4-chizma. Xarajatlar xisobini an'anaviy tizimi Uning mazmuni shundan iboratki, korxona mablag‗lari oxirgi yakuniy
mahsulot tomonidan emas, balki yakuniy mahsulotni ishlab chiqarishdagi
jarayonlar tomonidan iste'mol qilinadi. ABSning asosiy vazifasi mahsulot ishlab
105
chiqarishni ta'minlovchi jarayonni va qiymatini aniqlash hamda tegishli
mahsulotlarga o‗tkazishdan iborat (5
- chizma).
5-chizma. ABC tizimi hisobi 4.2. Zamonaviy xarajatlar hisobining metodlari va boshqaruv texnologiyalari Faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlarni hisobga olish xarajatlarni yuzaga
keltiradigan faoliyat turlarini aniqlaydi va bu faoliyat turlari uchun xarajatlarning
asosiy drayverlarini tadqiq etadi. Faoliyat turlari va xarajat drayverlari
aniqlangandan so‗ng mazkur ma‘lumotlar ishlab chiqarish ustama xarajatlarining
xarajatlar ob‘ektiga o‗tkazilishida ishlatilishi mumkin.
Faoliyat turlari bo‗yicha xarajatlar hisobini ishlatishda kerak bo‗ladigan
sharoitlar quyidagilardir:
− ishlab chiqarishning ustama xarajatlari to‗g‗ri xarajatlar bilan
taqqoslanganda ancha yuqori bo‗ladi;
− ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlari har xildir;
− ustama xarajatlarning tarkibi turlichadir;
− ustama xarajatlarning sarflanishi ishlab chiqarish hajmiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri
bog‗liq bo‗lmaydi.
1- xarajatlar
sarfi
2- xarajatlar
sarfi
k- xarajatlar
sarfi
1-
jarayonlar
(activity)
2- jarayonlar
(activity)
m- jarayonlar
(activity)
To‗g‗ri
materiallar
To‗g‗ri mehnat
xarajatlari
Qiymatli
ob‘ektlar:
mahsulotlar,
xizmatlar,
mijozlar
106
Shu tarzda ustama xarajatlarning to‗g‗ri taqsimlanishiga yuqori darajada
erishiladi.
Hayotiy tsikl asosida kalьkulyatsiyalash yoki lifecycle costing (A. Bximani
va M. Bromovich, 1991 yil) metodi tovar qiymatini haqqoniy baholash uchun
xarajatlar hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida hisobga olishga asoslanadi.
Hozirgi kunda korxonalarda xarajatlarning ko‗p qismi yangi tovarni yaratish,
loyihalashtirish va bozorlarga olib chiqishga sarflanadi, hamda an‘anaviy hisob
bevosita tovar ishlab chiqarish vaqtida sarflangan xarajatlarni ko‗proq hisobga
olish bilan shug‗ullanadi. Kontsertsiya nuqtai nazaridan LCC (lifecycle costing –
hayotiy tsiklni boshqarish) va LCM (lifecycle management–hayotiy tsiklni boshqa-
rish) harakatdagi tarkibi va transport infratuzilmasini samarali boshqarishga
imkoniyat yaratadi.
1988 yilda professorlar Ch.T. Foster va J. Xorngrenlar tomonidan yaratilgan
―teskari ro‗yxatdan chiqarish‖ yoki tannarxni aniqlashga yondashuv backflush
accounting ―to‗g‗ridan-to‗g‗ri ro‗yxatdan chiqarish‖dan farqli o‗laroq ishlab
chiqarishga berilgan material va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish
torshiriqnomasiga doimiy o‗tkazib borishni talab qilmaydi. Bu metodda zaxiralar
hisobining aniqligi past bo‗lishiga qaramay, undan ko‗p partiyali va mayda seriyali
ishlab chiqarishlarda va ayniqsa, materiallarning qiymati past bo‗lganda keng
foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda strategik hisob va
tahlil usullarining ahamiyati borgan sari ortib bormoqda.
Maqsadli xarajatlar tizimi (target kosting TS), ya‘ni vazifasi rejalashtirilgan
foydaga erishish maqsadida yangi mahsulotlarni yaratish vaqtidagi xarajatlarni
kamaytirish istiqbolga rejalashtirilgan xarajatlarga yo‗naltirilgan nazorat demakdir.
Target kosting mahsulotlar bozor bahosidan oshmagan bahoda ham sotilishi
mumkin degan fikrdan kelib chiqadi. Albatta, bunda avvalo mazkur mahsulot
turini bozor bahosi o‗rnatilishi kerak, keyin ko‗zlanayotgan foyda miqdori
aniqlanishi va undan keyingina erishilishi mumkin bo‗lgan tannarx miqdori
hisoblanishi kerak bo‗ladi.
107
Target kosting tizimi asosida baholash quyidagi formula ko‗rinishida
bo‗lishi mumkin (6-chizma):