bo'yicha axborot-tahliliy materiallar bilan ta'minlashga yunaltirilgan. Kotibiyat o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Jo'qorg'i Kengesining qarorlari va boshqa hujjatlari, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi. Kotibiyat o'z vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining tegishli o'rinbosariga bo'ysinadi hamda ayni paytda uning faoliyati Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi . Kotibiyat o'z faoliyatini Vazirlar Kengashi aparatining boshqa tarkibiy bo'linmalari
apparatining boshqa tarkibiy bo'linmalari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 2-bob. Kotibiyatning vazifalari va funktsiyalari Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi: a) kapital qurilish va pudrat ishlari dasturlari sohasida: iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy o'zgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks o'rganilishini tashkil etish; kapital qurilishda, muhim xalq xo'jaligi ob'ektlari qurilishida, shu jumladan, ijtimoiy soha, uy-