Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Yetkazilgan oqibatlarga nisbatan xato



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

Yetkazilgan oqibatlarga nisbatan xato. Qonunga muvofiq aybdor 
shaxsning o‘z qilmishiga turli xil ruhiy munosabatlari u yoki bu ayb 
shaklini hosil qiladi. Bu oqibatlar haqiqatda kelib chiqmasdan oldin ular 
shaxs tasavvurida namoyon bo‘ladi. Ish holati bo‘yicha biz, oldindan ko‘ra 
bilish kabi intellektning bunday ko‘rinishi bilan to‘qnashamiz. Ijtimoiy 
xavfli qilmish sodir etishda shaxsning oldindan ko‘ra olishi natijaga – 
kelib chiqqan oqibatlarga mos kelmasligi ham mumkin. 
Oqibatga nisbatan xatolar turli xil bo‘lishi mumkin. Masalan, shaxs 
qandaydir oqibat paydo bo‘lishi yoki yuzaga kelmasligiga nisbatan 
yanglishishi mumkin. o‘z navbatida, har qaysi xatolardagi bunday 
yanglishishlar oqibatning sifat yoxud hajm tavsifiga nisbatan bo‘lishi 
225 


mumkin. Shu sababga ko‘ra, yetkazilgan zararga nisbatan xato uning 
hajmi yoxud sifat tavsifiga nisbatan bo‘lishi mumkin.
Yetkazilgan oqibatning sifatiga nisbatan bo‘lgan xato, ya’ni ayb-
dor oldindan kelib chiqishini ko‘ra bilgan ijtimoiy xavfi katta oqibat faktik 
jihatdan yuzaga kelmasligi yoki oldindan ko‘ra bilmagan oqibat yuzaga 
kelishida ifodalanadi. Bunday xato oldindan ko‘ra bilmagan faktik oqibat 
uchun qasddan zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni istisno etsa-
da, ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni 
yuzaga keltirishi mumkin. Qasd qaratilgan qilmish kutilgan oqibatni 
yuzaga keltirmasa, u oqibatga nisbatan suiqasd sifatida baholanishi kerak, 
bundan tashqari, faktik yuzaga kelgan zarar ehtiyotsizik orqasida 
yetkazilgan zarar deb baholanadi. Masalan, o‘zganing uy-joyini o‘t qo‘yish 
orqali yo‘q qilishga qaratilgan jinoyat subyektining urinishi amalga 
oshmasa va buning natijasida hodisa joyida tasodifan mavjud bo‘lgan 
shaxs sog‘lig‘iga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilsa, aybdorning 
qilmishi og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan mol-mulkka zarar 
yetkazishga suiqasd qilish (JK 173-moddasi 2-qismi «b» bandi) va 
ehtiyotsizlik oqibatida badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish 
sifatida (JK 111-moddasi 1-qismi) kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar 
aybdorning qasdi bilan qamrab olinmagan oqibat yuzaga kelsa va bu 
oqibat qonunchilikka ko‘ra, kvalifikatsiya qilinuvchi belgi sifatida 
belgilangan bo‘lsa, bu holatda jinoyatlar jami yuzaga kelmaydi va qilmish 
asosiy jinoyat bilan birga kelib chiqqan oqibatga kvalifikatsiya qilinadi. 
Agar shaxsning qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishi jabrlanuvchining 
o‘limiga olib kelsa, bunday qilmish JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi 
bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishi miqdoriga nisbatan xatoga yo‘l 
qo‘yishi – bu uning jinoyat og‘irlik darajasida yanglishishini anglatadi. Bu 
holatda ijtimoiy xavfli qilmish natijasida yetkazilgan zarar darajasi 
oldindan kutilgan zarar darajasidan ortiq yoki kam bo‘lishi mumkin. Bu 
turdagi xatolar jinoiy yo‘l bilan yetkazilgan zarar miqdoriga ko‘ra 
javobgarlikni vujudga keltiruvchi jinoyatlardan boshqa (masalan, JK 161-
moddasi – qo‘poruvchilik natijasida yetkazilgan mulkiy zararning 
226 


miqdori) barcha jinoyatlarda ayb shakliga ham, jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishga ham umuman ta’sir qilmaydi. Bu tartibda ayb shakli, jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishga ta’sir qilmasligi qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan 
chegaradan chetga chiqmagan holda bo‘lishi mumkin.
Demak, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish natijasida mehnat 
qobiliyatini 33% yo‘qotishda ham, 70 va 80% da ham aynan kvalifikatsiya 
qilinadi. Qonun bilan ish ko‘ruvchi tomonidan kelib chiqqan oqibatning 
og‘irlik darajasiga qarab jinoyatni kvalifikatsiya qilish lozim bo‘lsa, bu 
holatda aybdor qasdi yo‘naltirilganligi asosida kvalifikatsiya qilinadi. Agar 
yuzaga kelgan oqibat subyekt o‘ylagan oqibatdan yuqori bo‘lib ketsa 
(masalan, shaxs tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lib harakat qilishi natijasida 
o‘limning yuzaga kelishi), bu holda mazkur oqibat uchun qasddan 
yetkazganlik xususiyati javobgarlikni inkor etadi. Og‘irroq zarar uchun 
ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazilganlikda jinoiy javobgarlik belgilanadi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin