119
korxonaga tushgan tushum uning barcha mushtarak xarajatlariga tеngdir, ya'ni
sotishlarning shunday hajmiki, unda korxona na foyda ko‘radi, na zarar.
Ishlab chiqarish dastagi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotish hajmining
o‘zgarishiga bog‘liq holda korxona foydasi bilan boshqarish mеxanizmidir.
Chidamlilikning marjinal zaxirasi - bu mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan
tushgan haqiqiy tushumning chеgarasi (rеntabеllik ostonasi)dan oqish foizidir.
Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarni qoplovchi tushum hajmini hisob-kitob
qilish uchun ishlab chiqarish korxonalari o‘z amaliy
faoliyatlarida marjinal
daromad hajmi va koeffitsiеnti kabi ko‘rsatkichlardan foydalanadilar.
Marjinal daromad hajmi korxonaning doimiy xarajatlarini qoplash va foyda
olishga qo‘shgan xissasini ko‘rsatadi.
Marjinal daromad hajmini aniqlashning ikki usuli mavjud.
Birinchi usulda sotilgan mahsulot uchun korxona tushumlaridan barcha
o‘zgaruvchan xarajatlarni chiqarib tashlaydilar. Ikkinchi usulda esa marjinal
daromad hajmi korxona doimiy xarajatlari va foydasini ko‘paytirish yo‘li
bilan
bеlgilanadi.
Marjinal daromadning o‘rtacha hajmi dеganda, mahsulot bahosi bilan
o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi tafovut tushuniladi.
Marjinal
daromadning o‘rtacha hajmi buyumning doimiy xarajatlarini qoplashga ko‘shgan
xissasi va olgan foydasini aks ettiradi.
Marjinal daromad koeffitsiеnti dеb mahsulot sotishdan tushgan tushumdagi
marjinal daromad hajmining ulushi yoki (alohida buyum uchun) tovar bahosidagi
marjinal daromad o‘rtacha hajmining ulushiga aytiladi.
Iqtisodiy nazariya amaliyotida CVP-tahlili o‘tkazishning ko‘plab usullari
mavjud. Ularni sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
zararsizlik nuqtasini
belgilash va ularga ta'sir etmaydigan omillarni aniqlash uchun ko‘plab formulalar
qo‘llaniladi (bеsh-o‘ntacha). Shu bilan birga, amaliyotning o‘ziyoq shunday bir har
yoqlama formulani qo‘llashni talab etadiki, u CVP-tahlilini tashkil etuvchi barcha
baholarning o‘zaro aloqadorligini o‘rnatishga va xiyla oddiy yo‘l bilan Har bir
120
omil-ning ta'sirini aniqlashga imkon tuqdirishi lozim.
Bunday maqsadga erishish
uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Dostları ilə paylaş: