchuqtoshlar topilgan. Bu erdan asosan suyakdan ishlangan mehnat qurollari topilgan. Ananno yodgorligidan esa, katta urug‘ iste’qomat qilgan uzunasiga solingan uylar qoldig‘i topilgan. Ularning dafn marosimlari axoli o‘rtasida mulkiy tabaqalanish boshlanganligini ko‘rsatadi. Boylarning qabrlarida turli zeb-ziynatlar, qurol yarog‘lar bor. Oddiy odamlarilarnikida esa bunday buyumlar kam uchraydi, ba’zilarida esa umuman yo‘q.
Sibirning temir davri yodgorliklaridan Sayan va Oltoy yodgorliklari mashxurdir, chunki bu xududlar unumdor va metallga boy bo‘lgan. Lekin sibirliklar temir bilan mil.avv. V asrdan tanishishgan. Aholisi sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Bu davrga oid ko‘plab qoyatosh suratlari saqlanib qolgan. Ularda dehqonchilik bilan jarayonlar, axolining turmush tarzi aks etgan. Boyari tog‘idagi suratda 3 ta yog‘och va bitta paxsa uy va o‘tov rasmi solingan. Uning chap tomonida echkiva bug‘ularni haydab kelayotgan cho‘pon tasviri bor. Bundan arxeologlar bu erning axolisi chorvachilik bilan xam shug‘ullanishgan degan xulosaga kelgan. Ularning qabrlari xam mozor–qo‘rg‘onlar shaklida bo‘lib, u erlarda haqiqiy mehnat va harbiy qurollar o‘rninga ularning kichik modellari qo‘yilgan.
Umuman temir davrida Sharqiy Evropa va Sibir aholisi yaratgan moddiy madaniyat bir biriga juda yaqin. Ulardagi urf–odatlar, ko‘mish marosimi shuningdek, oltin, kumush, bronza, suyakdan ishlangan deyarli barcha mexnat qurollari, turli haykalchalar, harbiy qurollari o‘rtasidagi o‘xshashlik katta. Bu esa, ilk temir davrida Sharqiy Evropa, O‘rta Osiyo va Sibir o‘rtasida mustakam aloqalar bo‘lganligidan darak beradi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin