MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KADRLAR
TAYYORLASH MILLIY DASTURINING IJTIMOIY
MOHIYATI
REJA:
1. O`zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini isloh
qilish omillari.
2. Prezident I.A.Karimov orzusidagi shaxs.
3. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning milliy
modeli va uning tarkibiy qismlari.
4. "Portlash effekti" va uning samaradorligi.
5. Milliy dasturning modellari.
6. Xulosa.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
KADRLAR TAYYORLASH MILLIY MODELI VA UNING
MOHIYATI
O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach,
ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila
boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida, ish yuriti-layotgan xalq ta’limi
tizimida ham so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuzaga kelgan muammolarni hal
etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni ta’lim
tizimida ham jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi
sa’i-harakat-larning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O‘zbekis-
tonning ilk «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonun
mazmunida Respublika ta’limi tizimi, uning asosiy yo‘na-lishlari, maqsad,
vazifalari, ta’lim bosqichlari va ularning mohiyati kabi masalalar o‘z ifodasini
topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning
amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida
olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega
bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish
zarurligi belgilandi. SHu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida
yangi
tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy
etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.
Fuqarolarning ma’naviy etukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim
tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat
qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror
topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni,
shuningdek, aholining etnopsixo-logik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va
hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar
to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay
oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa
qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis,
shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish
jarayoni tashkil etadi.
Xo‘sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning
mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan?
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi-ning
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning
tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan
hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir
1
.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan
isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la
xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va
axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy
tizimini yaratishdan iboratdir
2
.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadni to‘laqonli
ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi.
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko‘rsatiladi:
- «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari
1
Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий ҳужжатлар тЎплами. – Т.: Шарқ
нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 20-бет.
2
Ўша манба, – 25-бет.
hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish
negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida
izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan
demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar
tayyorlash
tizimi
muassasalarini
yuqori
malakali
mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy
maqomini ko‘tarish;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijti-moiy va
iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojla-ridan, fan, madaniyat,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari-dan kelib chiqqan holda
qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy
ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attesta-stiyadan
o‘tkazish va akkreditastiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy
qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan
darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi
va barqaror rivojlanishining kafo-latlarini, ustuvorligini ta’minlovchi
normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
- ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integrastiyalashuvini
ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan
davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va
tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizm-larini ishlab
chiqish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari
mablag‘lar, shu jumladan, chet el investistiyalari jalb etishning real
mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro ham-korlikni
rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga
oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi
1
nazarda
tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining
ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va
rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy
shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga
chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda,
shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog
kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga
asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro‘yobga chiqa-rishning
ikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot
bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv-tarbiya jarayonining yuqori
sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash,
uzluksiz ta’lim tizimini axborot-lashtirish vazifalarining ham hal etilishi
alohida urg‘u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to‘plangan tajri-bani
tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
istiqbollariga
muvofiq
kadrlar
tayyorlash
tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, shuningdek,
- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazala-rini
yanada mustahkamlash;
1
Ўша манба, – 27-29-бетлар.
- o‘quv-tarbiya jarayoni yangi o‘quv-uslubiy majmualar, ilg‘or
pedagogik texnologiyalar bilan to‘liq ta’minlanishi;
- milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qaror toptirish va
rivojlantirish;
- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon
axborot tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq
qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy echimi ta’minlanadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy, tarkibiy qismlari.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayoninigina qamrab
olmay, ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz
ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi,
ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi»
mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi :
Давлат,
жамият
Узлуксиз таълим
Шахс
Фан
Ишлаб
чиқариш
1 - чизма. Кадрлар тайѐрлаш миллий
моделининг асосий, таркибий қисмлари
ўртасидаги ўзаро алоқадорлик ва боғлиқлик
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy
modeli va uning mohiyati yoritiladi. Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati
mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida
umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga
o‘tilishiga zamin yaratadi
1
.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari
quyidagilardan iboratdir:
1.
SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti,
ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni
o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan
tanishadi, shuningdek, o‘zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy
sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o‘zlashtirilgan bilim, faoliyat
ko‘nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi.
YUksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega
bo‘lish uchun shaxs o‘z oldiga muayyan maqsadni qo‘ya olishi hamda unga
erishish yo‘lida tinimsiz izlanishi, o‘qib-o‘rganishi lozim. SHundagina u
ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo‘lib shakllanadi.
O‘z-o‘zini anglash tuyg‘usiga ega bo‘lish, ta’lim sohasidagi
xizmatlardan to‘laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni
puxta o‘zlashtirishga erishish shaxsga etuk mutaxassis bo‘la olishi uchun
poydevor yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo, uning o‘ziga bog‘liqdir. SHu
bois milliy dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida
e’tibor qaratilgan.
«Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish
va kasb-hunar tayyorgarligidan o‘tish kafolatlanadi. Ta’lim olish jarayonida
shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
1
Ўша манба, – 34-бет.
SHaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli mala-ka
darajasini olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat
ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va uz bilimi hamda tajribasini
o‘rgatishda ishtirok etadi»
1
.
2.
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi-ning
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni
tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
SHaxs kamoloti nafaqat o‘zi uchun, balki davlat va jamiyat taraq-qiyoti,
ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqa-rolari yuksak
ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
SHaxs va davlat (jamiyat) o‘rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga
ega. SHu bois har qanday davlat (jamiyat) o‘z fuqarolarining yashashi,
mehnat qilishi, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, uni namoyon eta
olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika
ta’lim tizimida davlat va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi,
o‘zligini namoyon eta olishi uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish
mas’uliyatini o‘z zimmasiga oluvchi sub’ekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqo-
batbardosh
mutaxassislarni
tayyorlash
yo‘lidagi
faoliyatini
ham
uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi:
- fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish
huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga;
- majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik listey yoki kasb-
hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga;
- davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
- davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
1
Ўша манба, – 30-бет.
- ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-
sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik
boshqaruvini rivojlantirishga;
- ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashga;
- sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim
olishiga
1
.
3.
Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyor-
lashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini,
kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z
ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat
va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy
shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal
tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi
2
.
Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng
qulay davr sanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar
ma’lumotlarini o‘zlashtiradi, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va
malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash
shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim stan-dartlari
hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asos-lanadi.
Jumladan:
- ta’limning ustuvorligi;
1
Ўша манба, – 30-31-бетлар.
2
Ўша манба, –31-бет.
- ta’limning demokratlashuvi;
- ta’limning insonparvarlashuvi;
- ta’limning ijtimoiylashuvi;
- ta’limning milliy yo‘naltirilganligi;
- ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, bu jarayonning har
tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo‘naltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori
darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-
sharoitlar yaratish
1
.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’limni isloh qilish
yo‘nalishlari ham aniq ko‘ratib berilgan. Mazkur yo‘nalishlar sirasiga
quyidagilar kiradi: kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash; pedagoglarning
kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining turlarini
rivojlantirish; ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish; ta’lim dasturlarini
tubdan o‘zgartirish; majburiy o‘rta umumiy ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash; yangi tipdagi o‘quv muassasalarini
vujudga keltirish; yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu
jumladan, boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish; ta’limning barcha daraja va bo‘g‘inlarida ta’lim
oluvchilarning
ma’naviy-axloqiy fazilat-larini rivojlantirish; ta’limni
boshqarish
tizimini
takomil-lashtirish,
ta’lim
muassasalarini
mintaqalashtirish; shaxsga ta’lim berish va uni tarbiyalashda oila, ota-onalar,
jamoat tashkilotlari, mahallalar, xayriya va xalqaro fondlarning rolini
kuchaytirish; ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baho berish
tizimini yaratish; ta’lim tizimini moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa
tarzdagi resurslar bilan ta’minlash mexanizmlarini shakl-lantirish; uzluksiz
ta’limni fan va ishlab chiqarish bilan integ-rastiyalashtirishning puxta
mexanizmlarini ishlab chiqish; chet el va xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikni kengaytirish; tub erli mil-latga mansub bo‘lmagan shaxslar zich
1
Ўша манба, –31-32-бетлар.
yashaydigan joylarda ularning o‘z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy
va pedagogik shart-sharoitlarni yaratish; ta’limning barcha darajalarida ta’lim
oluvchi-larning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigiena ta’limi
hamda tarbiyasini takomillashtirish
2
.
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni
muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oila-larda amalga
oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda
mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i
shakllanib bormoqda. Bu o‘rinda «Xonadon bog‘chasi» hamda «Bolalar
bog‘chasi – boshlang‘ich maktab» majmualarini misol qilib keltirish mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida Bblalarga tasviriy san’at, musiqa, til va
kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi
harakatlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy
hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab
2
Ўша манба, –32-33-бетлар.
oladi. Mazkur bosqichda o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha muntazam
bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy o‘quv-
ilmiy
va
umummadaniy
bilimlarning
o‘zlashtirishlari, milliy va
umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat,
ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish, shuningdek, kasb
tanlash ko‘nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit
yaratiladi.
Davlat
tomonidan
tasdiqlangan
namunadagi
attestat
o‘quvchilarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga
egaliklarini belgilaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-
onalar hamkorligida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-
pedagogik tashhis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O‘qish muddati uch yil bo‘lgan majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o‘rta ta’lim
negizida tashkil etiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’li-mining ikki muhim
yo‘nalishi bo‘lgan – akademik listey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
o‘quvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik listey o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga
olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash
maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta’lim beruvchi,
yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik listeylarda o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta’lim yo‘nalishi
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini
oshirish hamda o‘zlarida fanni chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus kasb-
hunar ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Akademik listeylar asosan oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etiladi.
Kasb-hunar kollejlari esa o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi,
layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan
yo‘nalishlar bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash
imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha
bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli
davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning
jihozlanganlik
darajasi,
pedagogik
tarkibning
puxta
tanlanganligi,
shuningdek, o‘quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar
yordamida tashkil etilishi alohida e’tiborga loyiq.
Akademik listey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar
asosida bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish
yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini qo‘lga kiritadilar.
Oliy ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki
bosqich (bakalavriat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar
yo‘nalishlari bo‘yicha xalq xo‘jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli
mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish
davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va
amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan
tayanch oliy ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo‘nalishidagi
o‘zi tanlagan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo‘ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriyat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom
etadigan oliy ta’lim bo‘lib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikastion
davlat attestastiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik
bo‘yicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisob-lanib, u ilm-fan
sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozim-larida faoliyat ko‘rsatadi.
U aspiranturaga kirish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassa-salari
faoliyat ko‘rsatadi:
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy
ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlan-tirishga qaratilib, oliy o‘quv
yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasa-larida aspirantura, ad’yunktura va
Олий
таълим
муассас
алари-
нинг
турлари
Универ-
ситет
Акаде-
мия
Инсти-
тут
Бир неча билим ва
таълим соҳалари
бўйича олий ва
олий ўқув юртидан
кейинги таълим
дастурларини
амалга
оширади
Муайян билим ва
таълим соҳалари
бўйича
олий ва олий ўқув
юртидан кейинги
таълим
дастурларини
амалга
оширади
Одатда, бир билим
ва таълим соҳаси
доирасида
тайѐрлов
йўналишлари
бўйича олий ва
олий ўқув юртидан
кейинги таълим
дастурини амалга
оширади
doktoranturada ta’lim olish, shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini
tashkil etish asosida amalga oshiriladi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim
nomzodlik yoki doktorlik dissertastiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi.
O‘zbekis-ton Respublikasi Oliy Attestastiya Komissiyasi tomonidan olib
boril-gan yakuniy davlat attestastiyasi natijalari tegishli ravishda fan nom-
zodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiq-langan
namunadagi diplomga ega bo‘lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan
mutaxassisliklar
bo‘yicha
oliy
toifali
ilmiy-pedagogik
kadrlarni
shakllantirishdan iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida
asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash
hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash ana shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida
amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o‘qish natijalariga ko‘ra davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega
bo‘ladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat
ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashki-lotlari, yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va
boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilib, bolalar hamda o‘smirlarning ta’limga
bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish,
ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.
4.
Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan
foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab
chiqaruvchi bo‘lib, «kadrlar tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat
taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy
bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar
tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni,
shuningdek,
kadrlar
tayyorlash
jarayonining
ilmiy
tadqiqotlar
infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun
bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda
ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning,
ilmiy-pedago-gik xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro‘sini oshirishni va shu
kabilarni qamrab oladi»
1
.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida
fan, yana shuningdek, «ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim
standartlari, ta’lim dasturlari, o‘quv darsliklari va qo‘llanmalar tayyorlashda,
ilmiy-metodik ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok
etadi»
2
.
5. Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek,
ularning tayyorgalik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni
belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va
moddiy-texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisichisi.
«Ishlab chiqarishning talab-ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimi-ning
yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyor-garligining
maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, malaka talablarini ilgari suradi,
ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi.
Ishlab chiqarish pirovard natijada kadrlarning sifati va raqobatbardoshligiga
baho beradi»
1
.
Ishlab chiqarish muassis, homiy va boshqa sifatlarda alohida
mutaxassislarni tayyorlashni, guruhlarni va o‘quv yurtlarini moliyalash
jarayonida ishtirok etib, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi va shaxsiy
1
Баркамол авлод орзуси //Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Т.: Шарқ нашриѐт-
матбаа констерни Бош таҳририяти, 1999. – 172-бет.
2
Ўша асар, 171-бет.
1
Кадрлар тайѐрлаш миллий дастури //Олий таълим: меъѐрий ҳужжатлар тўплами. – Т.: Шарқ
нашриѐт-матбаа акстиядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – 42-бет.
faolligini rag‘batlantiradi, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlashda bevosita ishtirok etadi»
2
.
Avvallari ishlab chiqarish tayyor kadrlar kuchi va salohiyatidan
foydalanuvchi iste’molchi sifatidagina faoliyat olib borgan bo‘lsa, bugungi
kunda ushbu faoliyatning mazmuni tubdan o‘zgardi. Endilikda ishlab
chiqarish kadrlarni tayyorlash sifati va saviyasiga nisbatan o‘z talablarini
qo‘ya oladi. SHu bilan birga sifatli hamda yuksak saviyali mutaxassisni
tayyorlab etishtirish yo‘lida uzluksiz ta’lim hamda fan tarmoqlarining
moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash majburiyatini o‘z
zimmasiga oladi. SHu asosida kadrlar tayyorlash tizimining faol
ishtirokchisiga aylandi.
Milliy model Konstepstiyasining mazmuni o‘zbek xalqining milliy
turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan hamnafasdir. Zero, xalq
orasida qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi qo‘llanilib kelingan bo‘lib, u
o‘zida keng ma’noni ifoda etadi. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish
o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi.
Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda
chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday
xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi.
SHuning uchun ham kadrlar tayyorlash milliy modelining butun
mohiyati o‘zbek xalqining milliy tarixi va hayot tarzi bilan bog‘lanib ketgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida o‘ziga xos, takrorlanmas, tarixiy
an’analarga asoslangan hamda bugungi kun talablariga to‘la javob bera
oladigan kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi.
O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan
talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tadbiq
etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini
2
Баркамол авлод орзуси //Тузувчилар Ш.Қурбонов, Ҳ.Саидов, Р.Аҳлиддинов. – Т.: Шарқ нашриѐт-
матбаа констерни Бош таҳририяти, 1999. – 173-174-бетлар.
ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi,
tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy
mahoratlariga ham bog‘liqdir.
SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib,
juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgandir.
Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat
shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim
ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi,
aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘ymoqda.
CHunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning
aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy
vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etish-tirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining
ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga
ega bo‘lishi kerak»
1
.
YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisi shaxsi-ga
nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o‘qituvchi
qanday bo‘lishi zarur?
O‘qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo‘na-
ishlari bo‘yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy
fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxs
sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 5-
moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxs-larning
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
1
Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқуий кафолати. – Т.: Шарқ нашриѐт-матбаа констерни
Бош таҳририяти, 1993, 27-28-бет.
Zamonaviy pedagog va unga qo‘yiladigan kasbiy talablar.
O‘qituvchining ko‘p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh
avlodni odobli, ahloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish
kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o‘qituvchining
xilma-xil faoliyatiga bog‘liq. Bolalarni o‘qitish, maktabdan va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish, ota-onalar o‘rtasida
pedagogik targ‘ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi
o‘qituvchidan chuqur bilimga ega bo‘lishni, o‘z sohasini, bolalarni sevishni
talab etadi.
YUkori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sifatida:
ijodiy va ijtimoiy faol;
g‘oyaviy – siyosiy va ma’naviy – ahlokiy etuk bo‘lishi;
yuqori darajadagi ilmiy – nazariy, psixologik – pedagogik, ilmiy –
metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega bo‘lishi
nazarda tutiladi.
O‘qituvchi mutaxassisligining zamonaviy modelini tuzishda quyida-gilar
konsteptual asos sifatida qabul qilindi:
o‘qituvchi yuqori darajadagi ilmiy – nazariy, psixologik – pedagogik,
ilmiy – metodik tayyorgarlik orqali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega
bo‘ladi.
o‘qituvchini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
jarayonida ularning kasbiy tayyorgarligini orttirishda ilmiy – nazariy,
psixologik – pedagogik, tarkibiy qismlar bilan uzviy ravishda ilmiy – metodik
tayyorgarlikni amalga oshirish zarur;
o‘qituvchining pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘zlashtirgan barcha
bilim, ko‘nikma va malakalari pedagogik faoliyatida xususiy metodik
darajada, ya’ni mutaxassislik fanini o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi. SHu bois
o‘qituvchi kasbiy tayyorgarligining tarkibiy kismlari ichida ilmiy-metodik
tayyorgarlik etakchi o‘rin egallashi nazarda tutildi;
o‘qituvchi ilmiy-metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlari sifatida
metodologik, gnoseologik, konstruktiv, kommunikativ, loyihalash va tashkiliy
faoliyatga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash lozim;
yuksak kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan mutaxassis o‘zida ijti-
moiy va ijodiy faollik, g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy etuklikni
mujassamlashtirsa, yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr sanaladi;
pedagog kadrlar ijtimoiy va ijodiy faolligi, g‘oyaviy-siyosiy ma’naviy-
ahloqiy etukligi o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligi va va ularning tarkibiy
qismlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, g‘oyaviy–siyosiy
ilmiy – metodik tayyorgarlikning tarkibiy kismi bo‘lgan metodologik
malakali yuksak kasb – hunar madaniyatiga ega bo‘lgan metodologik bilim,
ko‘nikma va malakalarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy va ijodiy faollik
o‘qituvchining o‘z kasb-hunar madaniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining
pedagogik faoliyatiga ijodiy yondashuviga va ijtimoiy faolligiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi;
yuqori malakali raqobatbardosh pedagog bo‘lgan o‘qituvchi, o‘z nav-
batida yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi, milliy istiqlol g‘oyalarini
singdirgan shaxs sifatida, ta’lim-tarbiya jarayonidagi istiqbol vazi-falarni
ilgari surish va hal etish orqali, jamiyat taraqqiyotiga muno-sib hissa
qo‘shadi, hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri oladigan bo‘ladi;
o‘qituvchini tayyorlashda kasbiy tayyorgarlikning tarkibiy qism-lari,
yuqori malakali raqobatbardosh pedagogik kadr va shaxs sifa-tidagi
xususiyatlarini yaxlit holda tasavvur qilib, ularning o‘rtasi-dagi uzviylikni
amalga oshirish zarur.
o‘qitishda kasbiy yo‘naltirilganlik orkali bo‘lg‘usi o‘qituvchi-larning
g‘oyaviy-siyosiy, ma’naviy – ahlokiy etukligini, ixtisoslik fanlar tarkibidagi
mutaxassislik
fanlari
ilmiy-nazariy
tayyorgar-likni,
psixologiya
va
pedagogika fanlarini o‘qitishda kasbiy sifatlar va kasbiy tayyorgarlikning
tarkibiy qismlarini shakllantirish, psixologik-pedagogik tayyorgarlikni ilmiy-
metodik tayyorgarlik bi-lan uzviy holda amalga oshirish orqali kasbiy
tayyorgarlikni mos ravishda shakllantirish va orttirish nazarda tutildi.
Kadrlar
tayerlash
milliy
modelimizning
asosiy
tarkibiy
kismi
kuyidagilardan iborat:
SHAXSg‘kadrlar tayerlash tizimining bosh subekti va obekti,talim
soxasidagi xizmatlarining istemolchisi va uni amalga oshiruvchisi.
DAVLAT va JAMIYAT—talim va kadrlar tayerlash tizimining
faoliyatini tartibga solish va nazorat kilishni amalga oshiruvchi kadrlar
tayerlash va ularni kabul kilib olishning kafillari:
UZLUKSIZ TALIM—malakali,rakobatbardosh kadrlar tayerlashning asosi
bulib,talimning barcha turlarini,DTSni,kadrlar tayerlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat kursatish muxitini uz ichiga oladi.
FAN—yukori
malakali
mutaxassislar
tayerlovchi
va
ulardan
foydalanuvchi,ilgor pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chikuvchi:
ISHLAB CHIKARISH—kadrlarga bulgan extiejni,shuningdek ularni
tayergarlik sifati va saviyasiga kuyiladigan talablarni belgilovchi asosiy
buyurtmachi,kadrlar tayerlash tizimini moliya va moddiy texnika jixatidan
taminlah jaraenining katnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz talim va kadrlar tayerlash tizimi barcha uchun
ochik bulishni va xaet uzgarishlariga moslanuvchanligini taminlaydi. Aynan
bu yunalishda respublikamizda Talim tugrisida Konun,uzluksiz talim
DTSi,umumiy urta talim konstepstiyalari ishlab chikilib amaliy jaraenda
tadbik kilinmokda.
Kadrlar tayerlash milliy dasturimizning uzagini tashkil kiluvchi Milliy
modelimizning keng kamrovliligi va ichki yaxlitligi duneda mavjud boshka
modellardan uning prinstipial farkli jixatidir.
Milliy modelimiz konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va
manaviyg‘axlokiy ananalarimiz bilan xamnafasdir.CHunki bizda kadimdan
marifatli inson tushunchasi ancha keng manoni anglatadi. Unutmasligimiz
kerakki, marifat xalkimiz,millatimiz konidadir.
Milliy dasturdan kuzlangan maksadlar kuyidagilardan iborat:
Dasturni tulik amalga oshirish respublikamizda ijtimoiy siesiy muxitni
yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda davr talabiga javob beruvchi
komil insonlar vujudga keladi:
Ikkinchidan ushbu dastur tasirida xar bir shaxs jamiyatdan uz urnini topish
jaraeni tezlashadi. Uchinchidan agar jamiyatimizda shaxs ravnaki uchun
barcha imkoniyatlar yaratilsa,xar bir insonning istedodi,kobiliyati rivoj
topadi:
Turtinchidan milliy dastur zaminida jamiyatda ongli xaet kechirish tizimi
vujudga keladi;
Beshinchidan,O‘zbekiston xalki uz oldiga xukukiy demokratik jamiyatni barpo
etishni maksad kilib kuygan.
Umuman Kadrlar tayerlash milliy dasturini tulik amalga oshirish barkamol
shaxsnig‘insonni va shu tarika ongli jamiyatning shakllanishiga,yani yangicha
ongga,tafakkurga ega bulgan shaxslarning kupayishiga va bu uz navbatida
ijobiy ravishda «PORTLASH EFFEKTINI» sodir bulishiga olib keladi.
Milliy dasturning modellari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining milliy modellari beshta tarkibiy
qismdan: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan
iborat. Milliy modellarning aniq yo‘nalishlari, maqsadlari, vazifalari dasturda
belgilab berilgan bo‘lib, ta’lim jarayonining va jamiyat taraqqiyotining
bugungi, ertangi kuni to‘liq inobatga olingan. Masalan, shaxs kadrlar
tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni yuqori intellektual va ma’naviy
– axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim
tizimi orqali har tamonlama yuksak komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib
olgan. SHu tarzda fuqoroning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bilim olish,
iste’dodini namoyon qilish, aqliy jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat
qilish huquqi qonun tomonidan kafolatlanadi. SHaxsning «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonun asosida sifatli bilim olish va kasb-hunar o‘rganishi,
uzluksiz o‘z malakasini oshirib borish va qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqi
va imkoniyatlarini nazarda tutadi. SHaxsning ta’lim olish imkoniyatlari, burch
va ma’suliyatlari davlat ta’lim standartlarida bajarilishi shart qilib qo‘yilgan.
Bunda kadrlarning ilmiy, nazariy, amaliy jihatdan aniq va puxta bilim olishini
ko‘zda tutilgan. Milliy modelning davlat va jamiyat deb nomlanuvchi qismida
asosan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi qonuniy norma va me’yorlarga qat’iy
rioya qilish masalalari ko‘zda tutilgan, ya’ni fuqarolarning bilim olish, kasb
tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarini amalga oshirish, umumiy o‘rta
ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish
yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash har bir shaxsning demokratik huquqi sifatida
belgilanishi bilan birga majburiy o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim olish
holatlari ko‘zda tutilgan. Ushbu dasturning o‘ziga xos tomoni shundan
iboratki, bozor munosabatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Bu degani
ta’lim oluvchi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, davlat granti va pullik
shartnomaviy asosda o‘qishi mumkin, ikki va undan ortiq o‘qish faqat
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Milliy dastur milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, ta’lim
oluvchilarning o‘qish, turmush, dam olishda jamoatchilik asosida shart-
sharoitlar yaratib berish hamda ijtimoiy himoyalanishni qo‘llab-quvvatlanish
masalalarining mehanizmlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining eng katta yutuqlaridan biri – bu ta’lim dasturlari orasidagi
uzluksizlikni ilmiy asoslangan holda ta’minlashdir. Uzluksiz ta’lim – malakali
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha
turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va
uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim shaxsni
yuqori intellektual, nufuzli, yuksak ma’nodagi insonparvar, vatanparvar,
madaniyatli, har tomonlama etuk, barkamol insonlarni tarbiyalash, mustaqil
va erkin fikrlovchi shaxslarning shakllanishga o‘z faoliyatini yo‘naltiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
- Maktabgacha ta’lim;
- umumiy o‘rta ta’lim;
- o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi;
- oliy ta’lim;
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
- maktabdan tashqari ta’lim;
Ushbu ta’lim turlarining bajarilish mehanizmlari mukammal tarzda
ishlab chiqilgan. Bo‘lg‘usi kadrlar har tomonlama rivojlangan mamlakatlarda
tayyorlanayotgan kadrlar bilan bemalol raqobatlasha oladigan darajada puxta
va etuk bo‘lishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi mo‘ljallangan.
Milliy modelning fandagi roli iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat
qurishning yangi strategiyasi fanning ham muzkur tizimida tutgan o‘rni va
rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish
zaruriyatini ilgari suradi.
Fan – bu ta’limning mazmuni va sifatini ta’lim standartlari, o‘quv
dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda, ilmiy–
uslubiy ta’minotni amalga oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Fan
vatanning eng kichik qiyofasi bo‘lmog‘i zarur, zotan barcha halqlar ichida
fikr va aqliy faoliyat sohasida boshqalardan o‘zib ketgan halqgina birinchi
o‘rnini oladi. Ishlab chiqarish milliy modelda malakali kadrlar tayyorlash
tizimining huquqiy me’yorlarini tartibga soladi. Ishlab chiqarish bilan kadrlar
tayyorlash tizimi o‘rtasida aniq va lo‘nda aloqalar mavjud. Ishlab chiqarish
kadrlar tayyorlash tizimida buyurtmachi va iste’molchi vazifalarini bajaradi,
tegishli sohalar uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlab beradi. Xulosa qilib
shuni ta’kidlash joizki, mustaqil O‘zbekiston davlat hokimiyati ishlab chiqqan
va hozirgi kunda hayotga tadbiq etilayotgan kadrlar siyosatida erkinlik,
ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik muhitini vujudga keltirish ko‘zda
tutilgan bo‘lib, unda barcha mutahassis kadrlarni ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy,
madaniy, ma’naviy-axloqiy muammolarning samarador echimini izlab
topishga, ro‘yi-rost fikrlashuvga undaydigan demokratik shart-sharoitlar
yaratib berish mo‘ljanlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir tarixini
o‘tish, o‘rganish ta’lim nazariyasidagi, tamoyillaridagi va jamiyat
mafkurasida talab etiladigan mantiqiy talablardan kelib chiqiladi. Bo‘lajak
oliy ma’lumotli mutahassisda ilmiy, ob’ektiv tasavvur va dunyoqarashning
shakllanishida tarixiy materiallar shubhasiz alohida o‘rin tutadi. Ta’lim va
tarbiyaning mohiyatini ochib beruvchi, pedagogika fani ham bundan istisno
emas. Turfa olam, turli davlatlar va turli millatlardagi ta’lim-tarbiyaga oid
qimmatbaho tarixiy materiallarni qiyosiy tarzda o‘rganish jarayonida bo‘lajak
mutahassislarda nisbiylik tushunchasining shakllanishiga hamda tabiat va
jamiyatdagi barcha narsalarni qiyosiy tarzda o‘rganish zarurligini talabalar
o‘zlariga amaliy ko‘nikma va malakalar tarzida singdiradilar.
ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1. I.A.Karimov. "Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining
poydevori",T.,1997 yil.
2. I.A.Karimov. "O`zekiston buyuk kelajak sari" T.,
"O`zbekiston"., 1998 yil.
3. I.A.Karimov. "O`zbekiston XXI asrga intilmoqda." T.,
"O`zbekiston 1999 yil.
4. I.A.Karimov. "O`zbekiston prezidenti "Tafakkur" jurnali
bosh muxarririga bergan ingerv’yusi.
5. O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlashning Milliy
dasturi. T., 1997yil.
6. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. XXI asrni ko`zlab. Xalq
ta’limi. 1997 yil.
7. Sh.Qurbonov, X.Saidov, R.Ameddinov. Barkamol avlod
orzusi. T., 1999 yil.
8. Sh.Qurbonov. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: ta’limning
yangi qadriyatlari. "Ma’rifat", 25sentyabr 1999 yil.
9. A.Munavvarov. "Pedagogika". T., "O`qituvchi", 1996 yil.
10. Davlat, jamiyat, oila va yoshlar tarbiyasi muammolari:
Respublika konferensiyasi materiallari. T., "O`zbekiston ", 1997 iil.
11. F.S.Yo`ldoshov. "Fidoyi va ijodkor bolailik". "Til va
adabiyot ta’limi". 1999 yil, 3-son.
Dostları ilə paylaş: |