1.4. Boshqaruv hisobining shakllanishi va tadrijiy rivojlanishi
Hozirgi kundagi globallashuv boshqaruv hisobining shakllanishi va
rivojlanishini har tomonlama chuqur tadqiq etishni taqozo qiladi. Bunga istiqbolli
ilmiy yo‗nalishlardan hisoblangan boshqaruv hisobi ayrim iqtisodiy adabiyotlarda
23
turlicha, hatto bir-biriga qarama-qarshi tarzda talqin qilinayotganligi ham sabab
bo‗lmoqda.
Shu bilan birga olimlar o‗rtasida hozirgi qadar boshqaruv hisobining fan
sifatidagi konsepsiyasi bo‗yicha yagona bir fikrga kelinmagani yaqqol namoyon
bo‗lmoqda. Fikrimizcha, ushbu masalalarda yagona bir fikrga kelish va mualliflik
qarashini belgilab olishda nafaqat mamlakatimiz olimlarining boshqaruv hisobi
shakllanishi hamda evolyusiyasiga oid tadqiqotlaridan, balki rivojlangan xorijiy
mamlakatlarning bu boradagi ilg‗or tajriba va yondashuvlaridan foydalanish ham
maqsadga muvofiq.
Xorijlik bir gurux olimlar boshqaruv hisobi yuzaga kelishini buxgalteriya
hisobining tarixiy shakllanishi doirasida o‗rganishgan. Ular buxgalteriya hisobi o‗z
shakllanishi va evolyusiyasida bir necha bosqichlarni bosib o‗tgan, deb
hisoblashadi.
Ushbu ma'lumotlarni tahlili buxgalteriya hisobining shakllanishi va
evolyusiyasi bosqichlari asosan bir biriga mos kelishi, boshqaruv hisobining
tarixan yuzaga kelishi korxonalarda xuquqiy hamda iqtisodiy munosabatlar paydo
bo‗lishi bilan chambarchas bog‗liqligini ko‗rsatmoqda.
Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobi kameral buxgalteriya
asosida yuzaga kelgan, degan fikrlar ham uchraydi. Masalan, professor
G.Al'termanning fikricha, «Kameral buxgalteriya avvaldan belgilangan smeta
(byudjet) asosida ishlab chiqarishning borishini nazorat qilishni maqsad qilib
qo‗yadi. Boshqaruvchilar mavjud iqtisodiy xolatni xisobga olib, kelgusi yil uchun
byudjetlar tuzadi va unda ishlab chiqarishni boshqarishning tegishli taktikasini
ishlab chiqadi». ―Ekomonologiya‖ fanida tadqiqot ob'ekti sifatida smet (byudjet),
buxgalteriya va nazoratni o‗rgangan Rossiyalik professor L.I. Gomberg smetani
xo‗jalik hisobi bilan bog‗lagan va rejalashtirish vositasi sifatida qaragan,
buxgalteriya faoliyati asosida sabab-oqibat yotadi, deb hisoblagan va nazoratning
dastlabki hamda yakuniy nazorat turlarinigina tan olib, uni xo‗jalik faoliyatining
korxona manfaatlariga mos kelishini ta'minlovchi jarayon sifatida ta'riflagan.
Professor A.P. Rudanovskiy esa, schyotlar rejasiga byudjet schyotlarini kiritish
24
taklifini ilgari surgan va har bir xo‗jalik jarayonini byudjet bilan bog‗lab, mazkur
jarayonni byudjetlashtirish, deb atagan.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobi tarixan kapitalistik
jamiyatda tijorat siri tufayli yuzaga kelgan va shuning uchun ba'zan uni ―maxfiy
hisob‖ deb ham ataladi, degan fikr ham uchraydi. Bu fikr qisman to‗g‗ri. Chunki
boshqaruv hisobini paydo bo‗lishiga faqatgina tijorat siri emas, balki ishlab
chiqarishning tez sur'atlarda o‗sishi va boshqaruv tizimida ma'lumotlarga bo‗lgan
ehtiyojning ortib borishi ham sabab bo‗lgan.
Ixtisoslikka oid adabiyotlarni o‗rganish Rossiyalik yetuk iqtisodchi olimlar
boshqaruv hisobining shakllanish tarixiga o‗z asarlarida batafsil to‗xtalganligini
tasdiqladi.
Professor I.G.Kukukinai fikriga ko‗ra, "Ilk bor 1875 yilda Britaniya ijrochi
direktorati memorandumida boshqaruv hisobiga tamal toshi qo‗yilgan. Boshqaruv
hisobi tizimi birinchi bo‗lib, XX asrning birinchi yarmida Shimoliy Amerikaning
to‗qimachilik va temir yo‗l korxonalarida ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa tamaki
mahsulotlari, fotoplyonka va un ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan".
Iqtisodchi olim V.E.Kerimov вoshqaruv hisobining paydo bo‗lishi hamda
shakllanishini kal'kulyasiya va ishlab chiqarish hisoblarining rivojlanish tarixi
doirasida chuqur o‗rgangan. O‗rganishlari natijasida boshqaruv hisobi
kal'kulyasiya hisobining asosida paydo bo‗lgan, degan xulosaga kelgan.
N.P.Kondrakov esa "Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda kal'kulyasiya
hisobini takomillashtirish maqsadida yangi usullar–ma'suliyat markazlari bo‗yicha
xarajatlar hisobi, ―standart-kost‖ va ―direkt-kosting‖ tizimi bo‗yicha tannarxni
kal'kulyasiyalash qo‗llanila boshlandi va u kal'kulyasiya hisobini ishlab chiqarish
hisobi tizimiga aylanishiga olib keldi. Ishlab chiqarish hisobi tizimining keyingi
rivojlanish bosqichida mazkur tizimda buxgalteriya hisobidan tashqari,
rejalashtirish, nazorat qilish, tahlil etish, qarorlar qabul qilish kabi funksiyalar
qo‗llanila boshlandi va oqibatda uning asosida boshqaruv hisobi tizimi paydo
bo‗ldi", deb yozgan.
25
Iqtisodiy adabiyotlar tahlili bu boradagi tadqiqotlar hozirgi kunda ham
davom etayotganligini ko‗rsatmoqda.
Jumladan, tadqiqotchi N.I.Chupaxina o‗z tadqiqotida boshqaruv hisobining
dastlabki elementlari ishlab chiqarishning paydo bo‗lishi va samaradorligini
oshirish zarurati yuzaga kelishi tufayli paydo bo‗lgan. Sanoat rivojlanishi bilan uni
yangi elementlari shakllangan va ular yangi sharoitiga mos holda takomillashtirilib
borilgan degan xulosaga kelgan.
Professor S.V.Bulgakova tomonidan esa, boshqaruv hisobining yuzaga
kelish shartlari jahon fanida tan olingan 7 ta tarixiy davr bo‗yicha tizimli-
xronologik tartibda tadqiq etilgan yoki boshqacha qilib aytadigan bo‗lsak,
boshqaruv hisobining uslubiyati tahlil qilingan.
Yuqorida nomlari keltirilgan olimlarning fikrlariga qo‗shimcha sifatida
shuni ta'kidlash mumkinki, XIX asr oxiriga kelib, ishbilarmonlar sanoat ishlab
chiqarishi shiddat bilan o‗sishi davrida qarorlar qabul qilish va ayniqsa, boshqaruv
jarayonini samarali tashkil etish uchun hisob ma'lumotlari o‗ta zarur ekanligini
tushunib yetishdi. Aynan, o‗sha davrda keyinchalik ishlab chiqarish hisobi deb
atala boshlangan hisobga oid dastlabki asarlar paydo bo‗ldi. Ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish zaruratining paydo bo‗lishi ishlab chiqarish xarajatlari
haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlash ehtiyojini yuzaga keltirdi va bu
me'yorlashtirish,
ishlab
chiqarishni
tezkor
rejalashtirish
usullari
(byudjetlashtirish)ning yaratilishiga olib keldi.
Fikrimizcha, boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining anglo-amerika
modeli elementi bo‗lib hisoblanganligi sababli ham uning shakllanish tarixini
yanada chuqur tushunib yetish uchun bu boradagi AQSh tajribasini o‗rganish
lozim. AQShda boshqaruv hisobi yuzaga kelishiga biznesni tashkil etishning
aksionerlik shakli rivojlanishi sabab bo‗ldi. Aksionerlar hisob tizimiga yangi
talablar qo‗ya boshladi. Asosiy talab ma'lumotlarni o‗z vaqtida yetkazib berishdan
iborat bo‗ldi. Raqobat kurashi kuchayishi mulkdorlarning foydani ko‗paytirishdan
iborat bo‗lgan maqsadini sarmoya qiymatini maksimallashtirish tomoniga
o‗zgartirishga majbur qildi. Ma'lumotlarni tezkor yetkazib berish bo‗yicha
26
qo‗yilgan talablar hisob ob'ektlari hajmining o‗zgarishi va daromad hamda
xarajatlarga asosiy e'tibor qaratilishiga olib keldi. Bu esa, o‗z navbatida, taqdim
etilayotgan ma'lumotlarning haqqoniylik darajasi oshishiga olib keldi.
Aslida AQShda boshqaruv hisobi XX asrning boshida xarajatlarni
boshqarish tizimi sifatida paydo bo‗la boshlagan. Amerikada 1923–1932 yillardagi
inqirozdan so‗ng boshqaruv hisobi tizimi boshqacha ko‗rinishga, ya'ni
korxonaning barcha tarkibiy bo‗linmalarini boshqarishga yo‗naltirilgan xarajatlarni
boshqarish tizimi ko‗rinishiga o‗ta boshlagan.
AQShda 1950 yillarning oxirigacha buxgalteriya hisobi moliyaviy hisob va
xarajatlar hisobiga bo‗lingan. Biroq, boshqaruv fanining rivojlanishi buxgalterlarga
mahsulot tannarxi hisobining tezkorligini oshirish va boshqaruvni tegishli
ma'lumotlar bilan ta'minlash kabi yangi vazifalarni qo‗ya boshlagan. Shu tufayli
hisob-tahlil faoliyatining mazkur bo‗limi ―Xarajatlar hisobi‖ o‗rniga ―Boshqaruv
hisobi‖ deb atala boshlangan. Bunda asosiy e'tibor xarajatlar boshlang‗ich
smetasini tuzish, chetga chiqishlarni tezkor aniqlash, ishlab chiqarish xarajatlari va
boshqaruv qarorlarining samarali variantlarini tannarxini baholash asosida tanlash
hamda tizimli tahlil qilishga qaratila boshlangan. Mazkur o‗zgarishlarni 1962 yilda
G.R.Grovinshil'd va G.A.Betistalar ―Hisobdagi inqilob‖ deb atagan.
Shunday qilib, amerikada ishlab chiqarish xarajatlariga asosiy e'tibor qaratilishi
ishlab chiqarish xarajatlarini kompleks nazorat qilish tizimi shakllanishiga olib
kelgan va u kelgusida ―Boshqaruv hisobi‖ nomini olgan.
Fikrimizcha, yanada chuqurroq o‗rganish uchun boshqaruv hisobini
mamlakatimiz rivojlanish tarixining o‗ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan ham
tadqiq etish maqsadga muvofiq. Buning uchun esa mamlakatimizda boshqaruv
hisobini rivojlanishining tarixiy bosqichlarini ko‗rib chiqish zarur.
Masalani batafsilroq tadqiq etish uchun O‗zbekiston Respublikasi uzoq yillar
mobaynida sobiq Ittifoq tarkibida bo‗lganligi sababli boshqaruv hisobining sobiq
Ittifoqda rivojlanish tarixini tadqiq etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, sobiq Ittifoqda boshqaruv hisobining shakllanish
tarixini tadqiq etish, unda ham boshqa davlatlardagi kabi boshqaruv hisobining
27
yuzaga kelishini tabiiy-tarixiy asoslari mavjud bo‗lgan bo‗lsa-da, biroq barcha
tarixiy davrlarda asosan davlat xo‗jalik faoliyatiga kuchli ta'sir ko‗rsatganligini
tasdiqladi.
Aslida, sobiq Ittifoqda sanoat hisobi haqidagi g‗oyalar dastlab maxalliy
mutaxassislarni 1929 yilda bir qator Amerika firmalariga xizmat safariga
borganlaridan keyin paydo bo‗lgan. Biroq, ma'lum sabablarga ko‗ra, mazkur
g‗oyalar xorijdagidan boshqacharoq rivojlantirildi va amaliyotga tatbiq etildi.
―Boshqaruv hisobi‖ tushunchasiga keladigan bo‗lsak, sobiq Ittifoqda iqtisodchi
olimlar A.F.Muxin (―Бухгалтерский учет в промышленности США‖, 1965),
N.G.Chumachenko (―Учет и анализ в промышленном производстве США‖,
1971), S.A.Stukov (―Учет и контролъ издержек производства на
капиталистических промишленних предприятиях‖, 1978), K.N.Naribaev
(―Организация бухгалтерского учета в США‖, 1979) va S.S.Satubaldin (―Учет
затрат на производство в промышленности США‖, 1980)ning asarlarini e'lon
qilinishi va xorijlik iqtisodchi-olimlarning (Ch.T.Xorngren, J.Foster, K.Druri,
J.R.Sigel, M.Karrenbauer, R.Myullendorf va b.) boshqaruv hisobiga oid asarlari
tarjimasi bosmadan chiqarilishi bilan keng tarqala boshlangan. Ush bu holat
boshqaruv hisobi mamlakatimizga ingliz-amerika buxgalteriya hisobi tizimidan
―import‖ qilingan, degan noto‗g‗ri fikr paydo bo‗lishiga sabab bo‗lgan. Haqiqatda
ham boshqaruv hisobi asoslari G‗arb menejmentidan olingan, biroq, bu holat
yuqorida ta'kidlaganimizdek, avvalroq korxonalarimizda maxalliy boshqaruv
tizimi shakllanayotgan dastlabki tarixiy davrda yuz bergan va mahalliy xo‗jalik
yuritish sharoitiga moslashtirilgan. Ushbu holatni iqtisodchi olimlarni asarlarida
keltirilgan quyidagi ma'lumotlar ham tasdiqlaydi.
Sobiq Ittifoqda buxgalteriya hisobi rejalashtirish bilan uyg‗unlikda yuritilgan,
sanoat hisobida yoppasiga hujjatlash-tirishga erishilgan va korxonalar bo‗linmalari
boshqaruvchilari uchun zarur bo‗lgan darajada ma'lumotlarning analitikligi
ta'minlangan. Byudjetlashtirishning ma'lum bir ko‗rinishi bo‗lgan smetadan keng
foydalanilgan.
28
Yangi iqtisodiy siyosatni boshlanishi davrida trestlarda ikkita buxgalteriya:
moliyaviy va ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini
kal'kulyasiyalash buxgalteriyalari mavjud bo‗lgan. Mazkur bo‗limlar trestlarning
ishlab chiqarish-texnik boshqarmasi tarkibiga kirgan. Buxgalteriya hisobini tashkil
etishning mazkur tizimi moliyaviy va boshqaruv hisoblarining o‗zaro hamkorligini
hozirgi kundagi ikki aylanmali (avtonom) shaklini eslatadi.
Iqtisodiy tahlil, byudjet rejalashtirilishi va nazoratining elementlarini
qo‗llanilganligi tufayli 1920 yillarda buxgalterni funksiyasiga nafaqat hisob
ishlarini bajarish, balki rejalashtirish, tahlil qilish, hisob ma'lumotlarini tayyorlash
hamda ulardan qarorlar qabul qilishda foydalanish borasidagi ishlarni
muvofiqlashtirish ishlari ham kirgan. Mazkur funksiyalarning barchasi hozirgi
kundagi boshqaruv hisobi funksiyalariga to‗g‗ri keladi.
Xo‗jalik hisobi va o‗zini o‗zi moliyalashtirish tamoyillari iqtisodiyotga joriy
etilganda xo‗jalik hisobining ob'ekti bo‗lib, korxonaning ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish bo‗linmalari, daromadi bo‗lib, ular tomonidan ishlab topilgan
mablag‗ hisoblangan. Bunday yondashuv boshqaruv hisobining konsepsiyalaridan
biri bo‗lgan javobgarlik markazlari bo‗yicha boshqarishning ma'lum bir ko‗rinishi
hisoblanadi. Shuningdek, ma'suliyat markazlari bo‗yicha hisobga yaqin bo‗lgan
ichki zavod xo‗jalik hisobi ham qo‗llanilgan.
Korxonalarda boshqaruv hisobining ba'zi bir elementlari (korxonalarni aloxida
mustaqil bo‗linmalarga ajratish, ular faoliyatining baholash mezonlarini aniqlash,
ichki baholar va smeta rejalashtirishni qo‗llash, ichki hisobotlar tuzish) joriy
qilingan. ―Javobgarlik markazlari‖ va ―Xarajat markazlari‖ tushunchalari paydo
bo‗lgan.
Hozir kunda boshqaruv hisobida qo‗llanilayotgan byudjetlashtirish ko‗p
jihatdan avval mamlakatimizda keng qo‗llanilgan ―Texsanoatmoliyareja‖ni
eslatadi.
Avvaldan iqtisodchilarimizga yaxshi tanish bo‗lgan omilli tahlil esa boshqaruv
hisobida haqiqiy xarajatlarning smeta xarajatlaridan chetga chiqishlarini tahlil
qilishda keng qo‗llaniladi. Boshqaruv hisobida qo‗llaniladigan tahlilning barcha
29
turlari (tezkor, taqqoslama, kompleks va h.z.) sobiq Ittifoq olimlari va
amaliyotchilariga yaxshi tanish.
Boshqaruv hisobining asosini korxonalar xarajatlari haqidagi ma'lumotlarni
to‗plash va tannarxni kal'kulyasiyalash tashkil etadi. U esa mamlakatimiz
amaliyotida to‗liq ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobidagi «Standart-kost» tizimiga
o‗xshash bo‗lgan kal'kulyasiyalashning normativ usulini amaliyotga qo‗llash
bo‗yicha boy nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Zamonaviiy boshqaruv hisobi
doirasiga kiruvchi ko‗pgina masalalarning me'yoriy bazasi sifatida sobiq Ittifoq
davrida ―Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish, hisobga olish va
kal'kulyasiyalash‖ bo‗yicha nizom va uning asosida ishlab chiqilgan tarmoq
nizomidan foydalanilgan.
Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarishni boshqarishning brigada shakli keng
qo‗llanilgan. Undagi brigadalar ma'suliyat markazlarining ma'lum bir ko‗rinishi
edi. Mazkur usulda boshqarish orqali materiallarni tejash va mehnat unumdorligini
oshirish borasida ma'lum ijobiy natijalarga erishilgan.
Hozirgi kunda faoliyat tahlili asosida kal'kulyasiyalash usulida qo‗llanilayotgan
xarajatlarni boshqarish g‗oyasidan avvallari sobiq Ittifoq korxonalarida keng
foydalanilgan.
Xorijda keng tarqalgan ―Balanslashtirilgan ko‗rsatkichlar tizimi‖ konsepsiyasi
ko‗pgina jihatlari bilan iqtisodiy tahlil soxasining M.Bakanov, S.Polyakova,
L.Suzdal'seva, A.Sheremet va boshqa shu kabi yetuk olimlari yondashuvlariga
o‗xshash.
Professor V.Paliy tomonidan ishlab chiqilgan boshqaruv hisobining schyotlar
rejasi ishlab chiqarish hisobi masalalarida juda nozik nemis olimlarining tahsiniga
ham sazovor bo‗lgan.
Mamlakatimizning M.Volovich, V.Podol'skiy kabi ko‗plab boshqaruvni
avtomatlashtirish sohasi mutaxassislari asarlari ERP-tizimi va elektron tijorat
rivojlangan hozirgi davrda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q.
Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijda qo‗llanilayotgan
boshqaruv hisobining uchdan ikki qismi nafaqat mamlakatimiz mutaxassislari
30
uchun tanish bo‗lgan, balki ulardan iqtisodiyotda keng va samarali foydalanilib
kelingan.
Boshqacha qilib aytganda, sobiq Ittifoq davrida boshqaruv hisobi genezisini
belgilab beruvchi tarkibiy qismlar mavjud bo‗lgan.
Shunday qilib, sobiq Ittifoqda hali bozor munosabatlari amal qilmagan
davrda boshqaruv hisobi genezisining nazariy va uslubiy asoslari yaratilgan.
Boshqaruv hisobining O‗zbekistonda mustaqillik yillaridagi rivojlanishi
masalasiga to‗xtaladigan bo‗lsak, bu boradagi o‗rganishlar quyidagi bosqichlarni
ajratib ko‗rsatishga imkon bermoqda:
dastlabki bosqich (1990–2010 yillar) – bu davrda boshqaruv hisobiga oid
bilimlar bir tizimga solindi va xalqaro tajribaga asoslanib, xorijiy sarmoya
ishtirokidagi korxonalarda qo‗llanila boshlandi;
keyingi bosqich (2010 yildan–hozirga kungacha bo‗lgan davr) – ushbu davrda
mamlakatimiz korxonalarida boshqaruv hisobi keng joriy etila boshlandi.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib, xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki,
boshqaruv hisobi o‗zining tarixiy taraqqiyot yo‗lida shakllangan va ilmiy-uslubiy
asoslarga ega tizim hisoblanadi. U sanoatning rivojlanishi, ishlab chiqarish
sharoitlarining o‗zgarishi va tez sur'atlarda o‗sishi hamda bozor munosabatlarining
rivojlanishi natijasida paydo bo‗lgan. Bu holat uning boshqaruv qarorlari qabul
qilishning asosiy vositasi sifatida yuzaga kelishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: |