O’zi ovoz chiqaruvchi cholg’ular
O’zi ovoz chiqaruvchi cholg’ular-idiofonlar ham mavjud bo’lib, tovush chiqaruvchi vosita sifatida korpusning o’zi xizmat qiladi (sim, membrana kabilar tovush chiqaruvchi vosita sifatida xizmat qilmaydi). Qirg’iz musiqa madaniyatida bunday cholg’ular guruhiga og’iz qomuzi, qo’ng’iroqlar, shaqildoqlar kiradi.
Ushbu guruh cholg’ularidan faqat tovush chiqarish vositasi emas, balki tumor, bezak sifatida ham foydalanilgan. Ularda sehrli kuch bor deb hisoblanib, turli marosimlarda ham ahamiyati muhim bo’lgan.
O’zi ovoz chiqaruvchi cholg’ularning asosiy qismi metalldan ishlanganligi sababli, ularni temirchi ustalar yasashgan.
Temir og’iz qomuz (qisqa – temir qomuz yoki og’iz qomuz) – metalldan yasalgan og’iz chertma cholg’usi. U yoysimon shaklga ega bo’lib, uzunligi 6-7sm bo’ladi. Bu cholg’u temir, mis, bronzadan yasalgan. Mazkur cholg’uni chaluvchilar temir qomuzchu yoki og’iz qomuzchu deyilgan. Temir qomuz chaluvchilar an’anaga ko’ra ayollar va bolalar bo’lishgan.
CHolg’uning tembri yumshoq, sharqiroq, flojolet qirralariga ega.
Temir qomuz – qadimiy cholg’ulardan biri deb hisoblanadi. U respublikaning barcha hududlarida ma’lum. Temir qomuzning jahon bo’ylab talaygina “qarindoshlari” bor. Rossiyada – vargan, nemischa nomi – m aultrommel, italьyancha – scaccia – pensieri, frantsuzcha – quimbarde, ispancha – v irimbao, ukraincha – drqmba, moldavancha – drombule, qozoqcha – shan qabiz, o’zbekcha – chanqobuz va hokazo.
Jig’och soz qomuz (yog’och og’iz qomuz) – temir soz qomuzga yaqin bo’lgan cholg’u.Ushbu cholg’u Qirg’izistonning janubida tarqalgan. Yog’och og’iz qomuz uchi toraytirilgan yog’och plastina bo’lib, uzunligi 13 smdan 20 smgacha bo’lishi kuzatiladi. Toraytirilgan tomonining kengligi 1 sm, keng tomoni 2 smga teng. Tilcha vazifasini vibratsiyalanuvchi ingichka plastinka bajaradi. Yog’och og’iz qomuz barbaris, jimolostь kabi o’simliklardan yasalgan.
Ijro oldidan yog’och og’iz qomuz ingichka tomonidan chap qo’l bilan og’izga jipslashtiriladi. O’ng qo’l bilan tilcha tortib turiladi. Bunday tarzda chiqarilgan tovush og’iz bo’shlig’idagi havo rezonansi tufayli kuchaytiriladi.
An’anaga ko’ra, yog’och og’iz qomuzni ayollar chaladilar. Hozirda erkak ijrochilar ham bor.
Yog’och og’iz qomuzning tovushi temir qomuzga nisbatan bo’g’iqroq.
Zamonaviy yog’och og’iz qomuzning to’rt turi mavjud. Bu cholg’u nafaqat yakkaxon tarzda, balki ansambllarda ham qo’llaniladi.
Jilajin – hozirda kam ishlatiladigan cholg’u bo’lib (idiofon), chalish jarayonida silkitiladigan qo’ng’iroqcha. Uning ichidagi sharcha erkin xarakatlanadi.
Jilajin kundalik hayotda ishlatilgan. U bir tomondan musiqiy cholg’u bo’lsa, ikkinchi tomondan chaqiriq uchun qo’llanilgan. Ba’zan jilajin ayollar soch turmagini bezagi sifatida ham qo’llanilgan. Ushbu cholg’u o’zining yoqimli tovushi tufayli keng tarqalgan.
Jilajin temir, bronza, kumush va mis kabi metallardan tayyorlangan.
168-rasm.
Qo’ng’irou ( qo’ng’iroq) – xajman kichik bo’lgan qo’ng’iroqcha. Qo’ng’iroqcha ko’proq ko’chmanchi tarzada yashovchi xalqlarda ishlatilgan. Ko’chish paytida qo’ng’iroqcha otlarga taqib qo’yilgan.
Qo’ng’iroqchalar ham turli metallardan yasalib, ustalar ularni chiroyli naqshlar bilan bezashgan. Qo’ng’iroqlarning hajmiga qarab ovoz tembri ham o’zgargan.
Zamonaviy fol’klor va kontsert amaliyotida qo’ng’iroq ansambllarda qo’llaniladi.
SHaldiroq (shaqildoq) – bu cholg’uning ko’rinishi quyidagicha: tayoq ko’rinishidagi temirga uchta katta temir uzuklar o’rnatilib, katta uzuklarga mayda uzukchalar o’tkaziladi. Silkitish paytida moslama ovoz chiqaradi. Bu ritmik-shovqinli idiofon marosim cholg’usi sifatida butun Qirg’izistonda tarqalgan edi. Hozirda esa u kam uchraydi.
169–rasm.
Asa – tayaq (asa – musa) – ramka yoki xassa tayoq shaklidagi idiofon.
170–rasm.
Tovush chiqaruvchi vosita sifatida turli osma moslamalar ishlatilgan.
An’anaviy asa-tayaq – yog’och xassa bo’lib, uning uzunligi taxminan 50 sm. Uning yuqori qismiga turli o’zi ovoz chiqaruvchi narsalar o’rnatilgan: diametri 3 sm bo’lgan metall disklar, tugmalar, mato parchalari, ot yoli, yog’och brusoklar, qo’y suyaklari (“oshiq” suyak).
Qirg’iz shomonlari (baxshilari) va darvishlari (duvana) uchun xassa tayoq turli davolovchi marosimlar o’tkazish uchun qo’llaniladigan vosita hisoblanadi.
Hozirgi zamonda mazkur cholg’uning funktsiyasi ham konstruktsiyasi ham o’zgargan. U fol’klor cholg’u ansambllarida qo’llaniladi.
Dildirek (dirildoq) – kam qo’llaniladigan metall idiofon. Uning diametri 5-7 sm, qalinligi 1 mm bo’lgan yumaloq ikkita plastinkadan iborat. Dirildoq echki, qo’y, sigir bo’yniga signal beruvchi vosita sifatida osib qo’yilgan. Plastinkalar hayvonning harakati vaqtida bir-biriga urilib, tovush chiqargan. CHolg’uga nafaqat musiqiy-maishiy bezak sifatida, balki mollarni yomonlikdan asrovchi tumor sifatida ham qaralgan.
Zuuldoq (zuvildoq). Bu moslama musiqiy cholg’uga nisbatan, ko’proq tovush chiqaruvchi o’yinchoqqa o’xshaydi. Avvallari u qamishdan yasalgan, endi esa unda yog’och detalь yoki tugma ham qo’shilgan. Tugma yoki yog’och detalь 20-30
smli ipga o’tkazilib, ip tortiladi. Ip tortilgan payt zuvillagan tovush chiqadi.
171–rasm.
Yuqorida o’rganib chiqilgan cholg’ular guruhlariga nazar tashlab, shuni aytish joizki, qirg’iz xalq cholg’ulari turli-tuman. Ular o’zining konstruktiv tuzilishi, badiiy imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Tayanch so’zlar:
Qirg’iz xalq musiqiy cholg’ulari, torli cholg’ular, damli cholg’ular, urma cholg’ular.
Dostları ilə paylaş: |