155
o‗rtasida bahs-munozara mavzusiga aylanganligini ko‗rsatmoqda. Masalan,
professor A. Pardaev bosh byudjetni 2 ga: tezkor (operativ) va moliyaviy
byudjetlarga bo‗lgan,
professor B. Xasanov bosh byudjetni 3 ga: operasion,
moliyaviy va investisiya byudjetlariga ajratgan,
rossiyalik olimlar A.D. Sheremet,
S.A. Rasskazova-Nikolaeva, S.V. Shebek, Ye.A.Nikolaevlar operasion va
moliyaviy byudjetlarga ajratgan
va hokazo.
Bosh byudjet korxonaning turli rejalarini bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lib,
belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‗lgan mazkur rejalarni moliyaviy
va miqdoriy ifodalanishini bildiradi va barcha bo‗linmalari faoliyatini
muvofiqlashtiradi. Shuning uchun korxonalarda bosh byudjetni operasion,
investisiya (innovasiya), maxsus va yig‗ma byudjetlardan tashkil topishi maqsadga
muvofiq bo‗ladi.
Shu bilan birga korxonalarning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan
holda bosh byudjetni tuzish texnologiyasi ishlab chiqilishi lozim.
Iqtisodiy adabiyotlar va tarmoq xususiyatlarini chuqur tadqiq etgan holda
korxonalarda bosh byudjet tuzish ketma-ketligining qisqacha tavsifi va
byudjetlarni tuzish uchun qo‗llaniladigan reja-analitik vositalarni ro‗yxati tavsiya
etilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: