Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Aldash harakatlari (fintlar)



Yüklə 317 Kb.
səhifə6/8
tarix02.01.2022
ölçüsü317 Kb.
#45226
1   2   3   4   5   6   7   8
Futbol uyinini to`pni boshqarish texnikasining o`rgatish

Aldash harakatlari (fintlar)

Futbol texnikasining raqib bilan bevosita yakkama-yakka kurashda bajariladigan usullar guruhi aldash harakatlarini tashkil etadi. Fintlar raqib qarshiligini yengish va o’yinni davom ettirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishlatiladi.

Fintlardan foydalanish hujumda ham, himoyada ham ko’p taktik masalalarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi.

Futbol texnikasida aldash harakatlarining qo’yidagi asosiy usullari ko’zga tashlanadi: "Qocha turib" aldash, "zarba berib" aldash, "to’pni to’xtatib" aldash. Bu fintlarni va ularning turlarini bajarishning xilma-xil usullari bor. Fintlarning tasnifi 40-rasmda berilgan.



Aldash harakatlari texnikasini tahlil qilganda, ikkita umumiy bosqich ajratib ko’rsatiladi. Bulardan biri tayyorlov bosqichi bo’lsa, ikkinchisi asl niyatni amalga oshirish bosqichidir. Aldash harakatlari birinchi bosqichda raqibda qarshilik ko’rsatish uchun javob reaksiyasi uyg’otishga qaratilgan bo’ladi. Shu bosqichdagi harakatning tabiiyligi raqibning javob reaksiyasi qanday bo’lishini belgilab beradi. Ikkinchi bosqichda aldash harakatiga javoban raqib reaksiyasidan keyin futbolchining asl niyati amalga oshiriladi. O’yindagi vaziyat va taktik mulohazalarga qarab variantlarning ko’p bo’lishi asl niyatni amalga oshirish bosqichiga xos xususiyatdir. Fintlarni (olg’a, o’ngga, chapga, orqaga) qochib qolish, to’pni olib qochish, kelayotgan to’pga tegmay sherigiga o’tkazib yuborish hamda bajarishda to’p bilan shularning birgalikdagi turli variantlari qo’llaniladi.

Aldash harakati birinchi bosqichining tezligi qo’llanilayotgan texnik usulning tayyorlov bosqichini tabiiy qilib bajarish uchun zarur bo’lgan vaqt bilan belgbilanadi. Ikkinchi bosqichni bajarish tezligi esa taktik sharoitga bog’liq bo’lib, odatda, maksimumga yaqin bo’ladi.



  1. rasm. Fintlarning tasniflanishi

"Qochib qolish" finti. Turli usullarda bajariladigan bu texnik usul harakat yo’nalishini to’satdan va tez o’zgartirish prinsipiga asoslangan. O’yinchi tayyorlov

bosqichida muayyan yo’nalishda raqibdan qochib qolmoqchi bo’lganday harakat qiladi. Raqib ham shu tomonga intilib, uning o’tmoqchi bo’lgan zonasini to’sib chiqmoqchi bo’ladi. O’yinchi asl niyatini amalga oshirish bosqichida tezda harakat yo’nalishini o’zgartirib, to’pni qarama-qarshi tomonga olib qochadi.



Qochib qoladigan aldash harakatlari ko’pincha oyoqlarni yarim bukib bajariladi, chunki bu hol harakat amplitudasi keng bo’lishini, demak, raqib ancha chetda qolishini, shuningdek, harakat yo’nalishini tez o’zgartirishini ta’minlaydi.

Tashlanib "qochish". Raqib oldindan hujum qilganida, o’yinchi uning o’ng yoki chap tomonidan o’tib ketmoqchidek harakat qiladi.

Futbolchining chap tomonga qochish harakatini qilib, o’ng tomonga qochib qolishi jarayonini ko’rib chiqamiz. O’yinchi raqibga 1,5-2 m cha qolganda o’ng oyog’ida depsinib, oldinga - chapga keng odim bilan tashlanadi. Lekin og’irlik markazi o’qining proeksiyasi tayanch sathga yetib bormaydi. Bunda muvozanat qandaydir omonatroq bo’lib qolsa ham, uning shundan keyingi harakatga yordami tegadi. Raqib uning o’tib ketish zonasini to’smoqchi bo’lib, tashlanish tomoniga o’tadi. Shunda fint qilayotgan o’yinchi o’ng tomonga qadam tashlaydi. To’pni o’ng oyoq yuzining tashqi qismi bilan oldinga - o’ng tomonga yo’naltiradi.

Oyoqni to’p ustidan o’tkazib "qochish". Bu fint ko’pincha raqib orqadan

hujum qilganda qo’llaniladi (4-rasm). To’pni egallab turgan o’yinchi tayyorlov harakatlarida o’zini yon tomonga ketmoqchiday ko’rsatadi. Gavdasini chap tomonga buradi, o’ng oyog’ini chalishtirib to’p ustidan o’tkazadi-da, chap tomonga tashlanadi. Orqadan hujum qilayotgan raqib to’pni ko’rmaydi. O’yinchiga ergashib u ham chapga tashlanadi. Shu paytda to’pni egallab turgan o’yinchi tezlik bilan o’ngga aylanib, to’pni oyoq yuzining tashqi qismi bilan olg’a yo’naltiradi-da, keyin o’yindagi vaziyatga qarab harakatini davom ettiradi.


Yüklə 317 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin