9
G‗arb hisob amaliyotidagi yondashuvga mos keladi. Unga ko‗ra, buxgalteriya
hisobi moliyaviy va boshqaruv hisobi kabi quyi tizimlarning o‗zaro birlashmasi
sifatida qaraladi.
Ikkinchi yondashuvga ko‗ra, buxgalteriya hisobi–avvalo moliyaviy hisobdir,
boshqaruv hisobi esa ichki firma boshqaruv tizimini anglatib, o‗z ichiga nafaqat
bizning tushunchadagi hisob masalalarini, balki tahlil qilish, rejalashtirish,
prognozlashtirish, nazorat qilish, modellashtirishni ham oladi.
Moliyaviy va boshqaruv hisoblariga bunday turlicha qaralishiga ko‗plab
mutaxassislarni sobiq Sovet buxgalteriya maktabi ta'sirida yetishib chiqqanligi ham
sabab bo‗lgan. Undan tashqari, Sobiq ittifoqning hisob amaliyotida zamonaviy
boshqaruv hisobining funksiyalari qisman buxgalteriya hisobi va boshqa
mutaxassisliklarga tegishli bo‗lganligini nazardan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Soha olimlarining tadqiqotlariga e'tibor qaratadigan bo‗lsak, tadqiqotchi
S.Bulgakovaning fikriga ko‗ra, iqtisodiy adabiyotlarda «boshqaruv hisobi» ta'rifi
bo‗yicha turli qarashlar mavjud (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: